1-mavzu: Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi haqida tushuncha


Vegetativ asab tizimining va ichki sekresiya bezlarining oʻzaro bogʻliqligi


Download 360.06 Kb.
bet34/57
Sana15.06.2023
Hajmi360.06 Kb.
#1486181
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   57
Bog'liq
1-mavzu Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi h

Vegetativ asab tizimining va ichki sekresiya bezlarining oʻzaro bogʻliqligi:


1) ichki sekresiya bezlarining funksiyasi vegetativ asab tizimining taʻsiriga oʻxshash, 2) qator ichki sekresiya bezlarini vegetativ asab tizimining periferik organlari deb qarash mumkin, 3) gormonlar vegetativ asab tizimining funksional holatiga taʻsir qilishda namoyon boʻladi.
Asab tizimi qonga gormonlarni tushishini boshqaradi va barcha organlarni yaxlitligini va oʻzaro aloqasini ikkita fiziologik mexanizmlar bilan taʻminlaydi:
Nerv va nerv, gumoralli yoʻllar bilan organizm funksiyalarini bajarishda uning tashqi muhit bilan birligini taʻminlashda asosiy rolni bajaradi. Nerv va nerv-gumoral mexanizmlar bir-biga bogʻliq va bir vaqtda faoliyat koʻrsatadi. Asab tizimi ichki sekresiya bezlari funksiyalarini boshqaradi, gormonlar esa asab tizimiga taʻsir koʻrsatadi.
Organizmdan gormonlar ishlab chiqarilishi, yosh ulgʻayishi bilan oʻzgarib boradi. Gipofizning samototrop va ganadatrop gormonlari yosh oʻtgan paytda ham uzoq muddat saqlanib qoladi va ayrim vaqtlarda, hatto ularning sekretsiyasi ortishi mumkin, tireotrop gormonni sekresiyasi kamayadi bu esa qalqonsimon bezning ichki sekretsiyasini kamayishga olib keladi. Adenogipofizning ichki sekretsiyasi yosh oʻlgʻayganda, boʻyrak usti bezning poʻstloq qismining bugʻunli zonasini sekresiyasidan oldin kamayadi. Demak, V.N.Nikitinning (1968) taʻkidlashicha turli bezlarning sekresiya xususiyati yoshga qarab turlicha oʻzgaradi.
Bosh miya qayta yarim sharlari, ichki sekresiya bezlarining funksiyasini organizmni tashqi muhit moslashishini shartli va sharsiz reflekslar bilan birgalikda taʻmin etadi. Shu yoʻl bilan organizmni tashqi muhit sharoitlariga va uning ichki muhitini oʻzgarishiga murakkab, lekin aniq moslanishini bajaradi, qaysiki organizmni hayotini va uning rivojlanishini taʻminlaydi.
Emosional holatlar paytida (qoʻrqish,gʻazab,ogʻriq va boshqa) juda koʻplab himoyaviy fiziologik jaryonlar bajariladi, qaysiki organizm boʻlgʻusi talablariga nisbatan moslanish xususiyatlari bilan lol qoldirib kelmoqda. Emosiya – bu odam va hayvonlar organizmiga tashqi muhitning maʻlum darajadagi taʻsirini bosh miya katta yarim sharlari faoliyati tufayli yaxlit holda bajarilishini belgilovchi koʻrsatkich hisoblanadi.
Emosional qoʻzgʻalishlar jigar va muskullardagi zahirada saqlovchi glikogenlarni adrenalin taʻsirida glukozaga aylanishi tufayli qon tarkibidagi qandlik darajasini oshishi bilan birgalikda kechadi. Xuddi shunday adrenalinning ajralishining ortishi ogʻriqli qoʻzgʻalishlarda ham kuzatiladi. Buyrak usti bezi olib tashlangan paytda har qanday kuchli gʻazablanish ham siydik tarkibidagi qandning ajralishini chaqirmaydi. Ogʻriqli qoʻzgʻalishlar gipofiz funksiyasiga taʻsir koʻrsatishi aniqlangan, Masalan, kuchli ogʻriqli qoʻzgʻatish gipofizning ganodatrop gormonlarini ajralishini kuchaytiradi. Qator hayvonlarda jinsiy aloqa paytida reflekslar qoʻzgʻalishi tufayli gipofizning ganodotrop gormonlarini ajralishini chaqiradi.
Ichki sekretsiya bezlarining olib tashlanishi moddalar almashinuviga bosh miya yarim sharlarining taʻsirini oʻzgartiradi.
Turli gormonlar yoki mediatorlarni organizmga kiritish yoʻli bilan shartli reflekslar hosil qilinishi tufayli bosh miya yarim sharlarining ichki sekretsiya bezlari faoliyatiga taʻsir qilishini koʻrsatib turibdi.
Organizmning ichki muhitida, asab tizimiga mediatorlar va metobolitlar taʻsir qiladi va uning funksiyalariga nerv-gumoral yoʻl bilan turlicha taʻsir koʻrsatadi.
Mediatorlar asab tizimida neyronlararo sinapslarda va organlardagi nerv uchlarining oxirlarida hosil boʻladi, ular nerv jarayonlarida ishtirok etadi. Ular asetilxolin, adrenalin, noradrenalin, serotenin, gamma-aminomoy kislotasi, R-moddasi (polipeptid), glutamin va aspargin kislotalari kiradi.

Download 360.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling