1-mavzu: Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi haqida tushuncha


Download 360.06 Kb.
bet42/57
Sana15.06.2023
Hajmi360.06 Kb.
#1486181
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   57
Bog'liq
1-mavzu Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi h

Damlama — Infusum va qaynatma - Decoctum oʻsimlik xom ashyosining suvdagi ajratmalari, ichish uchun moʻIjallangan. Damlamalar oʻsimliklaming yumshoq qismlari dan: gulidan, bargidan, qaynatmalar oʻsimlikning dagʻalroq qismlari: poʻstlogʻi, ildizi, ildizpoyasidan tayyorlanadi. Damlama va qaynatmalar tez buziladi, shuning uchun ular 3-4 kun davomida ishlatilishi kerak. Davlat Farmakopeyasi talablariga muvofiq, maydalangan oʻsimlik sirli yoki chinni idishga joylanadi, ustidan uy haroratidagi suv quyiladi, qopqogʻi yopiladi, soʻng qaynab turgan suv hammomiga qoʻyib, tez-tez aralashtirib turiladi. Qaynatmalar 30 minut, damlamalar esa 5 minut davomida qaynatiladi, soʻngra ilish suv hammomidan olinadi va qaynatmalar issiq holicha, damlamalar 45 minut davomida sovitilgandan keyin suzgichdan oʻtkazib olinadi. Tarkibida kuchli moddalar tutadigan oʻsinllik xom ashyosidan (angishvonagul barglari - digitalis, ipekakuana ildizi, teimopsis oʻtidan) damlamalar odatda 1:300 nisbatda tayyorlanadi. Bahorgi adonis, valeriana ildizpoyasi, adonis oʻti, istod ildizidan qaynatma va damlamalar 1:30 konsentratsiyalarda tayyorlanadi. Damlamalar va qaynatmalar rangli, xushboʻy hidli suyuqlik boʻladi, ulami ishlatishdan oldin chayqatiladi, tez parchalangani uchun salqin joyda saqlanadi. Ichishga ishlatiladigan damlama va qaynatmalar qoshiqlarda miqdorlanadi. Sirtga, chayish, purkash uchun qaynatmalar 150-200 ml miqdorda yozib beriladi.
Emulsiyalar – Emulsum - bir-birida erimaydigan yoki kam eriydigan va aralashmaydigan 2 bosqichli suyuqlik tizimidan iborat suyuq dori shaklidir. Bir bosqichi suv, ikkinchisi esa unda erimaydigan eritmalardan (efir moylari, yogʻlar, balzamlar) tashkil topgan emulsiyalarning amaliy ahamiyati katta. Emulsiyalar tashqi koʻrinishi boʻyicha sutni eslatadi, ular ichish va sirtga qoʻllash uchun buyuriladi, ishlatishdan oldin chayqatiladi.
Suspenziyalar Suspensio suyuq dori shaklidir, ularda maydalangan, suvda erimaydigan qattiq dori moddalar boʻladi. Suspenziyalar sirtga ishlatish, muskullar orasiga va boʻshliqlar orasiga yuborish uchun buyuriladi. Suspenziyalar ichishdan oldin chayqatiladi. Ichishga moʻljallangan suspenziyalar tarkibidagi qattiqdori moddalarining maydalanish darajasi kukuniarga nisbatan yuqoridir, natijada ular organizmga tez taʻsir etadi.

Download 360.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling