1-mavzu: Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi haqida tushuncha
Download 360.06 Kb.
|
1-mavzu Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi h
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dorishunoslik
Ogʻirlik va oʻlchov. Dorixona amaliyotida ogʻirlik birligi deb gramm (g), hajm birligi deb millilitr (ml) olinadi. Boshqa miqdorlaming nomlari asosiy birliklaming nomiga va tegishli old qoʻshimchalarga bogʻliq boʻladi (“detsi” - oʻndan bir qism, “santi” - yuzdan bir qism, “milli” -mingdan bir qism). Retseptda bir gramm -1,0; 1 detsigramm - 0,10, 1 santigramm - 0,01; 1 milligramm e 0,001 deb belgilanadi. Toʻkiladigan moddalar koʻpi bilan 1,5-5, 0-10, 0-20, -50, 0-100 tosh qoʻyib dorixona tarozlarida oʻlchanadi.
Zaharli va hidi oʻtkir moddalar uchun alohida taroz boʻlishi kerak. Koʻp miqdordagi toʻkiladigan moddalar tarali (retseptura tarozlarida) yoki stolda turadigan odatdagi tarozlarda tortiladi. Tortish uchun maxsus qadoq toshlardan mayda - milligramm toshlar (10 milligrammdan 1 g gacha) va yirik - raqamli toshlar (1 g dan 200 g gacha yoki 1 g dan 500 g gacha) boʻlgan toshlardan foydalaniladi. Suv va dori moddalarning suvdagi eritmalari oʻlchov idishlari (silindr, menzurka va boshqalar) yordamida hajm usuli bilan oʻlchanadi. Kichikroq hajmdagi suyuqliklar standart tomchi oʻlchagich bilan oʻlchanadi. Dori moddalarining baʻzi erituvchilari, masalan, suyuq moylar, spirt ogʻirlik usulida oʻlchanadi. Dorishunoslik organizmga yuborilganda shifobaxsh taʼsir koʻrsatadigan yoki kasalliklarni oldini olishga yordam beradigan dori moddalar haqidagi fan. Farmakologiya - grekcha coʻzdan olingan boʻlib, farmakon–dori, logos–taʼlimot dorilar toʻgʻrisidagi taʼlimot maʼnosini bildiradi. Jarrohlikmi, doyachilikmi, umuman tibbiyot amaliyotining hamma sohalarida davolashning dastlabki universal usuli kishi organizmiga dori moddalarini yuborishdir. Hozirgi kunda nerv tizimiga, qon bosimiga, meʼda–ichak, nafas, siydik -tanosil, endokrin bezlari va boshqa bir qator organ va tizimlarning funksiyasiga, bakteriyalarga, viruslarga qarshi qoʻllaniladigan juda koʻplab dori vositalari mavjud. Hozirgi kunda turli-tuman kasalliklarni davolashda va ularning oldini olish maqsadida ishlatilayotgan 9000 ga yaqin turli – xil dori vositalari tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishida farmakologiyaning oʻrni salmoqlidir. Tibbiyotda qoʻllanilayotgan dori moddalari gʻoyat xilma–xil va juda koʻp. Ular turli yoʻllar bilan dorivor oʻsimliklardan, mineral xom – ashyo va hayvonlarning toʻqimalarini qayta ishlab, sunʼiy usulda kimyoviy sintez yoʻli bilan hamda baʼzi mikroblarning hayot faoliyati natijasida hosil boʻladigan moddalardan olinadi. Xom ashyolar koʻp hollarda maxsus ishlovdan oʻtkaziladi. Tarkibi murakkab preparatlarni yaratishga ham alohida eʼtibor berilmoqda, chunki bu usul yordamida dorilarning taʼsir kuchini oshirish mumkin. Hozirgi kunda yangi dorilar ustida juda koʻp ilmiy ishlar olib borilmoqda. Bu borada yuksak yutuqlarga erishildi. Dorixonalarda tayyor dori shakllari soni koʻpayib bormoqda. Dorixonalarda chet el farmatsevtik zavodlarda ishlab chiqarilayotgan dorilarning soni koʻpaymoqda. Yangi, yuqori samarali taʼsir koʻrsatuvchi antibiotiklar, ximioterapevtik vositalar, rak kasalligini davolashda ishlatiladigan preparatlar koʻpaymoqda. Bu preparatlar tibbiyot amaliyotda har xil kasalliklarni davolashda keng miqyosda qoʻllaniladi. Dorixona–dori tayyorlash, uni saqlash va bemorlarga yoki davolash muassasalariga tarqatish bilan shugʻullanadigan farmatsevtik muassasasi. Dorixonalarda quyidagi ishlar bajariladi. 1. Shifokor retsepti boʻyicha dori tayyorlab beriladi. Bundan tashqari retseptsiz beriladigan dori, sanitariya–gigiyena va bemorlarni parvarish qilish buyumlari, bogʻlam materiallari, koʻzoynaklar, shprislar va boshqa tibbiyot buyumlari ham sotiladi. 2. Aholi oʻrtasidagi sanitariya-gigiyena bilimini keng targʻib qilish va dori–darmonlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ommalashtirish bilan shugʻullanadi. Yirik dorixonalarda quyidagi xonalar ajratiladi: 1) Qabulxona. Bu yerda retsept qabul qilinadi va tayyor dorilar beriladi, hamda sanitariya-gigiyena buyumlari va tayyor dori–darmon sotiladi. 2) Assistentlar xonasi. Bu xonada dori tayyorlanadi. 3) Ortiqcha dorilar saqlanadigan xona. 4) Fitobar. Bu yerda damlama-qaynatmalar tayyorlanadi. 5) Yuvish xonasi. 6) Maʼmuriyat uchun xona. Farmakopeya - qonun xarakteriga ega boʻlib, hamma dorixonalar uchun majburiy rasmiy qoʻllanmadir. Farmakopeyaning asosiy vazifasi yagona usulda dori tayyorlashni amalga oshirish va dorilar sifatini aniqlashning bir xil norma va metodlarini tadbiq qilishdan iborat. Zaharli va kuchli taʼsir etadigan moddalar dozasi Davlat farmakopeyasi boʻyicha tekshiriladi. Shifoxonalar qoshidagi dorixonalarda katta hamshira dorilarni olib kelgach, ularni maxsus shkafda saqlaydi. Surtiladigan va ichiladigan dorilar alohida–alohida saqlanadi. Venaga, muskullar orasiga va teri ostiga yuboriladigan dorilar qulflogʻlik holda alohida saqlanadi. Eng koʻp ishlatiladigan dorilarni bogʻlash (perevyazka qilish), operatsiya va operatsiya oldi xonalarida, hamda klinik laboratoriyalarda saqlash mumkin. Download 360.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling