1-mavzu: Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi haqida tushuncha
Dori vositalarining saqlash sharoitlari va organizmga yuborish yoʻllari
Download 360.06 Kb.
|
1-mavzu Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi h
- Bu sahifa navigatsiya:
- Organizmga dori vositalarini yuborish usullari.
Dori vositalarining saqlash sharoitlari va organizmga yuborish yoʻllari.Dori moddalarini saqlash qoidalari. Dorixonalarda moddalar: zaharli, taʻsiri kuchli boʻlgan moddalar va boshqalarga boʻlinadi. Zaharli moddalar lotincha “Venena” deb ataladi, ular “A” turdagi moddalar roʻyxatiga kiradi. Taʻsiri kuchli moddalar “Heroica” deb ataladi, ular “B” turdagi moddalarga kiritiladi. Zaharli va taʻsiri kuchli moddalami saqlash, hisobga olish va berish qoidalari maxsus buyruqda bayon etilgan. Shu buyruqqa muvofiq zaharli moddalar “A” va “Venena” deb yozib qoʻyiladi, metall yashiklarda yoki seyflarda qulfloq holda saqlanishi kerak. Yashik yoki seyflar ichki tomoniga shu yerda joylashgan zaharli dori moddalarning bir martalik va sutkalik yuqori miqdorlari koʻrsatilgan roʻyxat yopishtirib qoʻyiladi. Taʻsiri kuchli moddalar qulflanadigan alohida shkaflarda saqlanadi, bularda “B” va “Heroica”, degan yozuv boʻladi hamda bir martalik va sutkalik eng yuqori miqdorlari, shuningdek, idish ogʻirligi koʻrsatiladi. Davolash, muassasalarining boʻlimlarida va xonalarida kam zaharli va taʻsiri kuchli moddalarning xuddi shu qoidalarga rioya qilgan holda saqlanishiga yoʻl qoʻyiladi. Bundan tashqari, tarkibida zaharli va taʻsiri kuchli moddalar boʻlgan dorilami ishlatish usuliga qarab (ichiladigan, sirtga ishlatiladigan, parenteral yol bilan yuboriladigan) turli tokchalarda joylashtirish koʻzda tutiladi. Moddalar joylangan shkaflaming kalitlari zaharli va taʻsiri kuchli boʻlgan moddalami saqlash uchun javobgar boʻlgan shaxslarda turadi, kechasi navbatchi farmatsevtga topshiriladi. Organizmga dori vositalarini yuborish usullari. Dori moddalarining soʻrilish tezligi, kuchi va taʻsir muddati ulaming organizmga qaysi yoʻl bilan yuborilganiga bogʻliq boʻladi. Dori moddalarini bemor organizmiga yuborish usuli uning ahvoliga, dori moddalarining fizik-kimyoviy xossalariga va ularming taʻsir etish muddatiga qarab tanlanadi, dori moddalari 2 yoʻl bilan yuboriladi: Enteral usul—dori moddalari oshqozon-ichak yoʻli orqali yuboriladi. Parenteral usul — dori moddalari oshqozon-ichakdan tashqi yoʻllar orqali yuboriladi. Enteral yuborish usulida dori moddalari til ostiga, ogʻizga, oʻn ikki bamioqli ichakka, toʻgʻri ichakka yuboriladi. Dori moddalarining til ostiga yuborilishi sublingval yoʻl deyiladi. Bu usul kichik yoshdagi bolalarni davolashda umuman qoʻllanmaydi. Dori modda til ostiga qoʻyilganda ogʻiz boʻshligʻida ftrmentlar faoliyati sust boʻlganligi uchun dori moddalari deyarli parchalanmaydi, til ostidagi doriga meʻda-ichak fermentlari taʻsir qilmaydi, jigarda oʻzgarishlar yuz bermaydi, qoʻyilgan joyida soʻrilib, umumiy taʻsir koʻrsatadi. Bu usulda ayrim dorilar, asosan nitroglitserin, metiltestosteron, pregnin kabilar qoʻyiladi, ular qonga tez soʻriladi (til ostida qon tomirlar juda koʻp), taʻsiri tez boshlanadi. Ogʻiz orqali yuborish — peroral yoʻl keng tarqalgan, qulay, oson va tabiiydir. Bemor dori moddalarini yordamchisiz qabul qila oladi, yuboriladigan moddalar hidi qoʻlansa boʻlmasligi, shilliq qavatlarga salbiy taʻsiri boʻlmasligi kerak. Alkogol, kaliy yodid, barbituratlarning soʻrilishi oshqozon shilliq qavatidan boshlanadi. Moddalar asosan ingichka ichak orqali soʻriladi, chunki ingichka ichakda qon yaxshi aylanadi. Soʻrilish tezligi qabul qilingan dorining turiga, shakliga, ovqatdan oldin yoki keyin isteʻmol qilinishiga bogʻliq. Eritmalar, ayniqsa, spirtli eritmalar, kukun dori (poroshok)larga nisbatan birmuncha tezroq soʻriladi. Dori och qoringa ichilganda, ovqatdan keyin qabul qilingan dorilarga qaraganda tezroq soʻriladi va kuchliroq taʻsir etadi. Oʻn ikki barmoqli ichak orqali yuborish usuli — ichakda dori moddalarining yuqori konsentratsiyasini hosil qilish maqsadida moddalar oʻn ikki barmoqli ichakka zond orqali yuboriladi. Odatda, bu usuldan jigar kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Masalan, magniy sulfat eritmasi oʻn ikki barmoqli ichakka bevosita isitilgan holda yuboriladi, baʻzan bu usul gijja haydovchi dorilar buyurilganda ham qoʻllanadi. To ʻgʻri ichak orqali yuborish usuli— dori moddalarini ogʻiz orqali yuborish mumkin boʻlmaganda, ruhiy bemorlami davolashda, bemor behush yotganda, qiziloʻngach yoki oshqozonda oʻzgarishlar boʻlganda, oshqozon-ichak fermentlari taʻsirida parchalanadigan dorilar ishlatilganda ushbu usul qoʻllaniladi. Bu yoʻl bilan suvli eritma yoki aralashmaga shilliq holida tayyorlangan turli oʻrab oluvchi moddalar (kraxmal, kraxmal elimi) qoʻllaniladi, moyli dorilardaii klizma qilinadi. Toʻgʻri ichakka dori moddalar yana sham shaklida ham qoʻyiladi. Ushbu usul qoʻllanganda moddalar tez, yaʻni 7-10 minut ichida qonga soʻriladi. Parenteral yuborish usuli. Nafas yoʻllari orqali ingalatsion (ingalyatsion nafas olish) yuborish usuli bugʻli va gazli moddalar nafas orqali organizmga tushadi, oʻpkadan qonga soʻriladi, taʻsiri tez boshlanadi va kuchli boʻladi, chunki oʻpkaning soʻrilish yuzasi juda keng (kattalarda 10 m2 ra teng); oʻpka alveolalari gazlarni juda tez soʻrib oladi. Ingalyatsion yoʻl bilan yuborilgan dori moddalari jigarga tushmasdan qonga oʻtadi, organizmda deyarli oʻzgarmaydi. Teri orqali yuborish usulida asosan dori moddalarning reflektor va qisman mahalliy taʻsir etishi koʻzda tutiladi, bu yoʻl bilan malhamlar, pasta, linimentlar, shuningdek, spirtli yoki suvli eritmalar, aralashmalar va bolalar sepma dorilari qoʻllaniladi. Teri epidermisi jarohatlanganda moddalar tez soʻriladi. Teri orqali alkogol, fenol, xloroform yaxshi soʻriladi. Bolalar terisi ancha nozik boʻladi, shuning uchun ularda baʻzi dori moddalari teri orqali tezda qonga soʻrilishi mumkin. Masalan, metilsalitsilat linimenti bola terisiga surtilsa, 10-15 minutdan keyin uni qonda aniqlash mumkin. Namlanib turgan teriga borat kislota sepilsa, u tezda qonga soʻrilib, bola organizmini zaharlashi mumkin. Shilliq qavatlar orqali yuborish usuli dori moddalari burun, halqum, koʻz, buyrak jomi, qin shilliq qavatlariga taʻsir etish uchun qoʻllanadi. Koʻpgina dori moddalar burun va halqum, koʻz shilliq qavatlaridan qonga soʻriladi, shuning uchun tarkibida zaharli yoki kuchli taʻsirlovchi tomchilar umumiy taʻsir koʻrsatishi ham mumkin. Bronxlar va oʻpkaning shilliq qavatlaridan ham dori moddalari qonga tez soʻriladi. Siydik chiqaruv kanali, siydik yoʻllari va buyrak jomi shilliq qavatlari orqali ham moddalar tez soʻriladi; bachadon, qin va qovuq shilliq qavatlari orqali dori moddalarining soʻrilishi sekinlik bilan oʻtadi, ammo yogʻ va yogʻsimon moddalar tez soʻriladi. Seroz qavatlar orqali yuborish usuli qorin boʻshligʻi aʻzolari jarohatlanganda va oʻpkaning baʻzi kasalliklarida dori yuborish uchun qoʻllanadi. Seroz qavatlar (qorin pardasi, plevra, perikard) kuchli soʻruvchi xususiyatga ega, plevraga nisbatan qorin pardasidan dori moddalari tezroq soʻriladi. Teri ostiga yuborish yoʻli bilan dori moddalarining asosan suvli eritmalari yuboriladi, taʻsiri 10-15 minutdan keyin boshlanadi, soʻrilish muddati peroral yoʻl bilan yuborilganga koʻra kamroq, taʻsir kuchi esa oʻsha miqdorni ogʻizdan yuborilgandan 2-3 barobar kuchliroq boʻladi. Suspenziyalarni, juda yopishqoq va sekin soʻriladigan moyli eritmalarni teri ostiga yuborish tavsiya etilmaydi, chunki toʻqimalarda infiltratsiya va nekrozni yuzaga keltirishi mumkin. Mushaklar orasiga yuborish usulida mushaklar orasiga suvli va moyli eritmalar, shuningdek, dori moddalarining suspenziyalari ham yuboriladi. Mushaklar teri osti toʻqimalariga nisbatan qon bilan koʻproq taʻminlangani uchun dori moddalari mushaklar orasida tezroq soʻriladi. Venalar ichiga yuborish usulida moddalar bevosita qon oqimiga tushadi, bunda qon bilan oʻzaro aralashganda, choʻkma hosil qilmaydigan, qonni ivitmaydigan, yoki gemoliz hosil qilmaydigan dori moddalari eritmasi qoʻllaniladi. Dorini venaga asta-sekin yuborish kerak, aks holda, qonda ularni konsentratsiyasi birdan oshib ketib, organizmga zaharlovchi taʻsir koʻrsatishi mumkin. Dorining taʻsiri juda tez, koʻpincha inʻeksiya vaqtidayoq boshlanadi, taʻsir muddati teri ostiga va mushak orasiga yuborilgandan koʻra kamroq boʻladi. Orqa miya kanaliga yuborish usuli—gematotsefalik toʻsiq orqali yaxshi oʻtmaydigan dori moddalar subaraxnoidal, peridural yoʻl bilan yuboriladi. Koʻpincha ogʻriqni vaqtincha qoldirish — orqa miya anesteziyasi uchun hamda meningit kasalligining murakkab holatlarida baʻzi antibiotiklami yuborish uchun qoʻllaniladi. Dori moddalar to ʻg ʻridan-to ʻg ʻri yurakka, boʻgʻimlarga, suyaklarga yuboriladi. Moddalar elektr toki bilan, ionoforez usulida yuborilishi mumkin. Parenteral usullar juda koʻp, lekin dorilar parenteral yoʻl bilan yuboriladi, deganda ularni asosan teri ostiga, mushaklar orasiga va venalarga yuborilishi koʻzda tutiladi, chunki boshqa yuborish yoʻllari nisbatan kam qoʻllaniladi. 4. Bemorlarga dori vositalarini tarqatish qoidalari va dori vositalarining nojoʻya taʼsiri. Dori vositalarini keltirib chiqaradigan nojuyua taʻsiri quyidagi turlarga boʻlinadi: 1. Dori moddalarning miqdori (dozasi) oshirib yuborilishiga aloqador asoratlar, yaʻni ulardan oʻtkir va kuchli zaharlanish holatlari. Ushbu asoratlar xususiy farmakologiyada ayrim moddalar va ulaming guruhlari oʻrganilganda kuzatiladi. 2. Bemor organizmining oʻta sezuvchanligiga aloqador asoratlar: allergik jarayonlar, dori moddalarini koʻtara olmaslik, idiosinkraziya holatlari yuz beradi. Dori vositasi birinchi bor qabul qilinganda dori moddani oʻzi yoki uning qon oqsillari bilan hosil boʻlgan birikmasi antigen sifatida taʻsir koʻrsatadi, bunda antigenga nisbatan organizmda antitelolar hosil boʻladi. Modda takror qabul qilinganda antigen antitelolar bilan oʻzaro taʻsirda boʻladi, natijada, allergik jarayon yuzaga keladi. Allergik jarayonning turlari xilma-xil boʻlishi mumkin: sekin oʻtadigan jarayon eshakemi, tumov, konʻyunktivit, qichishish, uzoq davom etadigan isitma, toshmalar va zudlik bilan oʻtadigan jarayon bunda bemor hayoti uchun xavfli anafilaktik shok, tarqalgan dermatit, gemolitik anemiya, agranulotsitoz roʻy berishi mumkin. Allergik jarayon yuz berganda dori berish toʻxtatiladi va maxsus davo choralari koʻriladi. Dori moddalami koʻtara olmaslik - oʻsha moddaga boʻlgan sezuvchanlikning odatdan tashqari bir koʻrinishidir. Bu holatda moddalarning oʻrtacha shifobaxsh miqdorlari hamda kam miqdori zararli taʻsirlarni keltirib chiqaradi. 3. Dori moddaga o ʻrganib qolish. Baʻzi dori moddalar ruhiy markazlarga taʻsir etib, odamga xush yoqadigan holatni (eyforiya) keltiradi. Irodasi boʻsh shaxslar eyforiya paydo qiladigan moddalarni qayta-qayta isteʻmol qilishga berilib ketadi, istak asta- sekin tiyib boʻlmaydigan tusga kiradi - narkomaniya (giyohvandlik) paydo boʻladi. Giyohvand qilib qoʻyadigan moddalar baʻzi oʻsimliklarda mavjud, ana shunday oʻsimliklami (bargini, urugʻini) isteʻmol qilish, chekish yoki chaynash odati Amerika va Sharq mamlakatlarida ancha keng tarqalgan. Afyun (opiy), qora dori isteʻmol qilish ana shunday giyohvandlar jumlasiga kiradi. Giyohvandning butun oʻy-fikri, xatti harakati narkotik moddani topishga qaratilgan boʻladi. Bunday shaxslar jamiyat uchun xavfli boʻlib qoladilar. Ruhiy oʻzgarishlar yuzaga kelishi bilan birga organizmda moddalar almashinuvi izdan chiqadi, turli aʻzolar faoliyati buziladi, organizmning mikroorganizmlarga koʻrsatadigan qarshiligi keskin pasayadi. Narkomanning oʻrgangan moddadan birdan mahrum boʻlishi abstinentsiya (xumorlik) sindromini keltirib chiqaradi, bu sindrom har xil tarzda, koʻpincha qoʻmsash, ogʻir hissiyotlar tarzida - qoʻzgʻalish, yovuzlik, arterial bosimning keskin oʻzgarib turishi (kollapsgacha borib yetishi), yurak urishining tezlashishi, koʻngil aynashi kabi alomatlar yuzaga chiqadi. Giyohvand abstinentsiya sindromiga barham berish uchun tegishli narkotikni topishga harakat qiladi. MPKA 2021.Taklif va shikoyatlar uchun: dr.rahmatullayev@gmail.com Sayt test rejimida faoliyat koʻrsatmoqda. Tana haroratini pasaytiruvchi, ogʻriq qoldiruvchi va tinchlantiruvchi dori vositalari. Antibakterial preparatlar.Download 360.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling