1-mavzu: Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi haqida tushuncha


Download 360.06 Kb.
bet54/57
Sana15.06.2023
Hajmi360.06 Kb.
#1486181
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Bog'liq
1-mavzu Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi h

YURAK GLIKOZIDLARI – yurak yetishmovchiligini davolashda muhim oʻrin egallaydi. Glikozidlar deb, gidrolizlanganda qandli glyukon va qandsiz aglikon qismlarga parchalanadigan moddalarga aytiladi. Yurak glikozidlari oʻsimliklardan olinadi, ular yurakka tanlab taʼsir etadilar. Yurak glikozidlari digitalisning bir necha turidan (Digitalis purpura, Digitalis lanata), bahorgi adonis (Adonis vernalis), marvaridgul (Convallaria), chitrangi (Erysimum), strofant (Storophantus combe), oleandr (Oleander), kendir (Apocynum connabinuon) va boshqa oʻsimliklardan olinadi. Kimѐviy tuzilishi boʻyicha yurak glikozidlari bir-biriga yaqin. Aglikon qismining asosi steroid tuzilishiga ega (stearin yadrosi) boʻlib, toʻyinmagan lakton xalqasi bilan bogʻlangan. Yurak glikozidlarining kardiotonik (yurak faoliyatini oshiruvchi) taʼsiri aglikon bilan bogʻliq. Glyukon qismi esa glikozidlarning zaharliligi, faolliligi, eruvchanligi hamda ularning toʻqimalar bilan birikishiga taʼsir koʻrsatadi. Yurak glikozidlari yurakka tanlab taʼsir etib, miokardni ishlash qobiliyatini oshiradilar. Bunda yurak faoliyatining kam sarf (tejamkorlik), lekin kuchi ortishi quyidagilar bilan bogʻliq:
- yurak qisqarishining (sistolani) kuchayishi. Bu glikozidlarning miokardga bevosita taʼsiri bilan bogʻliqdir. Yurak yetishmovchiligida (miogen dilyatatsiya) yurak glikozidlari sistolik va bir daqiqada yurak siqib chiqargan qon hajmini, kislorodga boʻlgan talabini oshirmasdan, ѐrqin koʻpaytiradilar.
- yurak ritmini kamayishi – (bradikardiya - salbiy xronotrop taʼsir) va diastolaning uzayishi. Yurak glikozidlarining katta dozasi atrioventrikulyar tugunni qamal qiladi. Demak, yurak glikozidlari yurakning oʻtkazuvchi tizimiga bevosita taʼsir koʻrsatadi.
- miokardning qoʻzgʻaluvchanligini ortishi, yaʼni miokardning impulslarga qayta javobi oshadi ѐki kuchsiz impulslar ham miokardni kuchli qoʻzgʻatadi. Bu odatda glikozidlarning kichik dozalarida yuzaga chiqadi, katta dozalari esa aksariyat, yurak mushaklarining qoʻzgʻaluvchanligini pasaytiradi, avtomatizmni esa oshiradi. va shu tufayli ekstrasistoliya rivojlanishiga sharoit yaratadi.
Yurak glikozidlarining terapevtik dozalari taʼsiridayoq, yurak fiziologik yuklamalarni bemalol eplaydi va qon dimlanish belgilari yoʻqoladi. Miogen dilyatatsiya kamayadi, venalarda bosim kamayadi, qon aylanish tezlashadi, peshob ajralishi ortadi, shishlar kamayadi va yoʻqoladi, shu jumladan koʻkarish va hansirash ham. Periferik tomirlarning umumiy qarshiligi kamayadi, toʻqimalarda qon aylanish va ularning kislorod bilan taʼminlanishi ortadi.. Peshob ajralishini tezlashishi organizmni ortiqcha suvdan xolos boʻlishini taʼminlaydi, bu oʻz navbatida qonning sirkulyatsiyadagi umumiy hajmini kamaytiradi va yurakga boʻlgan yuklamani ozaytiradi. Tarkibida yurak glikozidlari boʻlgan preparatlar bir-birlaridan taʼsir kuchi, taʼsirining rivojlanish vaqti, uning davomliligi va farmakokinetikasi bilan farq qiladi.
Digitoksinning kamroq miqdori metobolizmga uchraydi. Strofantin umuman metabolizmga uchramaydi. MITdan soʻrilgach, yurak glikozidlari har xil aʼzolarga tarqaladi, yurakda esa kiritilgan miqdorning 1% aniqlanadi. Lekin aʼzo ogʻirligiga nisbatan hisoblanganda, boshqa aʼzolarnikidan kattadir. Shuning uchun yurak glikozidlar taʼsirining asosiy yoʻnalishi, miokardning bu dorilariga boʻlgan taʼsirchanligi bilan tushuntiriladi. Ammo farmakologik taʼsirni erkin (oqsil bilan bogʻlanmagan) glikozidlar koʻrsatadi, shuning uchun digoksining taʼsiri 30 daqiqadan keyin, strofantinniki esa 5-10 daqiqa keyin boshlanadi. Glikozidlarning bir-biridan farqi, ularning kumulyatsiyalanish (toʻplanib qolish) xossasida namoѐn boʻladi. Yurak glikozidlari qanchalik davomli taʼsir koʻrsatsa, u shunchali koʻproq moddiy kumulyatsiya boʻladi, ayniqsa digitoksin, kamroq digoksin, undan ham kamroq strofantin, adonis va marvaridgul preparatlari
Davolash uchun kaliy xlor, panangin, asparkam, kaliy orotat, unitiol, preparatlari beriladi. Aritmiyalar boʻlganda antiaritmik vositalar qoʻllaniladi. qorinchalar fibrilyatsiyasi rivojlansa defibrillyatsiya (yuqori kuchlanishli razryad) beriladi. Yurak glikozidlarini qoʻllashga koʻrsatmalar:
- oʻtkir va surunkali yurak yetishmovchiligi
- aritmiyalarda (titrovchi aritmiyalarda boʻlmachalarning paroksizmal
taxikardiyasida).

Download 360.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling