1-mavzu: Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi haqida tushuncha


Download 360.06 Kb.
bet51/57
Sana15.06.2023
Hajmi360.06 Kb.
#1486181
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   57
Bog'liq
1-mavzu Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi h

Antibiotiklar.


Antibiotiklar-mikroorganizmlar ishlab chiqaruvchi biologik faol moddalar boʻlib, boshqa mikroorganizimlarning rivojlanishini kichik dozalarda ham toʻxtatish qobiliyatiga egadir. Ingiliz olimi A.Fleming (1928yil) da tasodifan topgan (yashil muxor-stafilokkok-pensillin) 1940-yilda X.V. Flori, E.B. Cheyin uni toza holda ajratib oldi. Xozirgi kunda antibiotiklarning soni va turi juda koʻp, ular quydagi guruxga boʻlinadilar:
1. Tarkibida beta-laktom xalqasi bor antibiotiklar (pensillin, sefalosporinlar, karbapenemlar, monobaktamlar).
2. Makrolidlar-tarkibida makrotsiklik lakton xalqasi bor anibiotiklar (eritromitsin, oleandomitsin) va azalidlar (azitromitsin).
3. Tetratsiklinlar-tarkibida 4ta kondensirlangan olti aʼzoli halqasi bor antibiotiklar (oksitetratsiklin, tetratsiklin, metatsiklin, morfotsiklin).
4.Dioksiaminofenil propan unumlari (levomitsetin).
5.Aminoglikozidlar-molekulasida aminoshakar boʻlgan antibiotiklar. (streptomitsin, neomitsin, gentamitsin, monomitsin, kanamitsin, sizomitsin).
6. Siklik polipeptidlar guruxidagi antibiotik (polimiksinlar).
7. Linkozamidlar (linkomitsin, klindamitsin).
8. Glikopeptidlar (vankomitsin va boshqalar).
9. Fuzidiv kislotasi.
10. Xar xil antibiotiklar (fuzafunjin).
Antibiotiklarning koʻpligiga qaramasdan, tibbiyot amaliѐtida qoʻllaniladigan preparatlar soni anchagina kam, chunki ular quyidagi talablarga javob berishlari kerak:
- mikroblarga qarshi kuchli faollikka ega boʻlishi, tanlab taʼsir etish, keng
taʼsir spektriga ega boʻlishlari kerak;
- bakteriotsid ѐki bakteriostatik taʼsir etishi kerak;
- biologik membranalardan yaxshi oʻtishlari kerak va organizmning har xil
muxitlarida oʻz faolligini yoʻqotishlari kerak emas;
- mikroorganizmlar chidamliligini (bardosh bera olish) rivojlantir-
masliklari kerak;
- mikroorganizim uchun zaxarli taʼsiri kam boʻlishi, sensibilazatsiya va
boshqa noxush taʼsirlari boʻlmasli kerak;
- Terapevtik taʼsiri kengligi katta boʻlishi kerak;
- mikroblarga qarshi taʼsir davomliligi yetarlicha boʻlishi kerak;
- saqlanganda buzilmasligi va parenteral yuborishga yaroqli boʻlishi kerak;
- tayѐrlanishi, xarid qilinishi yengil va narxi arzon boʻlishi kerak.
Penitsillinlar. Penitsilinlar yuqori faollikka ega, kam zaxar va noxush taʼsirlarining kam boʻlganligidan, yaxshi antibiotklar safidan oʻrin olgan. Pensillin taʼsirida bakteriyalarning xujayra qobigʻi (mureni va peptid zanjiridan iborat mukoproteid) sintezlanishi buziladi. Xozirgi vaqtda penitsillinlar guruhiga koʻp preparatlar kiradilar:

Download 360.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling