1-mavzu: Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi haqida tushuncha


Download 360.06 Kb.
bet47/57
Sana15.06.2023
Hajmi360.06 Kb.
#1486181
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   57
Bog'liq
1-mavzu Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi h

Mashgʻulot rejasi:
1. Tana haroratini pasaytiruvchi, ogʻriq qoldiruvchi dori vositalari.
2. Asab tizimini tinchlantiruvchi dori vositalari. Trankvilizatorlar.
3. Antibiotiklar va sulfanilamidlar.

Mavzuga doir tayanch tushunchalar: paratsetamol, koldreks, ibuprofen, pediatriya, analgetiklar, trankvilizatorlar, antibiotiklar, sulfanilamidlar.




Tana haroratini pasaytiruvchi, ogʻriq qoldiruvchi dori vositalari.


Tana haroratini pasaytiruvchi davolash usullari, ayniqsa, pediatriya sohasida hanuzgacha qanday dori vositalaridan foydalanish kerakligi katta muammoligicha qolmoqda. Kattalar va bolalar kasalligida tana haroratining koʻtarilishi eng koʻp uchraydigan belgilardan boʻlib, xar xil asoratlar qolishi bilan birgalikda bemor ahvolini yana-da ogʻirlashtiradi.
Hayotimizda tez – tez uchrab turadigan oʻtkir virusli respirator kasalliklarda – tana haroratini koʻtarilishi eng koʻp uchraydigan belgilardan biridir. Kasallik shunchalik tez – tez qaytalanganligi sababli aholi oʻrtasida uy sharoitida davolash oddiy hol bulib qolmoqda.
Olimlarning bir necha yillik tajribalari shuni koʻrsatadiki, dorixonalardagi antivirus preparatlari etiotrop taʼsir koʻrsatmaydi. Shu sababli tana harorati qanchalik baland boʻlsa ham asosan simtomatik davolash choralari koʻproq natija beradi. Simptomatik davo choralarida tana haroratini pasaytirish uchun dekongestant (protivootechnыy)lardan, antigistamin va yoʻtalga qarshi dori moddalaridan koʻproq foydalanilmoqda.
Butundunyo Sogʻliqni Saqlash Tashkiloti bolalar uchun ibuprofen va paratsetamol preparatlarini virusli shamollashlarda tavsiya etmoqda. Kasallikning koʻp uchraydigan belgilari: isitma, mushak va boʻgʻimlardagi ogʻriq, umumiy holsizlik, ishtahaning susayishi hamda uyquning buzilishi tufayli kuproq simptomatik davolash choralarini olib borish maqsadga muvofiq boʻladi.
Ibuprofen hozirgi davrda bolalar kasallanishida isitmani pasaytirishda eng yaxshi preparatlar qatoridan joy oldi. Kattalar uchun paratsetamol preparati koʻproq qoʻllaniladi. “Nekst”, “Ibuklin”, “Pentalgin”, va “Koldreks” dori vositalari shular jumlasidandir.

Download 360.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling