1-mavzu: Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi haqida tushuncha
Yumshoq dori shakllari - malhamlar, shamchalar, pastalar va
Download 360.06 Kb.
|
1-mavzu Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi h
3. Yumshoq dori shakllari - malhamlar, shamchalar, pastalar valinimentlar.Malhamlar - Unguentum, yaʻni surtma dorilar asosan sirtga ishlatiladigan yumshoqdori shakllaridir. Malhamlar 2 turda boʻladi: ofitsinal va magistral. Magistral malhamlar shifokor koʻrsatmasi bilan dorixonalarda tayyorlanadi, ofitsinal malhamlar esa farmatsevtika zavodlarida ishlab chiqariladi. Malhamlar tarkibiga dori moddalaridan tashqari, yopishqoqlik xususiyatini beradigan asoslar kiradi. Asoslar sifatida vazelin, lanolin, choʻchqa yogʻi va boshqalar ishlatiladi. Davolashda qoʻllanadigan malhamlardan tashqari, terini oziqlantiruvchi, himoya qiluvchi va kosmetik malhamlar mavjud. Malhamlar surtiladigan va shikastlangan joyning katta- kichikligiga qarab, 20-100 g, koʻzga surtiladigan malhamlar 5-10 g dan yozib beriladi. Agar malham tarkibi bitta moddadan iborat boʻlsa - oddiy, bir necha moddalardan iborat boʻlsa - murakkab malham deyiladi. Linimentlar - Linimentum suyuq malhamlar boʻlib, koʻpgina suyuq moylar ularga asos boʻladi: shaftoli moyi (Oleum Persicorum), kungaboqar moyi (Oleum Helianthum), paxtamoyi (Oleum Glassinum) va boshqalar. Oʻsimlik moylari teri orqali yaxshi soʻriladi. Linimentlar tana harorati da eriydigan aralashmalardir, ular malhamlar singari ofitsinal va magistral, tarkibiga qarab murakkab va oddiy boʻladi. Qattiq malham pasta deb ataladi, ular tarkibida kukunsimon moddalar kamida 25% ni tashkil qilishi kerak, malhamlarda esa ulaming miqdori kamroq boʻladi, shu bilan ular bir-biridan farqlanadi. Pastada kukunsimon modda koʻp boʻlganhgi uchun adsorbsiyalovchi va qurituvchi xususiyatga ega. Ulami tayyorlashda malham asoslaridan tashqari, indifferent kukunlar: talk (Talcum), oqloy (Bolus alba), kraxmal (Amylum), rux oksid (Zinci oxydum) va boshqalar bilan kerakli pasta darajaga yetkaziladi. Pastalar suvsirab turadigan jarohatlami davolashda qurituvchi vosita sifatida surtish uchun va tishlami davolashda qoʻllanadi, ular ofitsinal va magistral turlarga boʻlinadi. Shamchalar - Suppositorium - dozalangan dori shakli, tana haroratida eriydi. Shamchalar togʻri ichak (per rectum), qin (per vaginuin) boʻshligʻiga qoʻyish uchun ishlatiladi. Rektal shamchalar shaklga koʻra konussimon, silindrik, oʻtkir uchli boʻlishi mumkin, ulaming ogʻirligi 2,0-6,0 grammgacha boʻladi. Vaginal shamchalar dumaloq, (globusli), va tuxumsimon shaklda boʻladi. Shamchalar tayyorlash uchun asos sifatida kakao moyi (ol. Sasao) va boshqa yordamchi moddalar ishlatiladi. Kakao moyi tropik shokolad daraxti urugʻidan olinadi, tana haroratida eriydi. Tarkibi murakkab boʻladigan baʻzi ofitsinal shamchalaming maxsus nomi bor. Ular uchun retsept yozilganda tarkibiga kiradigan dori moddalar va ulaming miqdorlari koʻrsatilmaydi. siydik yoʻli kanaliga, bachadonning boʻyniga qoʻyiladi, hozirgi kunda juda koʻp qoʻllaniladi. Tayoqchalar (bacilli) ham shamchalar qatoriga kiradi, ular siydik yoʻli kanaliga, bachadonning boʻyniga qoʻyiladi, hozirgi kunda juda koʻp qoʻllaniladi. Download 360.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling