1-mavzu: Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi haqida tushuncha
Dori vositalarining dozalari haqida tushuncha
Download 360.06 Kb.
|
1-mavzu Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi h
Dori vositalarining dozalari haqida tushuncha.Dori vositalarining taʼsiri asosan uning dozasiga bogʻliq- yaʼni bir martada qabul qilinadigan modda miqdoriga (birlamchi doza). Preparatning dozasiga nafaqat davolash samarasi, balki uning xavfsizligi xam bogʻliq. Baʼzi bemorlarga oʻrtacha terapevtik dozalar (odatda, amaliyotda koʻp qoʻllaniladigan dozalar) yetarli boʻlmaydi, va dozani oshirilishinojoʻya taʼsir chaqirmasdan, balkikerakli samaraga erishishga olib keladi. Dorilarga nisbatan boʻlgan shahsiy sezgirlik preparatning farmakodinamikasi va farmakokinetikasiga taʼsir koʻrsatuvchi qator omillarga bogʻliq: bemorning yoshi, jinsi, tana vazni, qon aylanish holati, jigar va buyrak faoliyati, preparatning chiqarilish shakli, yuborish yoʻli, ovqatning tarkibi va miqdori, metobolizm tezligi, bir vaqtda qabul qilinadigan boshqa dori vositalari va h.k. Agar organizmda dori vositasiningterapevtik konsentratsiyasiga tezroq erishish zaruriyati boʻlsa, u holda birinchi (boshlangʻich) doza keyingi dozalardan yuqori boʻlishi kerak. Bunday doza zoʻriqtiruvchi doza deb ham ataladi. Doza lotin harfi D bilan belgilanadi va quyidagi nomlar bilan farqlanadi: - Ushlab turuvchi doza – dori vositasining qondagi terapevtik konsentratsiyasini saqlab turish uchun zarur boʻlgan doza; - Sutkalik doza – sutka davomida qabul qilinadigan dori miqdori; - Kursli doza – davolash kursi uchun moʻljallangan doza; - Minimal taʼsir etuvchi doza – farmakoterapevtik faollik koʻrsatadigan minimal doza; - Bir martalik yuqori terapevtik doza – preparat oʻrtacha terapevtik dozada buyurilganda, terapevtik samara boʻlmagan holatda qoʻllaniladigan doza; - Yuqori sutkalik terapevtik doza – preparat oʻrtacha terapevtik dozada buyurilganda, terapevtik samara boʻlmagan holatda, sutka davomida qoʻllaniladigan doza; - Toksik doza – organizm uchun xavfli, zararli taʼsirlar chaqiradigan doza; - Effektiv (samarali) doza – toksikologik tekshirishlarda qoʻllaniladigan doza; - Letal doza – oʻlim holatiga olib keluvchi doza. Dori vositalari qayta qoʻllanganda, ayniqsa, oqsil tabiatiga ega preparatlarni taʼsiri kuchayishi mumkin, bu ularga nisbatan organizmning sezgirligini ortib ketishi natijasi boʻlib, sensibilizatsiya deb nomlanadi. Dori vositalari qayta qoʻllanganda, ularning taʼsiri kuchayishi yoki pasayishi mumkin. Preparat taʼsirini ortishi ularning organizmdagi kumulyatsiyasi (yigʻilishi) bilan bogʻliq. Kumulyatsiya organizmdan sekin chiqib ketadigan, uzoq taʼsir etuvchi preparatlaruchun xos. Uzoq vaqt qoʻllanganda dori vositasini yigʻilishi toksik taʼsirlarni rivojlanishiga olib klishi mumkin. Buni oldini olish uchun preparat dozasini kamaytirish va dori qabul qilish oraligʻini uzaytirish yoki davolashda tanaffus qilish maqsadga muvofiq boʻladi. Dozaning ortib ketishi (peredozirovka). Dozaning ortib ketish xavfi hayvonlarda oʻtkaziladigan eksperimentda aniqlanadigan, preparatning hususiyatini belgilovchi ikkita koʻrsatkichga bogʻliq: - Terapevtik indeks – 50% letal va 50% samarali dozalarnisbatidan iborat; - Terapevtik taʼsir kengligi (terapevtik kenglik, terapevtik oyna), yaʼni dori vositasining toksik taʼsiri boshlanadigan minimal miqdori bilan taʼsirqilayotgan minimal miqdor oʻrtasidagi oraliq.Terapevtik taʼsir kengligi koʻpgina bemorlarda davolashning xavfsizligini taʼminlab beradi, biroq mazkur preparatga nisbatan sezgir bemorlar bundan mustasno. Terapevtik kenglik qanchalik koʻp boʻlsa, dori vositasi shunchalik kam toksik taʼsir koʻrsatadi, va aksincha. Dori vositalarini nojoʻya taʼsirini oldini olish uchun bemor organizminingoʻziga xos tomonlarini nazarda tutish, preparatni iloji boricha terapevtik samaraga erishiladigan kichik dozada buyurish, uning taʼsiri va taʼsir kuchining koʻtarilishini nazorat qilish zarur. Download 360.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling