1-mavzu: Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi haqida tushuncha
I. Biologik sentez usuli bilan olingan pensillin preparatlari (biosentetik pensillinlar)
Download 360.06 Kb.
|
1-mavzu Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi h
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Yarim sintetik penitsillinlar.
I. Biologik sentez usuli bilan olingan pensillin preparatlari (biosentetik pensillinlar):
1. Parenteral yoʻl bilan qoʻllanuvchi (MITda parchalanib ketadi) a) qisqa taʼsir etuvchilar (Na, K-benzilpensillinlar) b) davomli taʼsir etuvchilar (benzilpensillinning novokainli tuzi, Bitsillin-3, Bitsillin-5). 2. Enteral yoʻl bilan kiritiluvchi (fenoksimentilpenitsillin-kislotaga chidamli). II. Yarim sintetik penitsillinlar. 1. parenteral yoʻl bilan kiritiladigan (MIT da parchalanib ketadilar). a) pensillinaza taʼsiriga chidamlilar (metatsillin Na). b) keng taʼsir spektriga ega preparatlar (karbenitsillinning Na tuzi, tikarsillin, azlotsillin). 2. Enteral va parenteral yoʻllar bilan kirituvchilar (kislota taʼsiriga chidamlilar). a) penitsillinaza taʼsiriga chidamli (oksatsilin Na, Nafsillin). b) keng taʼsir spektriga egalar (ampitsillin, amoksitsillin). Penitsilinlar bakteriotsid taʼsir koʻrsatadilar. Faqat boʻlinaѐtgan xujayralarga taʼsir etadilar. Xujayra qobigʻining tarkibiy kislotasini sentezini buzadilar, yaʼni transpeptidaza fermentini susaytirish hisobiga peptid bogʻlarini hosil boʻlishga toʻsqinlik qiladilar. BIOSINTETIK PENITSILLINLAR. BENZILPENITSILLIN katta, lekin cheklangan antebakterial taʼsirga ega. Asosan gramm musbat bakteriyalar: kokklar (penitsillinaza fermentini ishlab chiqarmaydigan stafilakkoklarga streptokkoklarga, pnevmokkoklarga), gramm manfiy koklar (meningokkok, gonokok), difteriya taѐqchasi (korenobakteriyalar), kuydirgi taѐqchasi, gazli gangrena qoʻzgʻatuvchisi, kokshol (stolbnyak), spiroxetalar, patogen zamburugʻlarga (aktinomitsetlar) taʼsir koʻrsatadilar. Lekin benzilpensillinlar, ichak bakteriyasi, silni qoʻzgʻatuvchisi, viruslar, rikketsiyalar, sodda hayvonlar, drojjalar kabi zamburugʻlarga taʼsir koʻrsatmaydilar. Meʼda shirasining kislotali muxitida benzilpensillinlar parchalanadi va shuning uchun faqat parenteral yoʻl bilan kiritiladi. Moʻgʻor zamburugʻlari oʻsaѐtgan muxitda har xil birikmalarni qoʻshib pensillinning turli xili olinadi. Masalan: fenilsirka kislotasi qoʻshilsa benzilpensillin xosil boʻladi. Penitsillinlar-kislotalar boʻlib, noorganik va organik asoslar bilan tuzlar xosil qiladilar. SEFALOSPORINLAR. Bu yarim sintetik antibiotiklar boʻlib Cephalosporinum fcremonium zamburugʻlari ishlab chiqaradi: sefalotin, sefaloridin, sefaleksin va boshqalar kiradi. Taʼsir mexanizimi penitsillinnikiga oʻhshab transpeptidaza fermentini susaytirib bakteriya qobigʻini biosentezini buzadi. Mikroblarga qarshi taʼsiri ampitsillinnikiga oʻhshash. Pensillinaza fermenti taʼsiriga chidamli, lekin gramm manfiy baʼzi bakteriyalarning sefalosporinazasi taʼsirida parchalanadi. Sefalosporinlar ikki guruxga boʻlinadilar: 1. Parenteral yoʻl bilan kiritiladiganlari (sefalotin,sefaloridin, sefatoksim). 2. Enteral yoʻl bilan qoʻllaniladiganlari (sefaleksin, sefakler). spektri sefalotindek, lekin kuchsizroq. MAKROLIDLAR. Antibiotiklarning bu guruxi oʻz molekulasida xar xil qandlar bilan bogʻlangan makrotsiklik lakton halqasi bor. ERITROMITSIN – nursimon zamburugʻ (Streptomyces erythrens) maxsuloti boʻlgan antibiotik. Eritromitsin asos boʻlganligidan kislotalar bilan tuzlar xosil qiladi. Quruq xolda eritromitsin, turgun modda, lekin ishqoriy va ayniqsa kislotali muxitda tez parchalanadi. Har xil mikroorganizimlarga taʼsiri boʻyicha benzilpensillinga oʻxshaydi,lekin spektri birmuncha kengroq. SULFANILAMIDLAR. Bu guruh preparatlari ximioterapevtik vositalar ichida birinchi boʻlib keng spektrli antimikrob preparatlari sifatida keng qoʻllaniladi..Lekin bu preparat in vitro tajribalarda antimikrob tasir koʻrsatmaydi. 6000dan ortiq umumiy nomi sulfanilamidlar boʻlgan preparatlar mavjud. Lekin mikroblarga qarshi xususiyat sulfanilamidlarning tarkibida juft holatda joylashgan oʻrin almashtirilgan aminogurippasi bor preparatlardagina nomoѐn boʻladi. Sulfanilamid preparatlari qonning muhitida qancha yaxshi dissotsiatsiyalansa, shuncha kuchli antimikrob taʼsir koʻrsatadi, chunki preparatning oʻzi emas-ionlashgan sulfanilamidgina mikroblarni rivojlanishini toʻxtatadi. SULFANILAMIDLAR QUYIDAGI GURUHLARGA BOʻLINADILAR: Download 360.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling