Respublikamizda juda koʻplab davolash muassasalarini dori- darmonlar bilan taʻminlaydigan dorixonalar bor. Kimyo-farmatsevtika sanoati va dorixona muassasalari tez surʻatlar bilan rivojlanib, bu sohada koʻrsatiladigan xizmatlar yaxshilanmoqda. Ishlab chiqarilayotgan dori-darmon vositalarining sifati talab darajasida boʻlmoqda. Ishni avtomatlashtirish, mexanizmlar yordamida tayyor dori mahsulotlarini chiqarish ish sifatini oshirib, tannarxini pasaytiradi, hamda kam mehnat talab qiladi.
«Davolash-profilaktika muassasalarida dori vositalarini retsept asosida berishda quyidagi umumiy qoidalar mavjud:
1. Giyohvand vositalar, psixotrop va zaharli moddalar boʻlgan dori vositalarini tayyorlash, qabul qilish, saqlash va qoʻllash tartibi, shuningdek, ularni dorixona muassasalari tomonidan aholiga retsept asosida berishga tatbiq etilmaydi.
2. Dori vositalarini retsept asosida berishga oid qoidalar imtiyozli shartlar va bepul retseptlar boʻyicha dori vositalarini berishga qoʻllanilmaydi.
3. Roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalarni tayyorlash, shuningdek, sifatsiz dori vositalarni qabul qilish, saqlash va qoʻllash taqiqlanadi.
4. Narkoz vositasi sifatida ishlatiladigan va bir-biriga nomutanosib dori vositalari roʻyxatida koʻrsatilgan dori vositalariga retsept yozib berish taqiqlanadi.
Dori – bu biror kasallikni davolashda yoki uning oldini olishda ishlatiladigan modda. Dori moddasi esa, bitta yoki aralashma tabiiy , sunʻiy moddlardan tayyorlanadi. Dori vositasi – qoʻllanish uchun tayyor mahsulotdir. Dori shakllari – bu bemor isteʻmoli uchun qulay shaklda ishlab chiqarilgan dori vositasidir. Dori shakllarining tasnifi yuborilishi, taʻsiri, organizmdan chiqarilishi uchun muhim ahamiyatga ega. Barcha dori vositalari oʻzining agregat holatiga qarab quyidagi shakllarga boʻlinadi:
1. Qattiq shakldagi dori vositalari: tabletkalar, drage, kukun, kapsyla, granula, tibbiy qalamchalari va hakozolar.
2. Suyuq shakldagi dori vositalari: eritma, qaynatma, damlama, ekstrakt, nastoyka, emulsiya, suspenziyalar.
3. Yumshoq shakldagi dori vositalari: malhamlar, shamchalar, pastalar va linimentlar.
4. Gaz (aerozol) shakldagi dori vositalari:
Do'stlaringiz bilan baham: |