2. Moddalar almashinuvi va energiya almashinuvi. Organizmga tashqaridan qabul qilingan suv, oziq moddalar, havo kabilar organizmga kirganidan soʻng biologik oksidlanishga uchraydi yaʻni parchalanadi. Ular oʻz tarkibiy qismlarigacha parchalanib, organizmga qurilish materiali boʻlib xizmat qiladi. Bu jarayon –moddalar almashinuvi deb ataladi. Organizmda moddalar almashinuvi ikkita jarayondan iborat boʻladi. Bulardan biri- assimilyasi, yaʻni tashqi muxitdan organizmga kiruvchi moddalarni oʻzlashtirish, oddiy kimyoviy birikmalardan murakkab birikmalarni hosil qilishdir. Moddalar almashinuvining ikkinchi koʻrinishi esa- dissimilyasiya, yaʻni tirik organizmlar tarkibiga kiruvchi moddalarning parchalanishidir.
Voyaga etgan katta odamlarda dissimilyasiya jarayoni ustunroq boʻladi shu sababli ularda yuzlariga ajin tushadi, terilari osilib, burishib qola boshlaydi. Yoshlarda esa assimilyasiya jarayoni ustunroq boʻladi, chunki yosh organizm oʻsib, rivojlanishi uchun bu jarayon oʻta muhimdir. Katta yoshdagi odamlardan farqli ravishda bolalarda moddalar almashinuvi natijasida hosil boʻlgan e n e r g i ya n i n g koʻpgina qismi organizmning oʻsishi va rivojlanishi uchun sarflanadi. Umumiy sarflanadigan energiyaning 15 % i bolaning oʻsishi uchun sarflanadi.
Organizmda oqsillar, yogʻlar, uglevodlar organizmga tashqaridan kirgan kislorod bilan oksidlanib parchalanadi va energiya hosil boʻladi. Faqat yurak, jigar, buyrak va muskullarning ish faoliyatini taʻminlash uchun bir kecha-kunduzda sarflanadigan energiya 100 litr suvni qaynatishi aniqlangan.Oziq moddalar parchalanishidan hosil boʻladigan energiyaning uchdan ikki qismi toʻqima va organlar hayotiy faoliyatini bajaradigan ishi uchun sarflanadi, uchdan bir qismi tana haroratining doimiyligini taʻminlash uchun sarflanadi. Bir gramm oqsil parchalanganda 4,1 kkalloriya, bir gramm yogʻ parchalanganda 9,3 k.kal, bir gramm uglevod parchalanganda esa 4,1 k.kall energiya hosil boʻladi.Demak,moddalar va energiya almashinuvi bolalar va oʻsmirlar organizmini oʻsishi va rivojlanishi uchun xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |