1-mavzu: Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi haqida tushuncha
Yurak-qon tomir sistemasi gigiyenasi
Download 360.06 Kb.
|
1-mavzu Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi h
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
Yurak-qon tomir sistemasi gigiyenasi. Kim tartibi yurak-tomir sistemasiga kuchh taʻsir etadi. Bolaning kun tartibi toʻgʻri tashkil etilsa, yurak-tomir sistemasi bekamu koʻst ishlaydi. Shuning uchun ham ular bajaradigan jismoniy ish va mashqlarning jadalligi va ogʻir-engilligi ularning yoshiga mos boʻlishi kerak, ayniqsa salbiy his-hayajon, chekish, spirtli ichimliklar ichish, uzoq muddat harakatsizlik yurak-tomir sistemasi ishini buzadi. Bolalaming kiyimi, poyabzali qon aylanishni qiyinlashtirmaydigan, vena tomirlarda qon dimlanib qolishiga yoʻl qoʻymaydigan boʻlishi kerak. Poyabzal tor boʻlsa, oyoqning qon bilan ta ʻminlanishi qiyinlashadi. Oyoqda turli qadoq, yara paydo boʻladi. Bolalaming sof havoda boʻlishi, jismoniy mashqlar bilan shugʻullanishi, vaqtida ovqatlanishi yuraktomirlarning normal ishlashida muhim ahamiyatga ega.
Tayanch iboralar: Tayanch – harakat apparati, skelet, rivojlanish, boʻgʻim, liqildoq, suyaklanish, bilakuzuk suyaklari, bogʻim, togʻay, myofibril tolalar, aktin va miozin tolalari, fassiya pardasi, fibroz, muskullarning qisqarish va yozilish jarayonlari, antagonist muskullar, deltasimon muskul, lordoz, kifoz, skolioz, yassioyoqlik, qon yaratuvchi aʻzolar, suyak koʻmigi, taloq, ayrisimon bez, limfoid kompleks, qonning shaklli elementlari, Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:1. Tayanch – harakat sistemasi qanday organlardan iborat? 2. Tayanch – harakat sistemasi qanday vazifalarni bajaradi? 3. Tayanch – harakat aʻzolarining tarkibiy qismlari va hayotdagi aqamiyati. 4. Boʻgʻim nima va siz qanday boʻgʻimlarni bilasiz? 5. Suyaklarning rivojlnish bosqichlari haqida nima bilasiz?. 6. Odamning umurtqa pogʻonasi suyaklari va ulardagi yoshga hos oʻzgarishlar deganda nimani tushunasiz? 7. Odamning koʻkrak qafasi suyaklari va ulardagi yoshga hos oʻzgarishlar deganda nimani tushunasiz? 8. Odamning qoʻl va oyoq suyaklari va ulardagi yoshga hos oʻzgarishlar deganda nimani tushunasiz? 9. Miya qutisining ikkita boʻlimi va va ulardagi yoshga hos oʻzgarishlar deganda nimani tushunasiz?(liqildoqlarni rivojlanishi). 10. Mushaklar tizimi, muskul tolalarining tuzilishi va funksiyalari nimalardan iborat? 11. Miofibrill tolalar va ularning qisqarish jarayonidagi ahamiyati. 12. Muskullarning vazifasi va uning yosh xususiyatlari nimalardan iborat? 13. Muskullarning asosiy guruhlariga nimalar kiradi? 14. Muskul harakatlarining tezligi va chidamlilik xususiyatlari, charchashi deganda nimani tushunasiz? 15. Tayanch – harakat aʻzolarini rivojlanishida jismoniy mashqlarning roli deganda nimani tushunasiz? 16. Qadd-qomat va uning kamchiliklari haqida maʻlumot bering. 17. Skolioz va yassi oyoqlik haqida maʻlumot bering. 18. Tayanch harakat apparatining gigiyenasi deganda nimani tushunasiz? 19. Yurakning yoshga xos xususiyatlari deganda nimani tushunasiz? 20. Yurak faoliyatining nerv orqali boshqarilishi qanday sodir boʻladi? 21. Yurak faoliyatining gumaral boshqarilishi qanday sodir boʻladi? 22. Puls va qon bosimi haqida maʻlumot bering? 23. Aqliy va jismoniy mehnat vaqtida yurak-tomir sistemasining funksiyalari haqida nima bilasiz? 24. Yurak-qon tomir sistemasi gigiyenasi deganda nimani tushunasiz? 25. Qon tizimi yoshga oid oʻzgarishlarga egami? 26. Bolalarda yurak qanday xususiyatlarga ega? 27. Bolalar yuragining hajmi va tuzilishini izohlang? MPKA 2021.Taklif va shikoyatlar uchun: dr.rahmatullayev@gmail.com Sayt test rejimida faoliyat koʻrsatmoqda. 03.Ovqat xazm qilish tizimi va moddalar almashinuvi. Nafas olish tizimining tuzilishi va xususiyatlari_sayt Download 360.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling