Mavzu-10. Oligosaxaridlar va polisaxaridlar. Reja
Download 244.5 Kb.
|
Oligosaharid
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- Oligosaxaridlar
MAVZU-10.OLIGOSAXARIDLAR VA POLISAXARIDLAR. Reja Oligosaxarid tushunchasi. Polisaxaridlar ta’rifi va nomenklaturasi. Polisaxaridlarni tuzilishini o’rganish uslublari. Tayanch iboralar: oligosaxarid, polisaxarid, sellyuloza, kraxmal, glikogen, xitin. * Muammoli vaziyat: glyukozaning tritil va benziliden hosilalarini hosil qiling, reaksiya sharoitini ko’rsating. Oligosaxaridlar deganda 10 tagacha monosaxarid tutgan molekulaga aytiladi. Ayrim adabiyotlarda glikoprotein tarkibidagi uglevod qismini ham oligosaxarid deyilmoqda. Ularda 15-20 ta monosaxarid uchraydi. Demak, asosan 10 tagacha, lekin istisno tariqasida 20 tagacha monosaxarid tutgan molekulalar oligosaxarid deb ataladi. Saxaroza - o’simliklarda ko’p uchraydi. Masalan, u asosan shakar qamishidan olinib, qamish shakari deb ham yuritiladi. Saxaroza lavlagida ham ko’p miqdorda bo’ladi. Shuning uchun uni sanoatda asosan shakar qamishi va lavlagidan olinadi. Saxaroza shirin tahmga ega, u suvda yaxshi eriydi, burish burchagi . Saxaroza gidrolizga uchratilsa glyukoza va fruktoza monosaxaridlarini beradi, hosil bo’lgan glyukoza o’ngga, fruktoza esa chapga buradi, chapga burish burchagi kuchli bo’lgani uchun ular eritmasining aralashmasi chapga buradi. Bunday gidrolizni inversiya jarayoni deb ham ataladi. Bu jarayonni amalga oshiruvchi enzimni invertaza, hosil bo’lgan glyukoza va fruktozalar aralashmasini - invert qandi deb ataladi. Saxaroza feling suyuqligini qaytarmaydi va fenilgidrazin bilan tahsirlashmaydi. U juda yaxshi kristallanadi, Tsuyuq. ()-Saxarozani suyultirilgan suvli kislota yoki invertaza (Xamirturishdan olingan) fermenti bilan gidrolizga uchratilsa teng miqdordagi D-()-glyukoza va D-(-)-fruktozalar hosil bo’ladi. Demak, saxaroza bir molekula D-()-glyukoza va bir molekula D-(-)-fruktozadan tuzilgan deb hisoblash mumkin. Hosil bo’lgan glyukoza va fruktoza aralashmasini xromatografiya yo’li bilan aniqlash va ajratib olish mumkin. Maltoza - solod qandi, kraxmalga diastatik fermentni ta’sir ettirib olinadi. Bu ferment arpa va solod urug’larining yangi ko’kargan novdalarida ko’p bo’ladi. Maltoza ikki molekula glyukozadan tuzilgan bo’lib, uning bittasi boshqa molekulasi bilan 4-holati bo’yicha -glikozid tipida bog’langan. Maltoza Feling suyuqligini qaytaradi, gidrazon va ozazon hosil qiladi. Maltoza maltaza enzimi (achitqilarda, mog’or zambrug’larida uchraydi) ta’sirda glyukozagacha parchalanadi. Maltoza - va -shakl ko’rinishlarda mavjud va . Shuning uchun eritmada mutarotatsiyaga uchraydi va bo’ladi. Bu dalillar shuni ko’rsatadiki, ()-maltoza karbonil guruhini reaksiyaga qobiliyatli poluasetal holatda tutadi. Bunday karbonil guruhi uning molekulasida bitta bo’ladi. Maltoza suvli kislota eritmasi bilan gidrolizga uchratilsa yoki unga achitqidan olingan maltaza fermenti ta’sir ettirilsa to’liq ga aylanadi. Demak, hosil bo’lgan molekulasi xromatografik metod bilan aniqlanadi va ikkita D-()-glyukozadan tuzilgan deb qarash mumkin bo’ladi. Laktoza - sut qandi. Bu disaxarid sutda bo’ladi, uni sutning shirin zardobidan kristallab olinadi. Laktozaga kislota va fermentlar ta’sir ettirilsa glyukozaga va galaktozaga parchalanadi. Laktoza - va - shaklda bo’ladi, burish burchagi Laktoza Feling suyuqligini qaytaradi. U shirin ta’mga ega va yosh organizmlar uchun to’yimli ozuqa vazifasini bajaradi. Laktozani kislotali yoki enzimatik gidroliz qilishdan hosil bo’lgan glyukoza va galaktozalarni aniqlash uchun xromatografik metoddan foydalaniladi. Sellobioza. Bu disaxarid oktaasetat ko’rinishida sellyulozadan uni sirka angidridi va konsentrlangan sulfat kislotasi ta’sirida gidrolizga uchratib olingan (Skraup va Kyoning, Franshimon). Erkin holatdagi sellobioza yaxshi kristallanadi, suvda yaxshi eriydi, spirtda yomon eriydi, U qaytaruvchi hisoblanadi, ozazon beradi. Uni kislota yoki enzim (sellobioz) ta’sirida qaynatilsa glyukozagacha parchalanadi. Sellobioza hayvonot va o’simliklar dunyosida ko’p tarqalgan. Uning solod, arpa va javdar urug’larining o’simtalarida, o’rik danagi mag’zida va shilliqqurtlarning qorin shiralarida ham borligi aniqlangan. Tregaloza - yosh zambrug’larda uchraydi, qaytaruvchanlik xususiyati yo’q, kislotali yoki fermentativ (maltaza bilan) gidrolizga uchratilsa faqat D-glyukozani hosil qiladi. Tregalozaning uchta izomeri mavjud: ,-Tregaloza, asosan zambrug’lardan olingan,; Izotregaloza (,),, sintetik yo’l bilan olingan; Neotregaloza (,), sintetik ravishda olingan. Download 244.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling