Mavzu-10. Oligosaxaridlar va polisaxaridlar. Reja


Download 244.5 Kb.
bet2/3
Sana14.05.2020
Hajmi244.5 Kb.
#106074
1   2   3
Bog'liq
Oligosaharid


Polisaxaridlar (glikanlar) monosaxaridlarning polikondensatlanishi natijasida hosil bo’ladigan polimerlar.

Gomopolisaxaridlar bir tur monomerdan iborat bo’ladi.

Kraxmal. U hayotda katta rol o’ynaydi. Kraxmal o’simliklar zahirasidagi uglevodi hisoblanadi. Kraxmal boshoqli o’simliklarning donida, boshqa o’simliklarning urug’ida, kartoshkaning hosilida to’planadi. Eng oddiy enzimatik gidroliz natijasida eriydigan oligo- va mono-saxaridlarga (maltoza, glyukoza) aylanadi. Ular shu holatda o’simliklarning o’sishida uning tuzilishi va energiyasi uchun sarflanadi. Kraxmalning suvda eriydigan amiloza deb ataluvchi qismi ham bor (20%) - buni eruvchi kraxmal deb ataladi. Amilozaga yod ta’sir qilinsa ko’k-binafsha rang beradi. Amilopektin degan qismi ham bor (80%). U sovuq suvda erimaydi. Issiq suvda yopishqoq yelim hosil qiladi. Yodda qizil rang beradi. Kraxmal molekulasining bir qismi:

Kraxmal asosiy oziq mahsuloti hisoblanadi va organizm uchun asosiy energiya manbai bo’lib xizmat qiladi. Amiloza glyukoza monomerini har xil darajada polimerlangan (n20000-200000) tarmoqlanmagan yoki kam tarmoqlangan zanjirlaridan iborat gomologlari aralashmasidan tuzilgan bo’ladi.




Amilopektin esa amilozadan farqli ravishda, kattaroq molekulyar massaga ega bo’lib (100000 dan 1000000 gacha), juda shoxlangan molekulaga egadir.


Glikogen. Glikogen ham D-glyukozaning -glyukozamin bog’lanishidan hosil bo’ladi, ammo undagi asosiy zanjirga- holatda ulangan yon shoxchalar, amilopektindagidan ancha zichroq joylashgan bo’ladi. Glikogenning tuzilishidagi asosiy farqlardan biri, unda kraxmaldagiga o’xshash spiral holdagi tuzilish yo’q. Glikogen molekulasi yanada shoxlangan va shuning uchun uning tuzilishi yanada ochiqroq.

Sellyuloza. U o’simliklar tana hujayralarining asosi hisoblanadi. Tabiiy toza sellyulozaning molekulyar massasi 20000000 dan kam bo’lmaydi. Undagi glyukozid qoldiqlarining soni 10000 dan ortiq bo’ladi. Sellyuloza asosan yog’ochdan va paxtadan olinadi.

Download 244.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling