1-mavzu: Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi haqida tushuncha
Download 360.06 Kb.
|
1-mavzu Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi h
Hujayraning kimyoviy tarkibi. Hujayraning tarkibiy qismini anorganik, organik, moddalar va 70% dan koʻprogʻini suv tashkil etadi. Suv erituvchi xususiyatga ega boʻlib, hujayradagi barcha hayotiy jarayonlarda muhim rol oʻynaydi. Hujayra tarkibida fosfor, oltingugurt, kalsiy, kaliy, natriy, xlor, temir, magniy, kremniy kabi makroelementlar va yod, mis, kobalt, rux, nikel, oltin kabi mikroelementlar boʻladi. Bular hujayraning anorganik moddalaridir.
Hujayra tarkibidagi organik moddalarga oqsillar, yogʻlar, uglevodlar, nuklein kislotalar kiradi. Oqsillar hujayraning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Oqsil muhim plastik ahamiyatga ega boʻlib, u hujayraning ba rcha hayotiy jarayonlarida, koʻpayishida va eskirgan tarkibiy qismlarning yangilanib turishida asosiy vazifani bajaradi. Yogʻlar ham hujayraning tarkibiy qismiga kirib, plastik va energetik vazifani bajaradi. Uglevodlar ham asosan energetik ahamiyatga egadir. Hujayraning hayotiy jarayonlari Hujayraning asosiy hayotiy funksiyalari-moddalar almashinuvi, harakat, ta ʻsirlanish, koʻpayishdan iborat. Har bir hujayrada normal yashashi, oʻz vazifasini bajarishi, koʻpayishi uchun ularda uzluksiz ravishda moddalar almashinuvi jarayoni davom etib turadi. Ovqat hazm qilish organlarida parchalanib, qonga soʻrilgan oziq moddalar qon orqali hujayralarga oʻtadi. Bu moddalarning bir qismi hujayraning tarkibiy elementlari muntazam ravishda yangilanib turishi va ularning koʻpayishi uchun plastik material sifatida oʻzlashtiriladi. Oziq moddalarning qolgan qismi esa nafas olish organlaridan qon orqali kelgan kislorod bilan oksidlanib, energiya hosil qiladi va bu energiya hisobiga hujayra qoʻzgʻaladi, harakatlanadi, ish bajaradi. Bundan tashqari energiya tinmay yangilanib boradigan protoplazma tarkibiy qismlarining sintezi uchun haroratni maʻlum darajada saqlab turish, organizmning eskirgan qismlarini tiklash uchun zarur. Organizm energiyani ovqatdagi organik moddalardan: oqsillar, yogʻlar, uglevolar, bularning oksidlanishi va parchalanishida hosil boʻladigan mahsulotlardan olib sarflaydi Tashqi muhitdan moddalar shimilishi, ularning oddiyroq moddalarga parchalanishi, oʻzlashtirilishi va chiqindi moddalarni chiqarib yuborilishi har bir tirik hujayraga xos xususiyatdir. Atrofdagi muhitdan oʻtib turadigan moddalarning hujayralar tomonidan oʻzlashtirilib, bu moddalarning parchalanishi mahsulotlardan hujayra protoplazmasi va struktura qismlarining bir muncha murakkab kimyoviy birikmalarni hosil qilish assimilyatsiya deb ataladi; hujayra strukturalari tarkibiga kiradigan moddalarning parchalanib, yemirilishi dissimilyatsiya deyiladi. Mana shu jarayonlarning ikkalasi bir biriga bogʻliq, chunki dissimilyatsiya natijasida hosil boʻladigan energiyadan assimilyatsiya protsesslarida foydalaniladi. Organizmga kirgan oqsil, yogʻ va uglevodlar avval parchalanadi va oddiy elementlarga aylanadi, soʻng hujayralar tomonidan turli maqsadlar, ovqatlanish uchun foydalaniladi, bunda organizm uchun kerak boʻlmagan chiqindi modda hosil boʻladi. Hujayradagi assimilyatsiya va dissimilyatsiya p rotsesslari doimo bir xil ketavermaydi. Bu jarayon organizmga tushadigan moddalarning miqdori va sifatiga bogʻliq boʻladi. Baʻzi hujayralar amyobaga oʻxshab harakatlanib turadi. Masalan, leykotsitlarning baʻzilari shunday harakatlanadi. Barcha hujayra va toʻqimalar taʻsirlanish xususiyatiga ega. Taʻsirlanish butun tirik zotga xos xususiyat boʻlib, tashqi taʻsirga javoban oʻz faoliyatini oʻzgartirishdan iborat. Taʻsirlovchilar muhitning tirik hujayralarda javob reaksiyasini yuzaga keltira oladigan omillari boʻlsa, taʻsirlanish - taʻsirlovchining organizm va uning tarkibiy qismlariga taʻsir koʻrsatish jarayonining oʻzidir. Sezuvchi retseptorlar taʻsirlanishi tufayli yuzaga kelagan qoʻzgʻalish nerv impulsiga aylanib, nerv tolalari boʻylab markaziy nerv sistemasiga yetib boradi va uning hujayralarini qoʻzgʻatadi. Markaziy nerv sistemasi hujayralaridan impuls u ana nerv tolalari boʻylab periferik organlarga (muskullar, bezlarga) keladi va bularni qoʻzgʻatadi. Taʻsirlanish tashqi va ichki muhit taʻsirini idrok etish, shuningdek keyinchalik organizm hayot faoliyati jarayonlarini idora etishning asosidir. Barcha hujayra, toʻqima va organizm koʻpayish xususiyatiga ega. Tirik organizmlar koʻpayish orqali oʻziga oʻxshash organizmlarni hosil qiladi. Hujayraning ikki xil oddiy va murakkab koʻpayishi bir biridan farqlanadi. Oddiy, yaʻni amitoz koʻpayishda hujayra membranasi sitoplazmasi va yadrosi uzunlashadi va ikkiga boiinadi, b aʻzida esa membrana va sitoplazma boʻlinmaydi, faqat yadroning oʻzi ikkiga boiinishi natijasida bitta membrana va sitoplazma ichida ikkita yadro hosil boʻladi. Bu boiinish usuli bilan odam tanasidagi ayrim hujayralar, masalan, vegetative nerv tugunlarining hujayralari koʻpayadi. Bolalar va oʻsmirlar organizmining oʻsishi va rivojlanishi hujayraning murakkab boiinishi mitoz yoki kareokinez usulida koʻpayishi orqali taʻminlanadi. Bu boiinish 4 fazani oʻz ichiga oladi: profaza (yadro ichidagi xromosomalar ipsimon shaklga aylanadi va uzunlashadi), metofaza (oldin tartibsiz boʻlgan xromosomalar hujayraning o ʻrta qismiga joylashadi), anafaza (xromosomalar hujayraning qutbiga tomon tortiladi), telofaza (hujayra qutblarida yigʻilgan xromosomalar zichlashib, yaʻni yadro va yadrochani hosil qiladi). Bu usuldagi boʻinish natijasida bitta ona hujayradan ikkita qiz hujayra hosil boʻladi. Hujayraning koʻpayish tezligi odamning yoshiga bogiiq. Bolalar va oʻsmirlar organizmining hujayralari tez koʻpayadi. Bu esa ularning tez oʻsishi va rivojlanishini ta ʻminlaydi. Download 360.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling