1 mavzu tibbiyot deontologiyasi asoslari. Hozirgi zamon tibbiyotida yatrogeniya, evtanaziya muammolari. Muloqot turlari. Klinika faoliyati bilan tanishish. Davolash muassasalari faoliyatini tashkil etish


Fosfoorganik birikmalar bilan zaharlanish (xlorofos, karbofos)


Download 347.64 Kb.
bet61/95
Sana04.08.2023
Hajmi347.64 Kb.
#1665095
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   95
Bog'liq
1 mavzu tibbiyot deontologiyasi asoslari. Hozirgi zamon tibbiyot-www.hozir.org

Fosfoorganik birikmalar bilan zaharlanish (xlorofos, karbofos)
I
Ishlab chiqarishda va uy-ro’zg’orda fosfoorganik birikmalar qo’llanilishi natijasida ulardan zaharlanish hollari uchraydi. Zaharlanish belgilari preparatlar bilan aloqadan so’ng 1 soat mobaynida namoyon bo’ladi; so’lak oqish, qusish, ich ketish, ko’z qorachiqlari qisqarishi; so’ngra bronx spazmlari va bronxial bezlar sekretsiyasi keskin kuchayishi natijasida bo’g’ilish rivojlanadi; zaharlanishning kechki bosqichlarida muskullar (shu jumladan nafas olish) falaji yuzaga keladi, bu esa asfiksiya oqibatida yuzaga keladigan o’limga sabab bo’ladi.
Fosfoorganik birikmalar bilan zaharlanishda birinchi yordam
1. Shifokorni tezlik bilan chaqirish.
2. Me’dani faollashtirilgan ko’mir yoki karbolen bilan zond orqali yuvish.
3. Zarur hollarda o’pkaning sun’iy ventilyatsiyasi yoki kislorod ingalyatsiyasi o’tkaziladi.
4. Zarar ko’rganni zudlik bilan toksikologik bo’limga olib borish zarur.
4 - MAVZU
YURAK-QON TOMIR TIZIMI KASALLIKLARI BILAN KASALLANGAN BEMORLARNI PARVARISHI VA ULARNING NAZORATI


KARDIOLOGIYA (yunon kardiy - yurak, logos – ta’limot) yurak – qon tomir tizimi kasalliklarining etiologiyasi, patogenezi va klinik ko'rinishini o'rganadigan ichki kasalliklar bo'limi bo’lib, ularning diagnostikasi, oldini olish va davolash usullarini ishlab chiqadi.
Qon aylanish tizimining kasalliklari bilan bemorlar turli shikoyatlar bilan murojaat qilishadi. Eng ko'p aniqlanadigan simptomlar ko'krak qafasi og'rig'i, yurak tez urishi, nafas qisilishi, bog’ilish, shish hissi va boshqalar.
Yurak – qon tomir tizimi kasalliklari bilan og'rigan bemorlarni kuzatish va davolashni ikki yo'nalishda o'tkaziladi.
Umumiy chora-tadbirlar – boshqa turli organlar va tizimlar kasalliklari bilan og'rigan bemorlarni kuzatish va parvarishlash ishlari: bemorning umumiy holatini kuzatish, tana haroratini nazorat qilish, qon tomirlari va qon bosimini nazorat qilish, harorat varag'ini to'ldirish, bemorning shaxsiy gigienasini ta'minlash va boshqalar

Download 347.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling