1 mavzu tibbiyot deontologiyasi asoslari. Hozirgi zamon tibbiyotida yatrogeniya, evtanaziya muammolari. Muloqot turlari. Klinika faoliyati bilan tanishish. Davolash muassasalari faoliyatini tashkil etish


Download 347.64 Kb.
bet51/95
Sana04.08.2023
Hajmi347.64 Kb.
#1665095
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   95
Bog'liq
1 mavzu tibbiyot deontologiyasi asoslari. Hozirgi zamon tibbiyot-www.hozir.org

Simptom. Nafas qisishi
Nafas qisishi — bu havo yetishmovchiligi bo’lib, u nafas olishning tezligi, ritmi va chuqurligining buzilishi bilan birgalikda kechadi. Nafasning tezlashuvi o’pka, yurak-o’pka patologiyasi uchun xos bemor, isitma, ruhiy hayajonda bo’ladi. Nafasning sekinlashuvi og’ir intoksikatsiyalarda (zaharlanish), miyadagi qon aylanish buzilganda ro’y beradi. Qiyinlashgan nafas chiqarish nafas yo’llarida mexanik to’siq (yot jism, ko’p balg’am, bronxlarning torayishi) bo’lganda kuzatiladi. Nafas olishning qiyinlashuvi yuqori nafas yo’llaridagi to’siq va yurak tomir kasalliklarida paydo bo’ladi. Vaqt-vaqti bilan nafas olish miya kasalliklarida, koma, zaharlanishlar, qon aylanishning kuchli buzilishlarida kuzatiladi.
Nafasi qisadigan bemorlarni parvarish qilish:
1. Bemorga yarim o’tirish holatini yaratish, qisib turadigan kiyimlarini yechish, toza havo kirishini ta’minlash.
2. Nafas olish tezligi, teri rangini kuzatish.
3. Zarur hollarda bemorga kislorod ingalyatsiyasi o’tkazish.
Ingalyatsiya — dorivor moddalarni nafas yo’li orqali kiritish. Gazlar (kislorod), oson bug’lanuvchi moddalar (efir moylari, dori vositalarning bug’lari), shuningdek aerozollardan foydalanib nafas olish mumkin.
Ingalyatsiya ning 4 xili mavjud: bug’li, iliq-nam, nam, moyli.
Bug’li ingalyatsiyalar bug’lanuvchi moddalar (mentol, evkalipt) yordamida tayyorlanadi. Ular ko’pincha uy sharoitida qo’llanadi.
Iliq-nam ingalyatsiyalar: dorivor eritma isitib, purkaladi.
Bitta ingalyatsiya uchun 25—250 ml dorivor eritma sarflanadi.
Moyli ingalyatsiyalar: profilaktik va davo maqsadida tayinlanadi. Bitta ingalyatsiya da 5 ml gacha moy sarflanadi. Ko’pincha o’simlik moylari ishlatiladi (zaytun, kungaboqar, evkalipt, shaftoli va boshqalar).
Oson parlanuvchi kislorod va uglekislotani ham nafas olib qabul qilish mumkin. Uy sharoitida yaxshi samara beradigan o’t damlamali ingalyatsiyalar qo’llaniladi (kalendula, qizilpoycha va boshqa damlamalar).
Ingalyatsiya uchun pulverizator turidagi maxsus ingalyatorlardan foydalaniladi, ular qisilgan havo va kislorod yordamida eritmalar purkaydi. Ko’pincha dorivor moddalar nafas yo’llariga bug’simon holatda kiritiladi.
Bug’li ingalyatsiya deb suv bug’i va havo bilan aralashgan mayda zarrachalardan iborat dorivor eritma (moy, dorivor preparatlar, ichiladigan soda - natriy gidrokarbonat eritmasi) ni nafas yo’llariga kiritishga aytiladi. Odatda, bemor muolajani mustaqil bajaradi, lekin asoratlar kelib chiqishining oldini olish uchun unga yo’l-yo’riq ko’rsatish zarur.
Ko’pincha ingalyatsiya maxsus bug’li ingalyator yoki choynak yordamida bajariladi. Choynakka 2-3 stakan suv quyiladi va qaynatiladi. So’ng bug’ chiqqan jo’mrakdan bemor ingalyator kabi nafas oladi. Suvga qat’iy tayinlangan miqdorda ingalyatsiya uchun modda qo’shiladi. Yuz terisi kuymasligi uchun choynak jo’mragiga qattiq qog’ozdan yasalgan voronkasimon nay kiydiriladi va shu nay orqali bug’ bilan nafas olinadi.
Ingalyatsiyani shilliq qavatni zararli omillar ta’siridan himoya qilish maqsadida ham ishlatish mumkin. Moyli ingalyatsiyalar uchun o’simlik moylari ishlatiladi: bodom, shaftoli, tozalangan pista yog’i. Ba’zida yog’ga mentol qo’shiladi (1—3%), mentol og’riq qoldiruvchi va sust bakteriosid xususiyatlarga ega.

Download 347.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling