1 mavzu tibbiyot deontologiyasi asoslari. Hozirgi zamon tibbiyotida yatrogeniya, evtanaziya muammolari. Muloqot turlari. Klinika faoliyati bilan tanishish. Davolash muassasalari faoliyatini tashkil etish


Nafas olish patologiyasi bo’lgan bemorlarga ko’krak og’riqlarida birinchi yordam ko’rsatish


Download 277.97 Kb.
bet47/87
Sana28.10.2023
Hajmi277.97 Kb.
#1730647
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   87
Bog'liq
1-курс ЛОТИН ўзбекча КИТОБ тайёр

Nafas olish patologiyasi bo’lgan bemorlarga ko’krak og’riqlarida birinchi yordam ko’rsatish:
1. Bemorga og’riqni kamaytiruvchi holat yaratishda yordam berish.
2. Agar bemorga og’riqni bosuvchi vositalar tayinlangan bo’lsa, dori vositalarini ko’rsatilgan dozada berish.
3. Bemorning ahvoli keskin o’zgarganda shoshilinch ravishda shifokorni chaqirtirish zarur.
Simptom. Pnevmotoraks
Pnevmotoraks — o’pka pardasi yirtilishi yoki ko’krak qafasi devori shikastlanishi natijasida plevra bo’shlig’iga havo kirishi. O’pkaning bosilib qolishi nafas qisishiga olib keladi, nafas qisishi va kuchli og’riq pnevmotoraksning muhim belgilaridir. Boshqa belgilar: quruq yo’tal, teri qoplamalari och rangda, bemorning holati majburiy, pulsning tezlashishi, arterial bosimning pasayishi.
Shifokorning yordami zarur.
Yiringlash bilan kechayotgan plevra kasalliklari
Plevra bo’shligida patologik suyuqlik to’planib qolganda shifokor bo’shliqni punksiya qiladi va drenaj o’rnatadi. Drenajning asosiy vazifasi — bo’shliqdan suyuqlikni chiqarish. Drenaj sust yoki faol yaradan pastda joylashgan antiseptik eritmali bankaga tushiriladi, sifon usuli ishlatiladi. Plevra bo’shlig’ini drenajlash shifokor yoki maxsus o’rgatilgan hodim nazorati ostida amalga oshiriladi. Bemorning holati va drenaj vositalaridan uy sharoitida foydalanish rasmlarda ko’rsatilgan. Bunday bemorlarni parvarish qilishda majburiy holatni inobatga olish, drenaj sistemasini ishlatishni bilish zarur.


Simptom. Asfiksiya (bo’g’ilib qolish)
Asfiksiya — organizm to’qimalariga kislorod kelishi keskin to’xtashi natijasida paydo bo’lgan bo’g'ilish hasta uchun xavf tug'diradi.
Sabablar:
1. Nafas olish yo’llaridagi mexanik to’siqlar, masalan, kekirdak yoki traxeyaga yot jismning tushishi.
2. Tovush yorig’ining shishi va qisilib qolishi.
3. Havoda kislorod yetishmasligi, yopiq joylarda bo’lish.
4. Gazlardan, masalan uglerod oksididan zaharlanish.
5. Kislorodni to’qimalarga yetkazishda ishtirok etuvchi qon gemoglobini darajasining pasayishi.
6. Miyada qon aylanishining buzilishi yoki zaharlanishda nafas olish markazi faoliyatining buzilishi.
7. Poliomielitda nafas muskullari falaji.

Download 277.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling