1 mavzu tibbiyot deontologiyasi asoslari. Hozirgi zamon tibbiyotida yatrogeniya, evtanaziya muammolari. Muloqot turlari. Klinika faoliyati bilan tanishish. Davolash muassasalari faoliyatini tashkil etish


Download 277.97 Kb.
bet45/87
Sana28.10.2023
Hajmi277.97 Kb.
#1730647
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   87
Bog'liq
1-курс ЛОТИН ўзбекча КИТОБ тайёр

Ingalyatsiya ning oddiy usuli:
1. Bemorning boshi salfetka bilan yopiladi.
2. Bug’ yuzni va shilliq qavatlarni kuydirmaydigan masofada o’tkaziladi.
3. Balg’am ko’chiruvchi moddalar qo’shilgan issiq suvli idish tepasiga bosh engashtiriladi; ko’proq samara olish uchun sochiq bilan yopiladi va bemor bug’dan og’iz yoki burun bilan nafas oladi.
Muolaja. Kislorod ingalyatsiyasi (oksigenoterapiya)
Samara: yurak-o’pka reanimatsiyasi,og’ir operatsiyalardan keyin, o’tkir yoki surunkali nafas olish yetishmovchiligida qonni kislorod bilan ta’minlashni yaxshilaydi.
Ko’rsatmalar: nafas olish, yurak faoliyatining buzilishi, og’ir holatlar.
Tayyorgarlik: bemorga muolajaning mohiyatini tushuntiring.
Jihozlar: kasalxona sharoitida, odatda, statsionar qurilmasi va bir marta ishlatiladigan tayyor steril sistemalardan foydalaniladi; sistema bo’lmaganda, kislorodli ballon yoki kislorodli yostiq ishlatiladi; Bobrov apparati, namlangan doka salfetkalar, burun kateteri (mundshtuk niqob), vazelin moyi.
Bemorning holati: bosh tomoni ko’tarib yotqizilgan.
Bajarilishi:
1. Jihozlarni tayyorlang, kislorodli ballonning texnik foydalanish qoidalari, xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishib chiqing.
2. Bemorning nafas yo’llari tozaligiga (balg’am, qusuq massalari, shilimshiq yo’qligiga) ishonch hosil qiling.
3. Kateter uchini vazelin moyi bilan arting va kateter kiritish lozim bo’lgan masofani aniqlang, burun uchidan quloq yumshog’igacha bo’lgan masofaga teng.
4. Kateterni pastki burun yo’li orqali orqa halqum bo’shlig’iga kiriting (halqum tekshirilganda kateter uchi ko’rinib turishi kerak).
5. Kateterni bemorning yuziga yopishqoq plastir bilan mahkamlab qo’ying.
6. Kateterni dozimetr yoki Bobrov apparatiga ulang, niqobdan ham foydalanish mumkin.
7. Bemorga reduktor manometri bo’yicha 1—2 atm. bosim ostida 2-4 l/min tezligida 10—30 daqiqa davomida oralatib yoki to’xtovsiz kislorod bering. Kislorodli yostiqni ishlatish oksigenoterapiyaning samarali uslubi hisoblanmaydi, chunki u kislorod kelishini dozalashga imkon bermaydi.
8. Bemordan qulay joylashganligi haqida so’rang.
9. Muolaja tugagandan so’ng kateterni chiqarib oling, dezinfeksiya, shilimshiqdan tozalash, sterillashni amalga oshiring.
10. Qo’lingizni yuving.



Download 277.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling