1 mavzu tibbiyot deontologiyasi asoslari. Hozirgi zamon tibbiyotida yatrogeniya, evtanaziya muammolari. Muloqot turlari. Klinika faoliyati bilan tanishish. Davolash muassasalari faoliyatini tashkil etish


Download 277.97 Kb.
bet70/87
Sana28.10.2023
Hajmi277.97 Kb.
#1730647
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   87
Bog'liq
1-курс ЛОТИН ўзбекча КИТОБ тайёр

Jig’ildon qaynashi
Jig’ildon qaynashi, zarda qilish (Lot. pyrosis.) - ko'krak yoki qorinning epigastral sohasi atrofidagi kuydiruvchi harakterdagi og’riqqa, ko'pincha qizilo'ngachga me’da xlorid kislotasini ko’tarilishi va qizilo'ngach silliq mushak spazmı hisobiga vujudga keladi. Sabablari: reflyuks-ezofagit, oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligi, o't yo'llarining kasalliklari, diafragma churralarida bo'lishi mumkin.
Jig’ildon qaynashini yo'qotish uchun bemorga shifokor tomonidan tavsiya etilgan dori-darmon berilib, unga stakan sut, mineral yoki qaynatilgan suv beriladi, uyqu vaqtida karavotning bosh tomoni ko'tariladi.
Ishtaha yo’qolishi
Bemorlarda ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari ko'pincha ishtahaning buzilishiga olib keladi. Ishtaha (lotin appetitio - kuchli istak, xohish) ovqatlanishdan oldin va ovqat bilan bog'liq yoqimli tuyg'uga ataladi. Ishtahaning buzilishining quyidagi turlari mavjud:

  • Ishtahani pasayishi. Me’da sekretsiyasini kamayishi va oshqozonning kislotaligini kamayishi tufayli vujudga keladi. Ishtaha butunlay yo'qolishi anoreksiya deyiladi.

  • Ishtahani oshishi. Ko'pincha oshqozon yarasi, pankreatitda kuzatiladi. Patologik Ishtahani oshishi Bulimiya deyiladi. Bulimiya organik miya kasalligining namoyon bo'lishi mumkin.

  • Ishtahani buzilishi (pikatsizm)- kul, ko'mir, bo'r, ohak, kesaklarni iste'mol qilishga hohishni vujudga kelishi. pikatsizm ovqat markazini funktsional holati o'zgarishlari tufayli vujudga keladi. (masalan, homiladorlik, temir tanqisligi anemiyasi). ishtahani buzilishi ayrim oziq-ovqat masalan go'sht va go'sht ovqatlarga bo’lishi oshqozon saratonida kuzatiladi.

Meteorizm
Meteorizm (yunoncha meteorismos - Yuqoriga Ko'taruvchi) - ovqat hazm qilish traktida ortiqcha gazlar yig'ilishi va ularni chiqarlishini buzilishi. Meteorizm qorinda og'rig, og'irlik hissi kabi namoyon bo'ladi. Gazlar tashqariga chiqqandan keyin bu alomatlar yo'qoladi. Kasal tez-tez gaz chiqarishi bezovta qiladi (kuniga 20-dan ortiq).Kuchaygan ichak peristaltikasida qorinda baland tovushli qurullash paydo bo'ladi.
Meteorizmning asosiy sabablari quyidagicha:
Ichaklarda ko’p gazl hosil qiluvchi mahsulotlarni iste’mol qilish: sut, javdar non, karam, kartoshka, no'xat, loviya va boshqalar.
ovqat hazm qilish trakti kasalliklari - aerophagia, surunkali kolit, disbakterioz, pankreatit, va boshqalar.
Ichak parezi - qorin organlari bo'yicha operatsiyalardan keyin, va og'ir patologiya: insult, tromboz, tutqich tomir va boshq.
meteorizm bilan bezovtalanayotgan bemorlarga birinchi navbatda, parhez tuzatishni o'z ichiga oladi.
Bemorga, kukun yoki tabletka shaklida faollashtirilgan ko'mir, romashka choy, ukrop urug'idan qaynatma 2-3 marta berish.

Download 277.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling