1 mavzu tibbiyot deontologiyasi asoslari. Hozirgi zamon tibbiyotida yatrogeniya, evtanaziya muammolari. Muloqot turlari. Klinika faoliyati bilan tanishish. Davolash muassasalari faoliyatini tashkil etish


Ortiqcha vaznli bemorlar va homilador ayollarning nafas yo’llari to’silib qolganda ko’krak turtkilari bilan birinchi yordam ko’rsatish (bemor hushini yo’qotmagan)


Download 278.01 Kb.
bet51/87
Sana02.12.2023
Hajmi278.01 Kb.
#1780319
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   87
Bog'liq
1-курс ЛОТИН ўзбекча КИТОБ тайёр

Ortiqcha vaznli bemorlar va homilador ayollarning nafas yo’llari to’silib qolganda ko’krak turtkilari bilan birinchi yordam ko’rsatish (bemor hushini yo’qotmagan)

1. Birorta odamni tezlik bilan yordamga chaqiring.


2. Zarar ko’rganning orqasida turib, kaftingizni uning qo’ltig’i tagiga va ko’krak qafasi atrofiga joylashtiring.
3. Qo’lingizni musht qilib, mush-tingizni to’sh suyagining o’rta qismiga joylashtiring.
4. Mushtingizni ikkinchi qo’lingiz bilan ushlab oling.
5. Turtkilarni ko’krak qafasiga nafas yo’llari ochilguncha yoki zarar ko’rgan hushidan ketguncha davom ettiring.


Nafas yo’llari to’silib qolganda birinchi yordam (bemor hushsiz)
1. Tezlik bilan yordam chaqiring.
2. Zarar ko’rganning tepasida tizzangiz bilan turing va qo’lingizni yurakning bilvosita massajida qilgandek joylashtiring.
3. To’sh suyagini 6—10 marta 5—6 sm chuqurlikda bosing; ko’krak suyagiga turtkilar sekin, lekin aniq bo’lishi kerak.
4. Zarar ko’rganning og’zini oching, tilini pastki jag’iga bosib, barmog’ingiz bilan yot jismni olib tashlashga harakat qiling; nafas yo’llarini oching (boshini orqaga qilib, iyagini ko’taring va 2 marta to’liq havo kirgizing.
5. 2—4 bosqichlarni nafas yo’llari ochilguncha yoki yordam yetib kelguncha takrorlang.


Nafas bo’lmaganda birinchi yordam (bemor hushsiz), og’izdan og’izga usuli bo’yicha o’pkalarni sun’iy ventilyatsiya qilish
Zarar ko’rganga yordam berishdan avval quyidagilar lozim:
1. Haqiqatdan ham u bo’g’ilib qolayotganini aniqlash.
2. Nafas yo’llari to’silib qolganligi darajasini aniqlash. Harakatlarning ketma-ketligi:
1. Yordamga chaqiring.
2. Zarar ko’rganni chalqanchasiga yotqizib, qo’llarini biqiniga qo’ying.
3. Boshini orqaga egib, iyagini ko’tarish usulini qo’llab, nafas yo’llarini oching:
- qo’lingizni uning peshanasiga qo’ying.
— ikkinchi kulingizning 2 barmogini pastki jarga iyak yakdniga joylashtiring.
4. Nafas bor-yo’qligini (ko’krak qafasi ko’tarilayotganligi, chiqarilayotgan nafas sezilayotganligini) tekshiring; nafas bo’lmaganda harakatlarning ketma-ketligi quyidagicha:
— zarar ko’rganning burnini yoping, og‘zini katta oching, chuqur nafas oling va og’zingizni uning og’ziga marham qilib qo’ying;
— 5 sek. oralig’ida har birining davomiyligi 1,5—2 sek. bo’lgan 2 marta chuqur nafas kirgizing; ularning orasidagi pauza sizga nafas olish uchun xizmat qiladi;
— zarar ko’rganning ko’krak qafasi havo berilayotgan vaqtda ko’tarilib tushayot-ganligini kuzatib turing;
— bemorning og’zidan nafas chiqayotganini sezing; o’pkalarning sun’iy ventilyatsiyasini 1 daqiqa mobaynida davom ettiring (taxminan 12 ta nafas olish).



Download 278.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling