Bo’g’ilishda birinchi yordam (bo’g’ilish sababiga qarab belgilanadi):
1. Mexanik to’siqni bartaraf qilish zarur, buning uchun barmoq yordamida og’iz va og’iz-halqum ovqat qoldiqlari shilimshiqdan tozalanadi, kirib ketgan til salfetka yoki til ushlagich yordamida chiqarib olinadi.
2. Bo’g’ilishning barcha holatlarida kislorod terapiyasini o’tkazish maqsadga muvofiq.
3. Mustaqil nafas olish harakatlari bo’lmaganda shoshilinch ravishda sun’iy nafas oldirishni boshlash kerak.
Ogohlantirish: nafassiz (kislorod kelmasdan) miya 4—6 daqiqa yashashi mumkin.
Bo’g’ilish xurujlari bilan kechuvchi kasalliklar Bronxiol astma
Bronxial astma — mayda bronxlarning torayishi, shilliq pardasining ko’pchishi va ichiga shilimshiq tiqilishi natijasida vaqt-bevaqt nafas qisishi, bo’g’ilish xurujlari bilan o’tadigan allergik kasallik. Xuruj to’satdan, turli vaqtda paydo bo’ladi, nafas olish qiyinlashadi, xushtaksimon xirillash paydo bo’ladi va u masofadan eshitiladi. Nafas olish tezlashgach, yopishqoq shishasimon, qiyin ko’chuvchi balg’am ajraladi. Bo’g’ilish xuruji bir necha daqiqadan bir necha soatgacha davom etishi mumkin. Juda og’ir hollarda astmatik xolat rivojlanadi, bunda xuruj bir necha kun davom etadi yoki ketma-ket, qisqa oraliqlar bilan kechadi.
Bronxiol astma xurujida birinchi yordam
1. Bemorni tinchlantiring — hissiyotli, hayajon va jismoniy zo’riqish bronxospazmni kuchaytirishi mumkin.
2. Bemorning holati majburiy ravishda deraza, krovat, stul orqasiga tayangan holda o’tirish yoki turishni taqozo etadi, bemorga qulay holatni egallashga yordam bering.
3. Toza havo kirishini ta’minlang, qisib turgan kiyimlarini yeching.
4. Qator hollarda xantal, banka qo’yish va boshqa qo’shimcha muolajalar yaxshi samara beradi.
5. Bronxlarni kengaytirish maqsadida ingalyator yordamida ingalyatsiya o’tkazing.
6. Agar xuruj birinchi marta paydo bo’lgan bo’lsa, shifokorning shoshilinch yordami zarur bo’ladi.
Ogohlantirish: ko’pchilik kuchli hidlar bemorda astma hurujini yuzaga keltirishi mumkin. Bemorni parvarish qiluvchi yoki uni davolashda yordam beruvchi qarinndosh – urug’lar kuchli hidli atir, odekolon, krem va boshqa kosmetik vositalardan voz kechishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |