1 mavzu tibbiyot deontologiyasi asoslari. Hozirgi zamon tibbiyotida yatrogeniya, evtanaziya muammolari. Muloqot turlari. Klinika faoliyati bilan tanishish. Davolash muassasalari faoliyatini tashkil etish


Muolaja. Arterial pulsni tekshirish


Download 278.01 Kb.
bet56/87
Sana02.12.2023
Hajmi278.01 Kb.
#1780319
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   87
Bog'liq
1-курс ЛОТИН ўзбекча КИТОБ тайёр

Muolaja. Arterial pulsni tekshirish
Maksad: yurak ishlashi, arteriya tomirlari urishini aniqlash.
Tayyorlash: bemorga muolajaning mohiyatini tushuntiring, puls aniqlanadigan joyni toping.
Jihozlar: soat (sekundomer), qog’oz, qalam.
Bemorning holati: qulay holatda yotib yoki o’tirib.
Bajarilishi:
Bilak arteriyasida pulsni aniqlash.
1. Bemorning bo’sh qo’yilgan qo’lining bilak arteriyasi sohasiga (yelkaning tashqi tomoni, bilak bo’g’imi chegarasi, bemorning I barmog’iga mos kelgan cheti) o’zingizning II, III, IV barmoqlaringizni qo’ying; barmoq ostida yumshoq pulsatsiyani sezasiz.
2. Pulsning ritmini belgilang; agar puls ritmi bir maromda bo’lsa, aniq vaqt (30 s — 1 min.) ichida puls qisqarishi miqdorini aniqlang; agar puls bir maromda bo’lmasa, puls to’lqinlarining miqdorini bir minutda aniqlang.
3. Pulsning tarangligini tekshiring (ikkala qo’lning, ayniqsa keksa yoshdagi odamlar va homilador ayollarda pulsni aniqlash vaqtida barmoqlarning kuch bilan bosilishini taqqoslang).
4. Natijani yozib, zarur hollarda natijasi haqida bemorga, uning qarindoshlariga, shifokorga xabar bering.
Arterial bosim
Arterial bosim bu tomirlar devoriga tushadigan qon bosimi bo’lib, arterial bosim yurakdan otilib chiqadigan qon miqdoriga, qon oqimiga, umumiy periferik tomirlarning nechog’lik qarshilik ko’rsatishiga, tomirlar devorining elastikligiga bog’liq. Sistolik (maksimal), diastolik (minimal) va puls arterial bosimi farq qilinadi.
Sistolik bosim — arterial sistemada chap qorincha sistolasidan keyin paydo bo’ladigan puls to’lqini maksimal ko’tariladigan vaqtdagi bosim.
Diastolik bosim esa yurak diastolasi oxirida, puls to’lqini tushgan vaqtda yuzaga keladi.
Sistolik va diastolik bosim o’rtasidagi farq puls bosimi deyiladi.
Arterial bosimni aniqlaydigan asboblardan simobli tonometr — Riva-Rochchi apparata eng keng tarqalgan. Shuningdek, prujinali va elektron tonometrlardan ham foydalaniladi.
Arterial bosimni tovushli aniqlash usuli arteriya manjetka bilan qisilganda tovushli fenomenlarni qayd qilishga asoslangan.
Arterial bosim ma’lum soatlarda, yaxshisi ertalab, tushki ovqatgacha, muayyan tana vaziyatida, imkon boricha bir xil havo haroratida o’lchanadi.



Download 278.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling