1 mavzu tibbiyot deontologiyasi asoslari. Hozirgi zamon tibbiyotida yatrogeniya, evtanaziya muammolari. Muloqot turlari. Klinika faoliyati bilan tanishish. Davolash muassasalari faoliyatini tashkil etish


Muolaja. Erkaklarning qovug’ini kateterlash


Download 278.01 Kb.
bet85/87
Sana02.12.2023
Hajmi278.01 Kb.
#1780319
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   87
Bog'liq
1-курс ЛОТИН ўзбекча КИТОБ тайёр

Muolaja. Erkaklarning qovug’ini kateterlash
Ko’rsatmalar: siydikning tutilib qolishi, qovuqni yuvish, qovuqqa dorivor preparatlarni kiritish.
Tayyorgarlik: muolaja ancha ruhiy kiyinchiliklarni tug’dirishi sababli bemorga muolajaning mohiyatini tushuntiring.
Jihozlar: qo’lqop, sterillangan yumshoq kateter, qisqich, antiseptik eritma (0,02 foizli furasilin eritmasi), paxtali tamponlar, lotok — siydikdon, sterillangan glitserin (vazelin moyi).
Bemorning holati: chalqanchasiga yotib, oyoqlar orasi ochiq, tizzalar bukilgan.
Bajarilishi:
1. Qo’lqopni kiying.
2. Chap qo’lning V, IV barmoqlari bilan jinsiy olatning boshchasini oching, I va II barmoqlar bilan siydik chiqarish kanalining tashqi teshigini oching.
3. Antiseptik eritmada ho’llangan paxtali tampon bilan siydik chiqarish kanali atrofini tozalang.
4. Uchi glitserin bilan artilgan kateterni yon teshikdan 5—6 sm masofada qisqich bilan mahkam ushlab olib, kateterning ikkinchi uchini shu qo’lning IV va V barmoqlari bilan ushlang.
5. Kateterni siydik chiqarish kanaliga extiyotlik bilan kiriting. Kateter kiritilgan vaqtda to’siq va noxush his paydo bo’lsa, bemorga tinchlanishni va bo’sh yotishni maslahat bering.
6. Siydik paydo bo’lgandan so’ng kateterning tashqi uchini lotokka tushiring.
7. Siydik chiqarilgandan (yoki siydik chiqarish kanalida boshqa muolaja o’tkazilgandan) so’ng kateterni kanaldan chiqarib oling.
8. Lotokni olib tashlang, qo’lqopni yeching, qo’lingizni yuving, bemorni yotqizib, ustini yopib qo’ying.
9. Kateterni sterillang.


Muolaja. Ayollarning qovug‘ini kateterlash
Ko’rsatmalar: siydik tutilib qolishi, qovuqni yuvish, qovuqqa dorivor preparatlar kiritish.
Tayyorgarlik: muolaja ancha ruhiy qiyinchiliklar tug’dirishi sababli bemorga muolajaning mohiyatini tushuntiring.
Jihozlar: qo’lqop, sterillangan yumshoq kateter, qisqich, antiseptik eritma (0,02 foizli furasilin eritmasi), paxtali tamponlar, siydikdon, sterillangan glitserin (vazelin moyi).
Bemorning holati: chalqanchasiga yotib, oyoqlar orasi ochiq, tizzalari bukilgan. Bajarilishi:
1. Qo’lqopni kiying.
2. Chap qo’lning I va II barmoqlari bilan katta va kichik jinsiy lablarni ochib, siydik chiqarish kanalining tashqi teshigini oching.
3. Antiseptik eritmada ho’llangan paxtali tampon bilan siydik chiqarish kanalining tashqi teshigini tozalang.
4. Uchi glitserin bilan moylangan kateterni qisqich bilan yon teshikdan 5—6 sm masofada ushlang, kateterning ikkinchi uchini shu qo’lning IV va V barmoqlari bilan ushlab oling.
5. Kateterni extiyotlik bilan siydik chiqarish kanaliga 5—7 sm ichkariga kiriting.
6. Kateterning tashqi uchini siydikdonga tushiring.
7. Siydik chiqarilgandan (yoki siydik chiqarish kanalida boshqa muolaja bajarilgandan) so’ng kateterni kanaldan chiqarib oling.
8. Lotokni olib tashlang, qo’lqopni yeching, qo’lingizni yuving, bemorni yotqizib, ustini yoping.
9. Kateterni sterillang.

Download 278.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling