1-mavzu: Til va tafakkur, ularning o’zaro munosabati


-mavzu: Matn turlari. Dialog, monolog matni. Gaplar orasida ma’nodoshlik


Download 451.5 Kb.
bet45/75
Sana18.12.2022
Hajmi451.5 Kb.
#1031427
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   75
Bog'liq
REFERAT - TIL VA TAFAKKUR, ULARNING O’ZARO MUNOSABATI. TIL VA NUTQ. NUTQIY FAOLIYAT KO’RINISHLARI

15-mavzu: Matn turlari. Dialog, monolog matni. Gaplar orasida ma’nodoshlik


Reja:


  1. Matn – mazmunan va grammatik jihatdan shakllangan butunlik.

  2. Dialogik matn.

  3. Monologik matn.

  4. Gaplar orasida ma’nodoshlik.



Mavzuga bog’liq tayanch tushunchalar: matn, dialogik matn, monologik matn, gaplarda ma’nodoshlik.
Ma’lum voqelik haqida tasavvur (ma’lumot) beradigan bir yoki bir necha sintaktik birliklardan tashkil topgan nutqiy butunlik matn hisoblanadi.
Matn og’zaki va yozma nutqqa xos bo’lishidan qat’iy nazar, ikki xil bo’ladi: dialogik va monologik.
Dialogik matn ikki va undan ortiq suhbatdoshning turlicha mazmundagi fikr ba axborot almashinuvidan iborat.
Ikki kishi o’rtasidagi dialogik nutq savol-javob, buyuq-javob, xabar-e’tiroz kabi mazmunlarni ifodalab, fikr xususidagi tasdiq yoki inkorni, ziddiyat yoki munozarani bildiradi. Ko’p kishilik diologlarda suhbat mavzusi savol javoblardan iborat bo’lmay, o’rtada tashlangan savol, taklif, da’vat, biror bir xabar, dalillar bilan xulosalanadi.
Dialogik matn tarkibida so’roq olmoshi, muomala odobiga oid so’z va iboralar, yuklamalar, undovlar, kirish so’zlar keng qo’llaniladi. Bunday matndagi gaplar, asosan, sodda gaplardan tashkil topadi, sodda gaplarning bir tarkibli turlari, to’liqsiz gaplar, so’z-gaplar faol ishlatiladi. Dialogik matn so’zlashuv uslubi va badiiy uslubga xosdir.

I topshiriq. Yuqorida bayon qilingan ma’lumotlar asosida matnni tahlil eting. Tahlilda quyidagilarga e’tibor bering:


- ushbu dialogik matn necha a’zoli;
- matnda ifodalangan fikr;
- matnni shakllantirgan leksik vositalar;
- matn gaplarining tuzilishi;



    • Shu deyman, Toshpo’lat, sen menga bundoq xushomad qilsang-u Xolidaga uylansang nima bo’larkan? – deb hazillashdi Samad. – U mening jiyanim, sen mening do’stim, begonaga uzatgandan ko’ra…

    • Senga xudo bas kelsin, oshna, –dedi G’aybarov. – Esing joyidami yo meni uyingga kelmaydigan qilmoqchimisan?

    • Nega qarindosh bo’lsak yomonmi?

    • Xolida hali yosh-ku?.. – Ma’suma bu gap og’zidan qanday chiqib ketganini payqamay qoldi. Labini tishladi. G’aybarovga zimdan razm soldi: yo’q, og’rinmadi, tusi o’sha-o’sha…

    • Hazil, – deb kuldi Samad. – Darvoqe, Toshpo’lat, ko’pdan beri so’ramoqchi bo’lib yuribman, haliyam Galatepaga ko’milishim shart, deb o’ylaysanmi?

    • Har holda, tug’ilgan joying…

Murod Muhammad Do’st
Tavsifiy matn
Tavsifiy (monologik) matn so’zlochi yoki yozuvchi tomonidan bayon etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxs tasviri, tavsifi yoxud xabar, ma’lumot bayonidir. Maqola, insho ham tavsifiy matnning bir turi sanaladi.
Tavsifiy matn yaratishda uyushiq bo’laklar, ajratilgan gap bo’laklari, atov gaplar, qo’shma gap ko’rinishlaridan keng foydalaniladi.
Tavsifiy matn ilmiy, publitsistik, rasmiy-idoraviy, shuningdek, badiiy uslubga xosdir.
Monologik nutq ko’pincha sahna yoki boshqa adabiy asar ishtirokchilari o’z-o’ziga yoki o’zgalarga qarata so’zlaydilar. Bunday nutq javob talab qilmaydi, Ichki kechinmalarni yuzaga chiqarishda foydalaniladi.


II topshiriq. Iste’dodli adib Oybekning “Qutlug’ qon” asaridagi Yo’lchi o’limidan so’ng aytilgan Shokir otaning monologik nutqini topib, yod oling.



Download 451.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling