1-mavzu: Til va tafakkur, ularning o’zaro munosabati
-mavzu: Aralash murakkab qo`shma gaplar
Download 451.5 Kb.
|
REFERAT - TIL VA TAFAKKUR, ULARNING O’ZARO MUNOSABATI. TIL VA NUTQ. NUTQIY FAOLIYAT KO’RINISHLARI
20-mavzu: Aralash murakkab qo`shma gaplarReja:
Aralash murakkab qo`shma gapning hosil bo`lishi. Aralash murakkab qo`shma gapning o`ziga xos xususiyati. Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar: aralash murakkab qo`shma gap. Tarkibida ergashgan, bog`langan yoki bog`lovchisiz qo`shma gaplar mavjud bo`lgan gaplar aralash murakkab qo`shma gaplar hisoblanadi. 54-mashq. Ko`chiring. Murakkab qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplarni aniqlang. Ularni o`zaro bog`lovchi vositalarni belgilang. 1.Akang armiyadan kelsa, issiqxonani ishga solamiz, lekin sen akangga yordamchilik qilasan. (“Fidokor”) 2. Ko`lga yetib kelsak, birdaniga miltiq gumburladi va suv yuzida pitirlayotgan ikki-uchta o`rdak ko`rindi. ( Mirzo Karim) 3. Shuni unutmangki, sen yer farzandisan va yerni ardoqlash, uni obod qilish sening vazifangdir. (Yo`ldosh Sulaymon) 4. Qiz avval qo`rqdi, otasi uning Sidiqjon bilan so`zlashib turganini emas, boqqa tushganini bilsa ham, jingul ostida pusib yotgan kurk tovuqni ham unutdi. (Abdulla Qahhor) 5. She’r shuning uchun muqaddaski, uning bir vazni ilohoy, bir vazni insoniydir; uning bir satri osmoniy, bir satri zaminiydir. (A.Oripov) 55-mashq. Gaplarni o`qing, murakkab qo`shma gaplarni toping, ularning turlarini belgilang. 1. Har kimning zari bo`lmasa-da, ammo hunari bo`lsa, dunyoda hech bir xavf-u xatar bo`lmaydi, shuning uchun kishi hunar ziynati bilan bezanmog`i lozim. Bilingki, hunarsiz kishi quruq savlatdir, quruq savlat esa qotib turgan suratga o`xshaydi. Daraxt shoxi mevasiz bo`lsa, uning o`tindan nima farqi bor. Sen abujahl (yovvoyi) tarvuzini ko`r, shirin tarvuz kabi chiroylidir, ammo achchiq bo`lgani uchun zarracha qiymati yo`q. (Muhammad Javhar Zamindor) 56-mashq. Ko`chiring. Murakkab qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplarni aniqlang. Sodda gaplarning bir-biriga bog`lovchi vositalarini ayting. 1. Keyinroq ham ko`zimiz tushib turardi, biroq endi u shunday bir yuksaklikda va qamrovi shu qadar keng ediki, bu kengliklar bizga o`xshash jo`n odamlarning shuuriga sig`masdi. (Murod Muhammad Do`st) 2. Bilmaydiki, ishining chatog`i chiqqanida Chorshanbi emas, uning o`zi qochib ketadi, Chorshanbi qurg`ur tagiga suv ketishi bilan mening yonimga yugurib keladi, men uni qutqarib olaman, ikki o`rtada Suyarqul ukamizning qurbon bo`lgani qoladi. (Murod Muhammad Do`st) 3. Uni tanib olish qiyin edi, chunki yelkalari kengaygandi, qiyofasi ancha keskinlashgandi va katta ko`zlari dumaloq shakl olgan edi. (Oybek) 4. Agar kishi o`z hirslaridan ustun tura olsa, u o`zidagi bor nuqsonlarni yo`q qiladi va ular yaxshi sifatlarga aylanadi. (Beruniy) Download 451.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling