Diplomsiz ziyoli


Download 0.51 Mb.
bet1/52
Sana17.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1522625
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Bog'liq
Эшонов Чоршанбе 1960


DIPLOMSIZ ZIYOLI
Eshonov Chorshanbi
(1960-1998)
Eshonov Chorshanbi ham shu zaminda unib-o’sdi. U o’ta shirinsuxan, mehribon va mehnatkash inson edi. O’rta maxsus ma’lumotli kishilar ham saviya bobida oliy ma’lumotlini ortda qoldirishiga yorqin misol edi u. Chorshanbi diplom odamni saviyali qilib qo’ymasligini, hammasi insonning tafakkuriga bog’liq ekanligini yaxshi anglagan edi. U Eshonqulova Malika bilan osuda hayot kechirib, Robiya va Ro’zioyni kamolga yetkazdi.


ILDIZI DARBANDDA EDI…
Esonqulov Shamsiddin
(1960-1996)
Shamsiddin Termiz shahrida tug‘ildi. Lekin uning ildizi Darbandda edi. Ota yurt degan gaplar bejiz emas. U 1986 yil Darband qishlog’iga borib ota-bobosi uyini buzib qayta qurayotgan paytida to’satdan vafot etdi. Ammo uning rafiqasi Safiyabonu 24 yoshida beva qolsa-da, boshqa turmush qilmasdan 3 farzandni voyaga yetkazdi. Biz mehru-muhabbat va sadoqat timsoli bo’lgan onaxonga ta’zim qilib uzoq umr tilaymiz. Shamsiddindan Sherzod, Shahlo, Abdusattor ismli farzandlar qoldi.


YANA OZROQ SABR QILSANG…
Ko’charov Abdullo
(1960-2020)
Abdullo Sho’rchi tumanidagi Hurriyat mahallasida dunyoga keldi. U o‘rta maktabni tahsilidan so’ng sotuvchilik kursini tugatib, umrining oxirigacha savdo xodimi bo’lib ishladi. Bu sohada halolligi bilan odamlarga namuna bo’ldi. Aksariyat odamlar g’irromliksiz biron narsani uddalash, yaxshi yashash mumkin emas, degan turg’un fikrda qolib ketgan. Lekin Abdullo bu qarashlarni parcha-parcha qilib yubordi. U tarozidan urmay turib ham, noinsoflik qilmay turib ham boyish mumkinligini hayot yo’li bilan isbotladi. Albatta, bu yo’lning halovatiga yarasha mashaqqati ham bor. Buni Abdullo singari sabrli odamlar eplaydi. U “Yana ozroq sabr qilsang, g’irromlik qilishingga ham hojat qolmay ishing o’nglanib ketardi”, deb yurardi nuqul. Rafiqasi:Raimnazarova Uldona. Farzandlari: Anitjon, Alijon, Nigina, Raimjon. Hamesha yaxshilikka intilib halol pok yashagan hamqishlog’imiz xotirasi qalbimizda mangu saqlanadi.



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling