Diplomsiz ziyoli


Download 0.51 Mb.
bet2/52
Sana17.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1522625
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Bog'liq
Эшонов Чоршанбе 1960

ENG OG‘IR SINOV
Boboev Bolta
(1960-1986)
Bu dunyodan inson nishonsiz o’tmasin ekan. Biroq banda ne qilsin? U erishayotgandek tuyulgan hamma narsani xudo uning harakatlariga berayotgn baho ekanligini qayerdan bilsin? Biroq hammasi Allohning ishi.
Bu hamqishlog’imiz Muzrabot tumanida tug’iladi. O’rta maktabni tamomlagach, xo’jalikda ishchi, brigadir bo’lib ishlab, mehnatsevarligi, ishchanligi bois tezda xalq nazariga tushdi. So’zimiz boshida taqdir azal haqida gap ochishimizning bosi shuki, u oila qurdi, ammo farzand nasib qilmadi. Balki shu musibat uni yeb bitirgandir. Uning umri u hali navqiron paytida xazon bo’ldi.

BILIMDON, OILAPARVAR, KECHIRIMLI…


Hamroqulova Gulnora
(1960-2000)
Gulnora Denov tumanida tug’ildi. Qizlar odatda a’lochi bo’lishadi. U o’rta maktabni a’lo baholar bilan tamomlab, Tojikiston Davlat Universitetnining matematika fakultetida tahsil oldi. So’ng Termiz shahridagi 9 sonli maktabda o’qituvchilik qildi. U bilimdon, oilaparvar, eng muhimi, kechirimli ayol edi. Gunnora turmush o’rtog’i Hamroqulov Nurali bilan Sherzod, Gulnoza, Mohinur, Shohrux ismli farzandlarni kamolga yetkazdi.


SHUNDAY OILA BOR EDI…
Xolmirzoev Norqul
(1960-2016)
Xolmirzoeva Muyassar
(1961-2017)
Bu hamqishloqlarimiz Darbandda tug’ilib-o’sishdi. Norqul o’rta maktabni tamomlagach, Termiz kooperativ texnikumiga o’qishga kirdi. Bu texnikumni ham muvaffaqiyatli tugatib savdo sohasida ish boshlaydi. Umrining so’nggi yillarida Yubileyniy bozor ma’muriyatida ishlab, 1983 yil hamqishlog’imiz Muyassarga uylanib, komil farzandlarni voyaga yetkazdi. Ayoli Muyassar ham uy bekasi sifatida farzandlar tarbiyasiga jiddiy qaragan, bo’sh vaqtlarida turmush o’rtog’iga yordam qilardi.
Bu oila ahil-ittifoq yashadi. Namunali oila sifatida farzandlarini uyli-joyli qilishga, ularga kasb o’rgatishga erishdi. Farzandlari ham viloyatda turli sohalarda ishlamoqda. Norqul va Muyasardan Zarina, Suxrob, Sanjar, Karomat ismli farzandlar qoldi.

HAR TO’KISDA BIR AYB…”



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling