Diplomsiz ziyoli
Download 0.51 Mb.
|
Эшонов Чоршанбе 1960
- Bu sahifa navigatsiya:
- MULOHAZALI AYOL Bo’riqulova Zaynab (1965-2000)
- UCHOLMAGAN BOLALAR
Safarqulov Haydar
(1964-1997) Haydar Darband qishlog’idagi Bozorsoy guzarida tug’ildi. U o’rta maktabni tamomlagach, Toshkent politexnika institutida tahsil oldi. Institutdagi har bir kunidan oqilona foydalandi. O’qishni tugatgach, Termizga qaytdi. Bu yerdagi harbiy qismlardan biriga ishga kirib, o’z burchini ado etayotgan payt fojiali halok bo’ldi. Har kim so’nggi nafasini har xil oladi. Kimdir mol-dunyosidan alag’da bo’lib, kimdir mehrga ilhaq bo’lib. Haydar so’nggi nafasini vatan uchun oldi, so’nggi lahzasini vatan uchun yashadi. Undan zurriyot qolmadi. Hayot shu qadar rang-barangki, bir qarashda vorislarimiz bizning dunyoda nomimiz qolishini ta’minlayotgandek tuyuladi. Kimdadir esa vaziyat boshqacha. Vorislari bo’la turib ham unutilgan isnonlar qancha? Demak, dunyoda hatto farzandsiz o’tib ham nom qoldirish mumkin. Bu yaxshi amallar, buyuk xizmatlar orqali ham amalga oshishi mumkin. Haydar ana shunday insonlardan edi. Shuncha yildan beri biz uni o’n farzandning otasi bo’lganlardan ko’ra ko’proq eslayapmiz. To’g’ri, uning ismi familiya bo’lib qolmadi. Lekin u vatan bayrog’ida, hayotning boshqa burchaklarida o’z imzosini qoldirdi. Uning hayot yo’li, nomi pasportning bir burchagida aqyde etilish doirasidan chiqib ketdi. Unhing umr yo’li ana shunday bepoyon edi. MULOHAZALI AYOL Bo’riqulova Zaynab (1965-2000) Zaynab Qumqo’rg’on tumanida tug’ilib o’sdi. U yoshligidan mulohazali, bilimli bo’lib voyaga yetdi. Hamqishilog’imizga turmushga chiqib namunali oila barpo etdi. U mehnatkash, hunarmand ayol sifatida xalqimizning hurmatiga sazovor bo’ldi. Ayollar deyarli mulohaza qila olmaydi. Lekin bu ayol xuddi erkalar kabi xotirjam, mulohazalai ayol edi. Turmush o’rtog’i Bo’riqulov Asatillo bilan yakkayu yagona dilbandi Zeboni kamolga yetkazdi. UCHOLMAGAN BOLALAR Bekmurodov Abduqahhor (1965-1994) Abduqahhor Darbandning Sangchil mahallasida dunyoga keldi. Otasi Hayit Bekmurodov haydovchi edi. Abduqahhor yoshligidan o’qituvchi bo’lishni orzu qilardi. Faqat orzu qilish yetarli emasligini ham bilardi. Shu boisdan o’rta maktabni a’lo baholar bilan tugatgach, Tojikiston oliygohining geografiya fakultetiga o’qishga kirdi. Oliygohni muvaffaqiyatli tamomlab, 4 yil Darband qishlog’idagi 10 o’rta maktabda o’qituvchilik qildi. Uning ko’ksi to’la orzu edi. O’quvchilarini ilm ufqlarida, xayolot dunyosida parvoz qildirishni, bolalarni hayotning har xil ikir-chikirlaridan yuksaklarga olib chiqib ketishni istardi. Biroq bu parvoz ular endigina havoga ko’tarilayotganida to’xtadi. Yosh o’qituvchi avtohalokat tufayli hayotdan bevaqt ko’z yumdi. U rafiqasi Allayorova Moma bilan Muhayyo, Ma’rifat ismli farzandlarini ma’rifatli qilib ulg’aytirayotgan vaqtida hyot bilan vidolashdi. Bilimdon, xushmuomala, samimiy, qalbi ezgu orzular bilan limmo-lim bo’lgan hamqishlog’imiz aslo unutilmaydi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling