Diplomsiz ziyoli


HAM YAXSHI HAYDOVCHI, HAM YAXSHI INSON


Download 0.51 Mb.
bet22/52
Sana17.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1522625
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   52
Bog'liq
Эшонов Чоршанбе 1960

HAM YAXSHI HAYDOVCHI, HAM YAXSHI INSON
Jumaqulov Komil
(1967-2021)
Komil Muzrabot tumanining Yangiobod massivida tug’ildi. O’rta maktabni tamomlab haydovchilik kursida o’qib haydovchilik guvohnomasini olib butun umri davomida yuk mashinasini boshqardi. Barcha yaxshi xislatlari bilan tengdoshlari va safdoshlari orasida yaxshi inson, yaxshi haydovchi sifatida e’tirof etilgan. Namunali oila barpo etib solih farzandlarni voyaga yetkazdi. U Zayniddinova Ibodatga uylanib, farzandlari: Feruz, Dilrabo, Dilbar, Iroda, Farzona, Farangizlarni kamolga yetkazdi.
SHERALINING ARMONLARI
Azizov Sherali
(1967-1997)
Sherali Muzrabot tumanining Turkiston shirkat xo’jaligida dunyoga keldi. O’rta maktabni tahsilidan so’ng 1985-1992 yillarda Tojikiston oliygohining matematika fakultetetida o’qidi. So’ng bir muddat Muzrabotdagi texnikumda o’qituvchi bo’lib ishlab, keyincalik tijorat-tadbirkorlik bilan shug’ullanadi. U rafiqasi Manzura bilan farzanlari: Sabina, Mahina, Abdusattorlarni komil inson qilib tarbiyalamoqchi edi. Afsuki, uning rejalari o’zi bilan ketdi. Sherali 1997 yilda 30 yoshida texnika falokati tufayli fojiali halok bo’ldi.

ISHBILARMON YOSHLARDAN EDI…


Safarqulov Sarboz
(1967-1995)
Sarboz Darband qishlog’ida tug’ildi. Uning otasi Ibrohim Ma’murov o’qituvchi bo’lgan. Onasi Orzuxol Rahimova uy bekasi edi. Sardor o’rta maktabni tamomlab Toshkent pedagogika oliygohi talabasi edi. U ishbilarmon, faol yoshlardan edi. Ammo u 1995 yilda ehtiyotsizlik tufayli hayot bilan erta vidolashdi. Undan Mohigul, Shohruh, Shahboz ismli farzandlar qoldi.

ENG GULLAGAN YOSHLIK CHOG‘IMDA…”


Tog’aeva Malohat
(1967-1989)
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Darband qabristonida edim. Ota-onam qabrlarini ziyorat etgach, do’stlar bilan hamqishloqlarning qabrlarini ziyorat etdik. Katta yodgorlik toshi o’rnatilgan qabr teppasida bir ayol ichki bir dard-alam bilan unsiz yig’layotgan edi. Borib avval yodgorlikka razm soldim... Onaxon bilan so’rashdim. U esa javoban: -Suyar kelinim edi bu marhuma,-dedi-da boshqa gapirolmadi... Ha, Malohat hamqishlog’imiz Rashid Sherqulovga turmushga chiqib ikkita farzand ko’rdi. U kasallik tufayli 22 yoshida bevaqt hayotni tark etdi. Hamqishlog’imizning bevaqt vafoti dillarga g’am-anduh urug’ini sochdi. Chunki Malohat yetuk ziyoli oilada voyaga yetdi. O’rta maktabni a’lo baholar bilan tugatib, Tojikiston pedagogika institutiga hujjat topshirib, talabalik baxtiga muyassar bo’ldi. Ammo na chora, umr ekan. Ayni eng gullagan yoshlik chog’ida o’lim uni o’z bag’riga oldi.
Ota onasi uchun bu g’am-anduh og’ir edi. Ammo dinu diyonatga yaqin bo’lgan bu oila taqdirning beshafqat ko’rguligini sabr-toqat bilan qarshi oldi. Malohatdan Nigina va Farrux yodgor bo’lib qoldi.



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling