Diplomsiz ziyoli
Download 0.51 Mb.
|
Эшонов Чоршанбе 1960
- Bu sahifa navigatsiya:
- KENJA SHOIRNING UKASI NODIR QOZIEV (1964-2020)
BUYUKLIKNING OSTONASI
Elbekov Norqul (1965-1996) Qisqa umr ko’rib ham el nazariga tushish bu umrboqiylikdir. Hamqishlog’imiz Norqul Elbekov shunday insonlardan edi. Norqul Darbandda Qizilqishloq massivida tug’ildi. O’rta maktabni tugatgandan so’ng Termiz shahriga kelib ishladi. Oddiy haydovchilik kasbi bilan shug’ullanib ham el-yurti uchun fidoyilik ko’rsatdi. Uning umri katta ishlar qilish uchun katta ishlarda ishlash shart emasigining yorqin isbotidir. Vatanparvar yoki insonparvarlarning hammasi chegarani qo’riqlashda yoki hashamatli ofislarda turmasligini yaxshi anglab yetgan edi. Savob va buyuk ishlar qilish imkoniyati barcha kasbda, barcha insonda mavjud ekanligini teran his etardi. Qahramonlarning hammasi televizorda ko’rinavermaydi. Ular oramizda yurgan bo’lishi ham mumkin. Ana shunday ko’rinmas qahramonlardan biri Norqul edi. U yo’lovchining hayotini juda muqaddas deb bilardi. Buyuklikning ostonasi ana shunday bir qarashda ko’zga ko’rinmas belgilardan boshlanadi. Bugungi kunimiz uchun bu avliyolik hisoblanadi. Piyodaning ustiga mashina haydab yuboradigan son-sanoqsiz haydovchilarni ko’rganimda Norqulning o’sha oddiy ishlari ham buyuklik maqomiga ko’tariladi. U oilada ham, ishda ham quvnoq edi. Rafiqasi Hafizova Salomat bilan osuda hayot kechirib, Hilola va Umidilloni kamolga yetkazayotgan paytida, ayni navqiron yoshida vafot etdi. KENJA SHOIRNING UKASI NODIR QOZIEV (1964-2020) Qozizodalar sulolasining kenja vakili bo’lgan Nodirjon Darband qishlog’ida tavallud topib, o’z bilimi, g’ayrati bilan Tojikiston universitetining iqtisodiyot fakultetiga o’qishga kirib uni muvaffaqiyatli tamomladi. U 1990 yilda Termiz shahriga kelib bir muddat turli tashkilotlarda ishladi. Shundan so’ng u Termiz shahridagi Soliq idorasida sharaf bilan ishladi. Bu yerda qisqa muddatda rahbariyat nazariga tushdi. O’sha yillari soliq idorasida turli lavozimlarda ishlab yurdi. Keyinchalik xususiy qurilish firmasini tashkil etib, Termiz shahrini obodonlashtirishda faol ishtirok etib, quruvchi muhandis sifatida Termiz shahridagi bunyodkorlik ishlarini rivojlantirishga munosib hissa qo’shdi. U viloyatning turli tumanlarida qurilish ishlarini olib bordi. Tez orada hokimiyat nazariga tushib mohir bunyodkor sifatida xalqimizga tanildi. Eng muhimi, N. Qoziev kam ta’minlangan insonlarga yordam berish, savobli ishlarni amalga oshirishda kamarbasta edi. Hamqishloqlarning to’yu ma’rakalarida ishtirok etib, Darband qishlog’idagi qabriston yo’llarini ta’mirlash, tosh yotqizish, asfalt qilish ishlariga munosib ulush qo’shdi. Nodir Qoziev adabiyotni sevardi, akasi marhum shoir Izatillo Kenja she’rlarini yoddan aytib berardi. She’riyatni mukammal tushunishga harakat qilar edi. U shoir yozuvchilarning hurmatini joyiga qo’yib, ularga qo’lidan kelgancha yordam berar edi. Surxondaryoda tojik milliy markazining faol a’zosi edi. Bir necha marotaba do’stlik tadbirlarida ishtirok etib ularni qo’llab-quvvatlagan edi. Shoir-yozuvchilarning kitoblarini chop etishga yordam berardi. Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishga intilgan hamqishlog’imizning yoru do’stlari ko’p edi. Ularga xizmat qilishga, do’stlik rishtalarini mustahkamlashga harakat qilar edi. U rafiqasi To’raeva Zebunisobilan farzandlari: Mohina, Bahodir, Behzodlarni kamolga yetkazdi. Ammo bevaqt o’lim uni oramizdan erta olib ketdi. Ushbu she’rni do’stimiz xotirasiga bag’ishladim: Chambulida bahor keladi, Izzatiyga uka edi u, Nodir Qozi kelmaydi endi. Ne’mat aka qalbida qayg’u, Qaytib bahor yuz bor keladi. Uni yodi dillarda mangu, Nodir Qozi kelmaydi endi. Nodir Qozi kelmaydi endi. Sadoqatli edi bemisol, Qurgan bino uy-joyi qoldi, Yurar edi xushro’yu xushhol, Piyolada non choyi qoldi, U hayotda yashadi halol , Yaxshi degan bir nomi qoldi, Nodir Qozi kelmaydi endi. Nodir Qozi kelmaydi endi Ekan o’zi dunyosi bir kam, Tog’dek edi undagi bardosh, So’ngi so’zin aytolmadi ham, Do’stlariga edi u sirdosh, Darband eli ko’zlarida nam, Topolmayman unday so’hbatdosh, Nodir qozi kelmaydi endi. Nodir Qozi kelmaydi endi. Tashlab ishqu kasbu korini, Endi shamol uni sirdoshi, Zebuniso dilu jonini, Sog’inadi yoru kasbdoshi, Erkalamas endi yorini, Farzandlari uni izdoshi, Nodir Qozi kelmaydi endi. Nodir Qozi kelmaydi endi. Ko’p yig’lamang go’zal qizlari, Dil qalbidan chiqdi bu sado, Sizga qoldi qoshu ko’zlari, Dedim bo’lsin arvohi rizo, Qani o’sha shirin so’zlari, Tilovat qil Iskandar Mirzo, Nodir Qozi kelmaydi endi. Nodir Qozi kelmaydi endi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling