Diplomsiz ziyoli
Download 0.51 Mb.
|
Эшонов Чоршанбе 1960
- Bu sahifa navigatsiya:
- CHORSHANBINING MISSIYASI
mulla Shamsiddin Aminov
(1964-1994) Shamsiddin Darbandning Oqmachit mahallasidagi boy va nomdor cho’pon Aminboy xonadonida tug’ildi. U yoshlikdan dinu diyonatga havasmand bo’lib, ilk saboqlarni qishloqning fozil mullalaridan oldi. Bir necha yil Toshkent madrasalarida ta’lim olib so’ngra qishloqqa kelgan. Diniy diplom sohibi bo’lgan hamqishlog’imiz, xususan, muqaddas kitob “Qur’on”ni yoddan bilardi. Fozil inson edi. 1990-1994 yillarda qishloqning peshqadam mullalaridan edi. Afsus va nadomatlar bo’lsinki, ayni navqiron 30 yoshida texnika falokati tufayli hayotdan bevaqt ko’z yumdi. Undan 3 nafar farzand yodgor qoldi. Hamqishloqlar hali hanuzgacha Mulla Shamsiddinning bilimdonligi, qobiliyati va shirali qiraoatini yoddan chiqarganlari yo’q. Hatto harbiy xizmatga safarbar etilganda ham qo’rqmasdan shijoat bilan ikki yil Qur’on kitobini qo’lda ko’tarib yurib mutolaa qilib “Qur’on”ni yodlagan. Mulla Shamsiddin Shodaxo’jagi urug’idan edi. U rafiqasi Jumaeva Zulayxo bilan Zarxol, Nasiba, Chinnixol ismli farzandlarni ulg’aytirdi. CHORSHANBINING MISSIYASI Gulbekov Chorshanbi (1964-2020) Darband qishlog’ida tug’ilgan hamqishlog’imiz qishloq maktabini muvaffaqiyatli tugatgach, Dushanbe shahridagi Politexnika Oliygohiga o’qishga kirib muhandislik fakultetini tamomlagan. 1993 yildan boshlab Termiz shahridagi turli qurilish tashkilotlarida ishladi. Ammo uning o’z orzulari, o’z misssiyasi bor edi. Shu tufayli o’zi alohida xususiy qurilish firmasini ochib quruvchilik bilan shug’ullana boshladi. Bu davrda u bunyodkorligi, puxta loyihalari bilan tez orada hokimning e’tiborini tortdi va hamqishlog’imiz Termiz shahar hududida ko’p qavatli binolarni qurish, davlat muassasalarini qurishda faollik ko’rsatdi. Bu ijobiy ishlari bois hattoki boshqa viloyatlarda ham qurilish ishlarini olib borishga erishdi. U rafiqasi Chorshanbieva Salomat bilan farzandlari: Muhiba, Sohiba, Doston, Suxroblarni kamolga yetkazdi. Ch. Gulbekov xalqimiz orasida o’zining saxovatpeshaligi, odamshavandaligi bilan xalqimizning alohida e’zoziga loyiq insonlardan biri edi. Kam ta’minlangan oilalarga yordam berish, ma’rifatli insonlarni qo’llab-quvvatlash, shoir -yozuvchilarning kitoblarini chop etishda ko’mak berardi. Har qanday vaziyatda tezda yetib borib, hamqishloqlarning to’yu ma’rakalarida bosh-qosh bo’lib yurgan hamqishlog’imiz hayot bilan erta vidolashdi. Kasallik yosh, navqiron vaqtida uni oramizdan olib ketdi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling