Diplomsiz ziyoli
Download 0.51 Mb.
|
Эшонов Чоршанбе 1960
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOQIY TABASSUM Mahmadqulova Farida (1969-1994)
- NOMA’LUM USTA
- TANIQLI” KAMAZ
Mehrojov Davron
(1968-1996) Davron Darbandning Qapchig’ay qishlog’ida tug’ildi. O’rta maktabni tamomlab Tojikiston davlat universitetining mexanika-matematika fakultetida o’qidi. U harbiy xizmatdan so’ng Termiz shahridagi “Qaldirg’och” savdo markazida ishladi. Savdo markazida u o’zining ijodkorligi, xushmuomalaligi bilan ajralib turardi. Markazdagilar uning qo’polligini ko’rmagan. Ishbilarmon hamqishlog’imiz ham bu hayotni erta tark etdi. Ammo shu sanoqli yillarda rafiqasi Allayorova Muborak bilan yolg’iz jigarbandi Dalerni dunyoga keltirishdi. Demak, u hayotda o’zidan nom-nishon, iz qoldirishga ulgurdi. BOQIY TABASSUM Mahmadqulova Farida (1969-1994) Hayotni juda erta tark etgan hamqishlog’imiz Muzrabot tumani Yangiobod massivida tug’ilgan edi. Yoshligida chaqqon, sho’x-shodon qiz sifatida maktabda a’lo baholar bilan o’qidi. Uning vafoti qarindosh-urug’ ota-ona qalbini larzaga soldi. Biroq nima ham deymiz. Ajal haq. Ammo uni bilganlarning quloqlari tagida uning shodon kulgisi hamon yangrab turgandek bo’laveradi. NOMA’LUM USTA Boboev Davron (1969-2021) U na olim edi va na mashhur zot, Ammo dunyo bilan bir edi dardi. U ham boshqalardek kechirib hayot Shoshib ishga borib sekin qaytardi. ORIPOV) Davron Muzrabot tumanida tug’ildi. U o’rta maktabni tugatgach, ustachilik bilan shug’ullandi. Har bir ishlagan joyida o’zining ishchanligini namoyon etib, ishlarni sifatli bajarishga harakat qilgan. Afsuski, oilasi va farzandlari haqida ma’lumot yo’q. “TANIQLI” KAMAZ Raximov Yo’ldosh (1969-2006) Yo’ldosh Termiz shahrida tug’ildi. U bilimdon, uddabaron yoshlardan edi. O’rta maktabni tamomlab, Termiz texnikumida tahsil oladi. O’rta maxsus ma’lumotga ega bo’lgach, haydovchilik kursida ham o’qiydi. Bir muddat turli sohalarda ishlab, keyinchalik Kamaz haydovchisi sifatida tanildi. Uning kamazini odamlar yaxshi tanib qolgan edi. Uzoqdan ko’rinishi bilan “Yo’ldosh kelyapti” deyishardi. Har bir topshiriqni vijodonan bajarishga odatlangan Yo’ldosh hamqishloqlar orasida mehnatkash, qiyinchiliklarni sabot bilan yengib o’tgan inson sifatida yod etiladi. U Raxmonova Feruzaga uylanib Zarina, Sanjar, Abduraxim ismli farzandlarni kamolga yetkazdi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling