Diplomsiz ziyoli
Download 0.51 Mb.
|
Эшонов Чоршанбе 1960
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOLALARGA QANDAY OTA KERAK
OTA-ONA ISTAGANIDEK…
Gadayshaeva Mavluda (1972-2013) Mavluda Oltinsoy tumanida tug’ildi. U 1991-1995 yillarda Termiz davlat universitetining ona tili va adabiyot fakultetiga tehsil olib, uni muvaffaqiyatli tugatdi. Mavluda 1998 yildan boshlab Termiz shahridagi 12 maktabda o’qituvchi bo’lib ishladi. Abdurahmon boboning barcha farzandlari bilimli, aql-zakovatli, ilm-ma’rifatga chanqoq bo’lib voyaga yetishdi. Hamma farzandlari oliy ma’lumotli bo’lib turli sohalarda ishlamoqda. Mavluda ham ota-onasi istagan fidoyi o’qituvchi sifatida 12 maktab pedagogik jamoasida hurmat-ehtiromga sazovor o’qituvchilardan biri edi. U Darband qabristoniga dafn etildi. Ammo shu qisqa umrida turmush o’rtog’i Gadayshaev Zafar bilan farzandlari: Po’lat va Sitorani oqil farzand qilib tarbiyaladi. BOLALARGA QANDAY OTA KERAK? Gadayshaev Mahmud (1973-2020) Hayotda shunday insonlar bo’ladiki, qisqa umri davomida adabiyotga, fanga o’zining salmoqli hissasini qo’shib, tarixda yaxshilik bilan nom qoldirishga ulguradi. Uning qobiliyati, iste’dodi kishilarni hayratga soladi. Ilm-fanning cheksiz ekanligi va bu bepoyon dengizdan bir chimdim duru marjon olib chiqishni orzu qilgan va bunga yetishgan inson ham baxtlidir. Ilm-ma’rifatni qadrlab, iqtidori, salohiyatini o’z vaqtida anglab, faqat ilm o’rganishni maqsad qilgan, olim bo’lish uchun tinmay izlanish va maqsadga yetishni ko’zlagan hamqishlog’imiz Mahmud Gadayshoev ham ana shunday insonlardan biri edi. U Sho’rchi (hozirgi Oltinsoy) tumanida tug’ildi. Tumandagi 31 sonli maktabni tamomlab, 1990-1995 yillarda Tojikiston aagrar universitetining “Buxgalteriya hisobi, nazorat va xo’jalik faoliyati tahlili” fakultetida o’qidi. U 1996-1997 yillarda Termiz davlat universitetining “Menejment va tadbirkorlik” kafedrasida o’quv labaratoriya mudiri, kafedra o’qituvchisi hamda katta o’qituvchi lavozimlarida ishladi. 1997-2000 yillarda esa moliya menejment fakultetida dekan o’rinbosari, 2000 yildan TERDU qoshidagi Moliya menejment o’quv-maslahat markazi direktori va moliya kafedrasi katta o’qituvchisi lavozimida ishlagan. U 2012 yilda ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti dekani, Moliya kafedrasi mudiri lavozimlarida mehnat qildi. Ustoz 2017-2018 yillarda Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filialida direktor o’rinbosari, 2018 yildan TERDU iqtisodiyot va turizm fakulteti dekani vazifasini bajardi. M. Gadayshaev har bir ishlagan joyida o’zining tashabbuskorligi, ulkan salohiyat sohibi ekanligini namoyon qildi. Professor Olim Hamroev ilmiy rahbarligida 11 yillik mehnati mahsuli “Bozor muvozanati va uni ta’minlash mexanizmi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Olimning hayotlik chog’larida 1ta monografiya, 4o’quv qo’llanma, 10 ma’ruza matni, 120 tadan ortiq ilmiy maqolalari (shu jumladan, 10 tasi xorijda chop etilgan ilmiy-amaliy risola, monografiya, maqolalar) chop etildi. U iqtisodiyot fanida izchillik bilan ish olib brogan edi. Germaniya, Fransiya, Niderlandiya, Turkiya, Yaponiya, Rossiya, Latviya, Ukraina davlatlarining yetakchi universitetlarida malaka oshirgan edi. Ustoz viloyatimizning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotiga hissa qo’shib, yoshlarni iqtisod sohasida o’qitishni tubdan tashkil qilishga erishgan va samarali ish olib brogan edi. Bilimdon yoshlarning faoliyatini targ’ibot etish, ularning ilm -ma’rifatini oshirishga astoydil harakat qilar edi. Oliy o’quv yurtlari professor-o’qituvchilari, akademiklari hammuallifligida bir necha kitoblari chop etildi. U Termizda dafn etildi. Mahmud rafiqasi Begmatova Dilafro’z bilan baxtli umr kechirdi va Zarina, Parviz, Abdulazizlarni barkamol qilib o’stirdi. U farzandlaariga ziyoli ota sifatida tarbiya berdi. Har bir bolaga madaniyatli, ziyoli ota kerak, axir. U buni qoyilmqom bajardi. U Termiz davlat universitetining faxriy professori unvoni hamda O’zbekiston mustaqilligining 20 yillik ko’krak nishoni bilan tiqdirlandi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling