Diplomsiz ziyoli
Kalonboev Zoyir (Xoliyor) 1979-2016
Download 0.51 Mb.
|
Эшонов Чоршанбе 1960
- Bu sahifa navigatsiya:
- UNDAN YAXSHI NOM QOLDI…
Kalonboev Zoyir (Xoliyor) 1979-2016
Zoyir Muzrabot tumanining Yangiobod massivida dunyoga keldi. U o’rta maktabni tamomlab Sovetobod qurilish texnikumiga o’qishga kirib o’qidi. Keyinchalik quruvchilik kasbi bilan shug’ullandi. “Yurgan daryo”, deydi donolar. U bir necha bor chet ellarga borib ishlab kelgan edi. U ham daryo edi. Bu daryo loyqalanmadi. Chet eldagi hayoti, sohibjamol ayollar uning mustahkam e’tiqodiga zarba berolmadi. Oilasiga bo’lgan e’tiqodi butunligicha qoldi, bundan tashqari, aka ukalari bilan ahil-inoq yashadi. Bu esa insonning o’zgarmaganligini baholashda asosiy mezondir. Kamsuxan, mehnatkash bo’lgan Zoyir oila qurib shirin-shakar farzandlarini voyaga yetkazgan. Rafiqasi Eshonova Tojiniso. Farzandlari: Komron, Mohro’za, Orzumand. Tabiatan og’ir-bosiq mehnatkash bo’lgan hamqishlog’imiz yodi qalblarimizda mangu saqlanadi. UNDAN YAXSHI NOM QOLDI… Aminov Xayriddin (1979-2000) Yusuf akaning o’ninchi farzandi bo’lgan Xayriddin Termiz shahriga tug’ildi. U birinchi sinfga borganidayoq o’zining yaxshi xulq-atvori, bilimga chanqoqligini namoyon etdi. Tez orada ustozlar nazariga tushdi. Keyinchalik maktabni a’lo baholar bilan bitirgan Xayriddin 7 sinfga o’tganida din ilmini puxta o’rganishga kirishdi. Denov tumanidagi taqvodor inson Sadriddinxondan din ta’limotini mukammal o’rgandi. Shundan so’ng el-yurt uchun sharafli xizmat qildi. Din ilmini mukammal o’rgangan hamyurtimiz Xayriddin Aminov xalqimizning ma’rakalarida o’zining shirador ovozi, qiroati bilan alohida ajralib turardi. Yurtdoshlar uning barcha ma’rakalarida uning mazmuunli suhbatlaridan bahramand bo’lar edi. Biroq o’lim bu navqiron yigitni ham o’z komiga tortdi. Bemahal kelgan ayriliq bu katta oilani dovdiratib qo’ydi. Mahalla-ko’y bu oila boshiga tushgan musibatga sherik bo’ldi. Chunki Xayriddindan biron voris qolmadi. Biroq uning yaxshi amallari, odob-axloqi, bilimga chanqoqligi, din ilmini mukammal o’rganib uni boshqalarga ham o’rgatishga bo’lgan qobiliyati yurtdoshlarimiz va hamqishloqlar qalbida mangu saqlanadi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling