Diplomsiz ziyoli
Download 0.51 Mb.
|
Эшонов Чоршанбе 1960
BORLIQNING YANGI ISMLARI
Ramazonova Nigina (1970-2018) Inson umri oqar daryo misoli. Bir zumda o’tadi-ketadi. Birgina zurriyot ham ota-ona nomini uzoq yillar yaxshilik bilan yelkasida olib yuradi. Nigina ham yoshligidan o’qish, oilali bo’lish, solih farzandlarni tarbiyalashni orzu qilgan edi. Eng muhimi, adabiyotni jonu dilidan sevib, o’zbek va tojik tillarida birdek ijod qilishga harakat qilardi. She’rlari o’sha davrdagi “Sadoi Surxon”, “Xovar” va “Surxon tongi” gazetalarida nashr etilgandi. Uni Sabrinayu Sudoba she’rini o’qing. Sabrinayu Sudoba, Duxtaroni xushro’yam, Shirinand az yakdigar, Mahruxoni gulro’yam, Sabrinayu Sudoba, Boli man, parvozi man, Ham munisu mehrubon, Hamdamu hamrozi man. Sabrinayu Sudoba Partavi har du dida, Dar bahori zindagi Gulhoi navdamida. Ziyoli oilada tug’ilib voyaga yetgan Nigina yaxshi orzular bilan Samaraqand universitetining tojik tili va adabiyoti fakultetiga o’qishga kirib uni muvaffaqiyatli tugatdi. So’ngra Muzrabot tumanidagi 39, 44 maktablarda o’qituvchilik qildi. Madaniyatli oilada tarbiya topgan Nigina qisqa muddatda o’zining xushmuomalaligi, bilimdonligi bilan jamoada ehtirom topgan. U tabiat, ishq, bahor, farzand, ota-ona, yolg’izlik mavzularida qalam tebratib yaxshi, yangi bir so’z topib aytishga harakat qilardi. Guli sadbarg, guli sadbarg, Achab tu rangu bo’ dori, Guli sadbarg guli sadbarg, Achab husni nako’ dori. Ba fikram shohi gulhoi, Ba zebogi tu tanhoi, Ba in husnu ba in fayzat, Tu taskinbaxshi dilhoi. Tui ramzi muhabbatho, Hama dam dasti oshiqho, Hamon oshiqu ishqe,ki Saroidand Loiqho. Bubinam toza on ro’yat, Bibo’yam ser man ro’yat, Shukufon bosh, shukufon bosh, Dilam tanho turo go’yad. Albatta, bu tojik tilidagi she’rlar kishiga zavq-shavq bag’ishlaydi. O’sha gul, ya’ni sadbarg gulini siz ham biz ham ko’ramiz, biroq unga shunchalik tavsif berish, ardoqlash qo’limizdan kelmaydi. Shoirlik asli shu bo’lsa kerak. U borliqqa yangi nomlar berdi. Yangi ismlar bilan atadi. Shoirlik, balki, mushohadadandir. Ba yod orad maro takror imshab, Na yak boru du, bal sad bor imshab, Ba bahri xotirat man g’arq gashtam, Hama xobandu man bedor imshab. Sarosar bishmaram, har onchi didam, Va yoki az dahoni kas shunidam, Zi chomi zindagi zahre chashidam, Hama xobandu man bedor imshab. Zi barxe do’ston didam xiyonat, Faromo’sham nagardad to qiyomat, Magar oyad ba dil z-in bad rohat? Hama xobandu man bedor imshab. Nigina o’qituvchilik va ijodkorlikdan tashqari shashka o’yinining ashaddiy muxlisi sifatida tuman, viloyat, respublika bo’ylab o’tkazilgan shashka musobaqalarida ishtrok etib, viloyatda birinchi, respublikkada uchinchi o’rinni olib, maxsus sertifikat va qimmatbaho savg’alar bilan taqdirlangan edi. Respublika shashka federatsiyasining a’zosi edi u. Har bir shashka musobaqasida uning ishtirok etishi bayramga aylanardi. Shundanmi, u bu o’yinni yaxshi bilganligi, tashkilotchiligi bois musobaqa davomida chet elga dam olish yo’llanmasini ham qo’lga kiritdi. Oila Bekasi sifatida ham namunali edi. Turmush o’rtog’i Xolmahmatov Shamsiddin bilan farzandlari: Sabrina, Sudoba, Zarguna, Qamariddin va Samaradinlarni kamolga yetkazdi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling