Diplomsiz ziyoli
Download 0.51 Mb.
|
Эшонов Чоршанбе 1960
Kenjaev Umid
(1974-2017) Umid Darband qishlog’ida tug’ilib-o’sdi. U o’rta maktabni tamomlab, 1992-1991 yillarda Germaniyada harbiy xizmatni o’taydi. So’ng Termiz shahriga keladi. U bu yerdagi turli qurilish tashkilotlarida ishladi. Umid 1999 yilda Baratova Diloromga uylandi. O’sha paytlarda yurtimizda hayot juda og’ir, xalq qiynalib qolgan edi. Ishsizlik avjida bo’lganligi tufayli Umid 2005 yildan boshlab Rossiya davlatiga ishga ketadi. O’sha paytda Umidning bor umidi rus o’lkasidan edi. U 2017 yilda o’sha yerda vafot etdi. Yaqinlari va hamqishloqlarning ahilligi tufayli Darband qabristoniga dafn etildi. Darbandiylar o’z jigarining xokini begona ellarda qoldirmagani tahsinga sazovor. Bu dunyoning istalgan dahosi, xoh u Pushkin bo’lsin, xoh Mark Tven, ilhom bilan madh etishga arzigulik fazilatdir. Shunday qilib, Darbandiylar Umidni yot ellarda beega qoldirmadi. Bu tobutning egasi borligini bildirib qo’yishdi. Ana shunday aziz insondan Mahliyo, Madina, Ulug’bek, Jasmina ismli qorako’zlar qoldi. Umidjon mening suyukli ukam edi. Qarindosh-urug’larga tasalli uchun ushbu she’rni marsiya sifatida yozib qoldirdim: Esimdan chiqmaysan bo’zlab yashayman., Yurgan izlaringni izlab yashayman. O’g’il-qizlaringni sizlab yashayman. Kiygan ko’ylagingni hidlab yashayman. Hamon ilhaq turar ko’zim sen tomon, Qizingning to’yiga kelgin, Umidjon. Aytgin, kimga aytding so’nggi so’zingni? Nahot, asramading, bag’rim, o’zingni , Ko’rmoq istadingmi o’g’il-qizingni? Nahot, g’arib bo’lib yumding ko’zingni , Topmayman tasalli, taskin hech qachon Qizingning to’yiga kelgin, Umidjon. Nahot, shirin qizlarim qoldi, demading Akamlar qayg’uga botdi, demading, Opam ko’zidan qon oqdi, demading. Go’zal yorim yolg’iz qoldi, demading. Hamon boqib turar ko’zim sen tomon, Qizingning to’yiga kelgin, Umidjon. Ulug’bek so’raydi: “Bormidi otam?”, Shunda zindon bo’lar menga bu olam. Kelin libosiga Mahliyo bu dam, Go’yo seni izlar ko’zlarida nam, Kel, oppoq fotiha tila, Umidjon, Qizing peshonasin sila, Umidjon. Tojikcha matn Ramazonov Ravshan 1975-2010 Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling