Diplomsiz ziyoli
HECH QACHON AMALGA OSHMAYDIGAN SAFAR
Download 0.51 Mb.
|
Эшонов Чоршанбе 1960
- Bu sahifa navigatsiya:
- JO‘SHQIN QIZALOQLIGICHA QOLADI…
HECH QACHON AMALGA OSHMAYDIGAN SAFAR
Jo’raev Surach (1976-2021) O’z kasbi, mahorati bilan xalqimiz hurmatiga sazovor bo’lgan Surach yoshligidan texnikaga qiziqdi. Ammo u huquqshunoslik oliygohiga o’qishga kirib muvaffaqiyatli tugatdi. Biroq yoshlikdan mehr qo’ygan kasbi uni katta yuk mashinlarini boshqarishga undar edi. Shunday bo’ldi ham. U chet ellarga qatnaydigan avtomashina haydovchisiga aylandi. Uzoq o’lkalarga yuk tashib kasbdoshlar orasida hurmat-ehtiromga loyiq bo’ldi. Buyuk nemis shoiri Hyanrix Hayne ham huquqshunoslik sohasida o’qib, bir kun ham bu sohada ishlamagan edi. Surach Haynening O’zbekistonlik do’stidir. Xuddi ikkisi kelishib shunday qilgandek. Umr yo’ldoshi Botirova Dilfuza bilan farzandlari Daler, Hasan, Zuhralarni yetuk inson qilib tarbiyalashga harakat qildi. Afsuski, shunday masrur kunlarning birida bemahal o’lim kutilmagan mehmon bo’lib, uni oramizdan olib ketdi. Bu paytda u 45 yoshda edi. Uning borishni ko’ngliga tugib qo’ygan manzillari ko’p edi. O’sha kuni hammaga qadrdon bo’lib qolgan kamazni hech kim minmadi. Surachning navbatdagi safari hech qachon amalga oshmaydigan safar bo’lib qoldi. JO‘SHQIN QIZALOQLIGICHA QOLADI… Nazarova Xurshida (1977-2016) Ota-ona qalbida chuqur jarohat qoldirib, bu foniy dunyoni tark etgan farzand dog’i og’ir musibat hisoblanadi. Ha, ota–ona bag’rida quvonch, zavq bilan voyaga yetib, hali o’n gulidan bir guli ham ochilmay so’lgan farzand vafoti ota-ona bag’rini qonga to’ldiradi. Bu dunyoda undan nom-nishon, zurriyot qolmaganidan o’ksik yuragi bardosh berolmaydi. Biroq ajal haqligiga Allohning sabr dargohi buyukligiga ishonadi va taqdirga tan beradi. Xurshida ham shu qishloqda tug’ilib-o’sdi. U tengdoshlari orasida husnu jamolda yagona edi. Yayrab-yashnab ota-ona bag’rida o’sdi. Uning quvonchi cheksiz, orzulari bir olam edi. U birovga qaytarmasdi. Shundanmi, oilada uning o’rni alohida, ota-onaga mehri beandoza, opa singillarga dilso’z, mehribon edi. Nima bo’lganda ham uning kelajagi porloq ekanligni his qilgan ota-ona uni yeru ko’kka ishonmasdi. U maktabni bitirgach, bir muddat jonajon qishlog’ida do’stlar davrasida majburiyatsiz yashashda davom etdi. Keyinchalik turmush tashvishlari uni olis Moskva shahriga yetakladi. Bu yerda ham tengqurlari bilan darhol til topishib ketdi. Ish topdi. Halol mehnat qildi. U o’ziga ishonardi. Birovga hasad qilishni bilmasdi, faqat havas bilan yashardi. Ana shunday beg’am, beg’ubor kunkarning birida bevaqt o’lim uni o’z gidobida tortdi. Xurshidda bir zumda bu foniy dunyoni tark etdi. Bir zumda yo’q bo’lib qoldi. Uning bevaqt xazon bo’lganligi ota-ona qalbini qayg’uga to’ldirdi. Dinu diyonatli, iymon e’tiqodli farzandni qayg’u va alam bilan tuproqqa qo’yishdi. Hamqishloqlar bu soliha qizning sifatlarini esga olib qayg’uga botdilar. Qizning ota-onasiga taskin berdilar. Ha, undan bizga yaxshi nom qoldi. U tasavvurimizda hamisha jo’shqin qizaloq bo’lib qoladi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling