Diplomsiz ziyoli


YOLG‘IZ O‘G‘IL HAM KETDI…


Download 0.51 Mb.
bet40/52
Sana17.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1522625
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   52
Bog'liq
Эшонов Чоршанбе 1960

YOLG‘IZ O‘G‘IL HAM KETDI…
Nurov Umidjon
(1980-2003)
Umidjon 1980 yil 21 iyulda Gagarin tumanidagi Muzrabot tumanida dunyoga keldi. U 1986-1997 yillarda A.Rudakiy nomli maktabda saboq oldi. 1997-2001 yillarda esa Muzrabot mexanika-iqtisodiyot kollejida o’qidi. Oradan ikki yil o’tib, ya’ni 2003 yil hali o’n gulidan bir guli ochilmagan Umidning hayoti so’ndi. Endigina 20 va 30 yoshning orasida gurkirab yashnay boshlagan nihol 30 ga yetmay, bu davrning qizg’in lahzalarini boshdan kechirolmay olamdan o’tdi. Ota-ona o’zining yagona jigargo’shasidan ham judo bo’ldi.
UNUTMOQ OSONMAS SIZLARNI…
Latipova Oydin
(1981-2003)
Hayot beshafqat. O’lim haq. Lekin bu dunyodan hech kim erta ketmasin ekan. Hali o’n gulidan bir guli ochilmagan, hayot deb atalmish bog’ga endi-endi qadam qo’yib, uning lazzatidan bahramand bo’lmagan hamqishlog’imiz Oydinning erta vafot etishi qalblarimizni larzaga keltirdi. Izsiz o’tib ketish og’ir.
O’shanda Oydin Latipova 22 bahorni qarshilgan edi. Bevaqt o’lim uni 2003 yili oramizdan olib ketdi. 10 aprel edi o’sha kuni.
Oydin 1981 yil Muzrabotda tug’ildi. 1 sonli o’rta maktabni tugatgach, 1998 yilda Toshkent shahridagi Y. Oxunboboev nomidagi tibbiyot bilim yurtida o’qidi. 2001 yildan boshlab Boysun tumanidagi Darband hududiy kasalxonasida hamshira, fiziotrapeya kabineti mudiri vazifasida ishlay boshlaydi. Yaxshi xulq, bilim, tajribaga ega bo’lgan hamqishlog’imiz avtohalokat tufayli hayotdan bevaqt ko’z yumdi. Biz esa bunday insonparvar, fidoyi kishilarning rasmiga qarab faqat bir narsa deymiz: “Unutmoq osonmas sizlarni”.


ISHTIYOQ KUCHI
Abdulloeva Gulchehra
(1982-2021)
Bu hamqishlog’imiz Qiziriq tumanida tug’iladi. O’rta maktabni tamomlab kollejda tahsil odi. U bilimdonligi, zukkoligi, kasb o’rganishdagi ishtiyoqi bilan tez orada ko’zga tashlandi. Keyinchalik hamqishlog’imiz Rasulov Muhiddinga turmushga chiqdi. Ammo uning ham umri qisqa ekan. Gulchehra kasallik bois bevaqt vafot etdi. Undan Mashhura, Safura ismli farzandlar qoldi.



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling