Diplomsiz ziyoli
Download 0.51 Mb.
|
Эшонов Чоршанбе 1960
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abdulloev Ruslan (1990-2011)
- SHIFOKORLAR AYBI BILAN
Farmonova Farxunda
(1989-2008) Hayot go’zal, yashash zavqli. Biroq ko’pincha nogahoniy o’lim ota-ona qalbini larzaga keltiradi. Ularning dillarida doimo dog’ bo’lib qoladi. Ha, hech kim bu dunyoda erta vafot etmasin. Hech kim bolam, deb yig’lamasin ekan. Biroq ajal haq. Uning haqligi shundaki, u odamzod hayotiga nuqta qo’yadi. Demakki, u bu hayotdan bundan buyon zavq ololmaydi. Hamqishlog’imiz Farxundaning ham bu go’zal hayotdan ko’p orzulari bor edi. U she’riyatni sevardi. O’zicha she’rlar ham to’qirdi. U endi hayotni anglayotgan edi. Bo’y cho’zib odamlar ko’ziga namoyon bo’lgan chog’larida orzular qanotida yashar edi. Endi hayotning zavqiga andarmon bo’lib turgan paytida fojiali vafot etdi. Shifokorlar har qancha urinishmasin, uning hayotini saqlab qololmadilar. Ajal uni oramizdan juda erta, hali murg’ak tuyg’ular uning qalbini tark etmagan chog’ida oramizdan olib ketdi. Bu qismat Darband ahlini ko’p qayg’uga soldi. Na chora, odamzod guldan nozik, toshdan qattiq ekan. Barcha shodligu kulfatga aynan shu odamzot chidar ekan. Abdulloev Ruslan (1990-2011) Ruslan Termiz shahrida dunyoga keldi. U Termiz shahridagi 7 o’rta maktabni tamomladi. Baquvvat, chaqqon bo’lgan hamqishlog’imiz Ruslanning otasi Anvar aka Abdulloevning aytishicha, u yoshligidan o’ta mehribon, hazilkash bo’lib voyaga yetgan edi. U itoatkor o’g’il edi. Biroq o’lim sening sifatlaringga qarab o’tirmaydi. U kasalikka chalinib 21 yoshida vafot etdi. Uning vafoti ota-onasi, qarindosh-urug’lar qalbiga g’am urug’ini sochdi. Uni o’ylab ota-ona adoyi tamom bo’lishdi. Na chora taqdiri azal shunaqa. Qarindosh-urug’lar, hamqishloqlar ota-onaga taskin berishdi va bu dunyodan zurriyotsiz o’tib ketgan Ruslanga atab yozilgan she’rga shu kitobdan joy berishga qaror qildik. She’rni Muzrabot tumanida yashovchi shoira hamqishlog’imiz Zaynab opa Baxshiqulova yozgan. Shoyad ota-onaga taskin bo’lsa… Marsiya Ey falak, kardi charo tu Ruslan az xeshon chudo? Qiblagohi mehrubonash az g’amash gardida xam, Modari zorash shuda dar hasratash obu ado, Hasratashro mexo’rad payvasta bo dardu alam, Qomati shamshodi o’ garchi ba zeri xok raft, Modari bechoraash dar kunchi xona shuda xarob Bo dili purhasratu bo didai g’amnok raft. Yodi Ruslan mekunad qalbash chu otashdon xarob. Chon barodar, dar kuchoi?-guftavu faryod kard, Ey falak, oxir charo binmudi az Rusloan chudo? To dami oxir az on neko’ barodar yod kard. Amayu xola, tag’o ham aqrabo gashtand ado, Ashki chashmi xoharash bud misli boroni bahor, Sabri xeshonash bidehu ro’hi pokash shod kun, Qalbi sho’xu tozaash bo yodi dodar beqaror . Rohi channatro kushoyu manzilash obod kun. To nafashoi axirash vasfi modar guft o’, Modari chon,- guftavu bo yodi modar xuft o’, Ey chavoni g’o’ramargo, kardi manzilro digar, Modaru dodar , padar ham aqrabo xuni chigar. SHIFOKORLAR AYBI BILAN Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling