Diplomsiz ziyoli


Download 0.51 Mb.
bet50/52
Sana17.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1522625
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
Bog'liq
Эшонов Чоршанбе 1960

Chaqmoq eding, ukajon


(Hamqishlog’imiz Navro’zbek va barcha navqiron yoshida vafot etgan hamqishloqlar xotirasiga bag’ishlandi)

Gunohing ko’p edimi,


Sig’mading bu dunyoga.
Ruhing oppoq qush bo’lib
Uchib ketdi samoga,
Ota-onang bo’zlatib
Ketding dorilbaqoga,
Chaqmoq eding, ukajon,
Chaqmoqday tez so’nding sen.

Sen ketganda tog’larning


Cho’kib qoldi viqori,
Gulzorlarning, bog’larning
So’nib qoldi ifori,
G’unchalar, yaproqlarning
Tez to’kildi ohori,
Chaqmoq eding, ukajon,
Chaqmoqdek tez so’nding sen.

Matonatli, sabotli,


el erur ahli Darband.
Sendan bevaqt ayrilib,
Lol bo’lur ahli Darband,
Qayg’udan ko’zda yoshi
Sel bo’lur ahli Darband.
Chaqmoq eding, ukajon,
Chaqmoqday tez so’nding sen.

Tug’ilganding navbahor,


Ayni Navro’z ayyomda.
Sevinib ota-onang
Navro’zbek deb qo’ydi nom,
Ulg’ayding, o’sding shodon,
Mehr ko’p ko’rding mudom,
Chaqmoq eding, ukajon,
Chaqmoqday tez so’nding sen.

Otang Kamol bag’rida


Kamol topding bezavol,
Onajoning mehridan,
Bo’y cho’zding misli nihol,
Ko’z uzolmay chehrangdan
parivashlar bo’ldi lol,
Chaqmoq eding, ukajon,
Chaqmoqday tez so’nding sen.

Orzularing ko’p edi,


Aylandi armonlarga,
Chiqmoqchi eding yuksak,
Cho’qqilar, dovonlarga,
Yiqilding, bog’ing mangu
Ko’mildi xazonlarga,
Chaqmoq eding, ukajon,
Chaqmoqdek tez so’nding sen.
(Iskandar Mirzo)

NAZARBEK “SIMBA”NI KO’ROLMADI…


Nazarov Nazarbek
(1997-2003)
Dunyoni barvaqt tark etgan bu bolakay Darbandda Shodi Nazarov xonadonida tug’ilgan, o’ta sho’x, quvnoq, chaqqon bola bo’lgan edi. Ha, ota-onasi Darbandda ham tug’ilib o’sgan. Ular dilbandlari Nazarbekni ham bobosidek polvon, chaqqon, el xizmatiga yaraydigan bo’lsin, deb unga bobosining ismini qo’ygan edilar. U chindan ham tug’ilganidanoq bo’limli, quvnoq, chaqqon edi. Tezda tili chiqib, harakatlari dadil bo’lgan paytda unga ko’z tegdi. Bir zumda falokat tufayli bu foniy dunyoni tark etdi. Ota-onaning qayg’usi dunyoga sig’madi. Uning qaysi bir sifatini aytib yig’lashni bilmasdi. U haqiqatan juyrukcha, mehrubon, sho’x-quvnoq bolakayga aylangan edi. Uning harakatlari, qiliqlari o’ziga yarashar edi. U endi o’yin nimaligini, multfilm nimaligini anglayotgan paytda fojiaga uchradi. Bu bolakay hali ko’p multfilm ko’rmoqchi edi. Ammo u “Simba”ni ham, “Qunduz amaki”ni ham, kinoni ham, katta-katta shaharlarni ham, makab partalarini ham ko’rolmadi. U maktabga boraman, deb yurardi. Nasib qilmadi.

KO’Z QORACHIG‘IDEK ASRASALAR HAM…



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling