Cho’ponov Anvar
(1981-2019)
Termiz shahrida tug’ilgan ushbu hamqishlog’imiz yoshlikdan baquvvat va zukko bo’lib voyaga yetdi. U ona shahrida tadbirkorlik ishlari bilan shug’ullandi. Eng muhimi, o’zining yaxshi xislatlari bilan xalqimiz hurmatiga sazovor bo’ldi. U rafiqasi Xurramova Maqsuda bilan farzandi Afro’zni yetuk qilib ulg’aytirishga harakat qildi. Ammo ayni navqironlik yoshida hayot bilan vidolashdi.
QISMATNING ADOLATSIZLIGI
Azizov Ardasher
(1982-2016)
Har bir inson oshini oshab o’tsin, ilohim. Kishining bevaqt vafoti ota-ona, qarindosh-urug’larni iztirobga soladi. Agar uning davomchisi bo’lsa, ota-ona qalbida oz bo’lsa ham tassali paydo bo’ladi. Bordiyu shunday voris bo’lmasa-chi? Darbandiy hamqishloqlar orasida ham oilasi, ota-onasini zor qaqshatib juda erta Allohga omonatini topshirgan insonlar ko’pchilikni tashkil etadi. Ularning yaqinlariga Alloh sabri jamil ato etsin.
Hamqishlog’imiz Ardasher ham Muzrabot tumanida tug’ilib voyaga yetdi. Maktabni tamomlagach, Toshkent irrigatsiya va qisholq xo’jalik oliygohida o’qidi. U faoliyatini xalq xo’jaligi sohasidagi ishlar bilan boshladi. Muzrabot tuman Agro xo’jaligida ishlayotgan chog’larida bemahal o’lim uni o’z girdobiga tortdi. Bu nogahoniy fojia hamqishloqlarni chuqur qayg’uga soldi. Ota-onasi qaddini dol ayladi. Bu Navoiy ta’riflagan mayxo’r Ardasher emas. Bu el xizmatida bo’lgan, doimo halol yashagan boshqa bir Ardasher. Qismat unga adolatsizlik qildi. Uning bosib o’tgan yo’li, ishlari, dilbandlari kamolini ko’rishga arzigulik edi. Hayot uni siylamadi. Shuncha ishlab, farzandlari baxtini ko’rmay ko’z yumdi.
Undan Ilmira, O’g’ulshod, Jahonoro ismli farzandlar qoldi. Allohning buyuk ne’mati ila uchala qizni dunyoga keltirgan va ularning baxtini ko’rmagan, ko’p ishlarni amalga oshirishga ulgurmagan, o’n gulidan bir guli ochilmagan Ardasher Azizovni Alloh rahmatiga olgan bo’lsin.
BAHROMNING QANDAY ORZUSI BOR EDI?
Do'stlaringiz bilan baham: |