Diplomsiz ziyoli
Zaynab BAXShIQULOVA, nohiyai Muzrabot
Download 0.51 Mb.
|
Эшонов Чоршанбе 1960
- Bu sahifa navigatsiya:
- OQKO‘NGILU OLIYJANOB
- SANGCHIL MALIKASI
Zaynab BAXShIQULOVA, nohiyai Muzrabot
«Xovar» (№8.9.05.2021 XURSHIDNING OXIRGI SUHBATI Boboev Xurshid (1988-2008) Ro’zi Boboev Muzrabot tumanida el tanigan, e’tirof etgan insonlardan biri edi. U uzoq yillar qishloq xo’jaligi sohasida sharaf bilan ishladi. Xalqimizni oziq-ovqat mahsuloti bilan ta’minlashga, fermerlik harakatiga munosib hissa qo’shgan hamqishlog’imizning kenja farzandi bo’lgan Xurshid Muzrabot tumanida tug’ilgan edi. Maktabda a’lo baholar bilan o’qigan bu o’spirin haydovchilarning aybi bilan falokatga uchradi. Bir kuni Xurshid do’stlari bilan gurunglashib ko’cha chetida turgan edi. Shunda yelday uchib qaerdandir paydo bo’lib qolgan mashina uni urib ketdi. Uning tirik qolishidaan umid yo’q edi. Chunki bunday ahmoq haydovchilar o’ldiradigan qilib mashina haydaydi. Shunday bo’ldi. Bu suhbat Xurshidning oxirgi suhbati bo’lib qoldi. Hamqishloqlar, sinfdoshlar orasida zukkoligi, bilimdonligi, mehnatsevarligi bilan tanilgan yosh navqiron yigitning o’limi ota-onani ne ahvolga solganini hatto Nodar Dumbadze ham ifoda qilib bera olmasa kerak. OQKO‘NGILU OLIYJANOB Mahmadinov Baxtiyor (1988-2021) Baxtiyor Muzrabot tumanida tug’ildi. U o’rta maktabni tamomlab, kollejda tahsil oldi. So’ng savdo sohasida ishladi. Baxtiyor mehribon, mehnatkash inson edi. U Annaqulova O’g’iloyga uylanib, farzandlari: Gulshan, Mushtariy, Solihalarni kamolga yetkazdi. SANGCHIL MALIKASI Tangriqulova Nargiza (1986-2007) Yoz faslining erta tongidagi bu mash’um xabar bir zumda Darbandga tarqaldi. Nargiza avtohalokatga uchrab halok bo’libdi, deb eshitdik. Men bunga ishonmadim. Chunki Darbandagi otam hovlisi buzilib joyiga Toshg’uzor-Boysun temir yo’li o’tkazilishi munosabati bilan Darband vokzali uyimizning joyida qurilayotgan edi. Bizlarga ham uy qurish uchun tuman hokimiyati yangi joyni Nargizalarning uyining pastidagi shoh ko’chadan ajratgan edi. O’sha joyda, ya’ni Abdullo Avaz bog’chasining ichida uy qurayotgan edik.... O’sha tongda pastki ariqda suv qurigani bois tepadagi ariqdan suvni pastga bog’lash maqsadida katta yo’lga chiqdim. Bir to’da qizlar mashinaga minayotganiga ko’zim tushdi. Jumladan, qizlarning ichidagi Nargizani ham tanidim. Xushbichimgina qizga razm solib qoldim. Ma’lum bo’lishicha, ular uzoq qarindoshining to’yiga borayotgan ekan. Uyga kelib bir payola choy ichib endi ustalar ishni boshlayotgan payti ovulda g’ala-g’ovur bo’lib bir zumda bu uy atrofida odamlar yig’ildi. Demakki, bu xabar rost ekan... Bizlar uning onasi Hamida opa, otasi Hasan aka bilan bir ovulda katta bo’lganmiz. Ularning boshiga tushgan qayg’u butun qishloq ahlini dovdiratib qo’ydi. Ajal haq ekan. Yoshmi-qarimi ayamas ekan. Ota ona bu xabarni eshitib o’zlarini yo’qotib qo’yishdi. Ularning ohu nolasidan hatto toshning so’qir ko’zidan ham yosh oqardi. Hali hayotni anglashga ulgurmagan sho’x-shaddod ovulimiz, Sangchilimizning Malikasini ajal bir soat ichida bizdan ayro tushirdi. To’g’risi, bu lahzalarni tasvirlash juda og’ir. Faqat Allohdan bu oilaga sabr toqat tiladik. Bu dunyodan zurriyotsiz o’tgan qizimizni Alloh rahmatiga olgan bo’lsin va bu she’rni xotira sifatida Nargiza qizimizga bag’ishladik. Tojikcha matn Nolai padar Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling