Diplomsiz ziyoli
Download 0.51 Mb.
|
Эшонов Чоршанбе 1960
- Bu sahifa navigatsiya:
- QARANG, OSMON HAM YIG‘LAYAPTI…” Aminov Navro’z (1992-2017)
Normurodov Sherali
(1993-2000) Sherali Termiz shahrida Abdullaev Jumaqul tug’ildi. Uning onasi Abdullaeva Anorxol ismli ayol edi. Sherali mening do’stim, sinfdoshim Jumaboyning Xudodan tilab olgan yakkayu yagona o’g’il farzandi edi. Taqdirni qarangki, bu o’g’ilcha tug’ilishdanoq bo’limli, har narsaga qiziqadigan, xullas, harakatlari, o’qishlari bilan hammani lol qoldirgan edi. Ko’zikdimi, yoki Xudoga kerak ekanmi, go’daklik chog’idayoq vafot etdi. Ayrim vrachlarning o’z kasbiga befarqligi, noto’g’ri tashxislar tufayli bir oz tobi qochgan bolani vrachlar jonsiz holda ota-ona qo’liga topshirdilar. Bu holdan ota-onaning fig’oni falakka chiqdi. Ular o’zlarini yo’qotib qo’yishdi. Shu aziz do’stimga dil malhami uchun qo’ydagi maqolani yozdim va ayrimlarning gap-so’zlariga qaramasdan uni kitob oxirida joylashtirdim. To’g’ri, bunday jigarbandlari, yuragining bir parchasini boy berib qo’yganlar hamqishloqlar orasida juda ko’plab topiladi. Bu maqolani o’qib, ularning ham dili taskin topishini istardim. Bu maqola orqali ularning farzandlari unutilib ketmaganligini aytmoqchi edim. Tojikcha matn NAVHAI PADAR “QARANG, OSMON HAM YIG‘LAYAPTI…” Aminov Navro’z (1992-2017) Darband qishlog’ining Oqmachit guzarida Kamol Aminov xonadonida tug’ilgan Navro’zbek yoshlikdan zukkoligi, donoligi, jasurligi bilan ajralib turardi. U yoshligidanoq butun boshli qishloq bolalarini o’zining namunali xulq-atvori, jasurligi, bilimdonligi, shijoatmandligi bilan o’ziga jalb etdi. Qishloq bolalari bilan soy bo’ylarida o’ynab, bolalarcha tashkil etgan o’yinlarida haqiqat va adolatni tiklagani uchun unga hamma ergashardi. Shundanmi, ota-onasi ham uning bu xususiyatlarini yaxshilikka yo’yib, hamma aytganlarini bajarar edilar. Yoshligidan pahlavonsifat bo’lib o’sayotgan Navro’zni harbiy xizmatga da’vat etishdi. U harbiy xizmatni a’lo darajada o’tab, imtiyoz olib tezda Termiz davlat universitetining tarix fakultetiga hujjat topshirdi. Kutilganidek talabalik baxtiga musharraf bo’ldi. Safdoshlari, kursdoshlari uning iste’dodi, qobiliyati va ayni vaqtda jasur, pahlavonligidan zavqlandilar. U 3 yil davomida biron soat dars qoldirmaganini ustozlar vafot etgan kuni aytdilar. U vatanga itoatni, intizomlilikni darslarga bo’ysunishdan boshlagan edi. Vatanni qanchalik sevish uning o’quv dfargohlarini qqanchalik sevish bilan bog’liq ekanligini anglagandi. Ha, u kasalikka chalinib 2017 yil 6 may kuni hayot bilan vidolashdi. Ota-ona qalbida g’am-alam, anduh tog’i paydo bo’ldi. Navro’zbekning do’stlari, sinfdoshlari va kursdoshlari motamxonaga kirib kelganida ota-ona va qarindosh-urug’lar hushlarini yo’qotdilar. Butun Darband ahli bu oilaning g’amiga sherik bo’lib, ularga bir oz bo’lsa ham dalda berishga kirishdilar. Biroq bu g’am-alam armonlarni unutish qiyin edi. Pahlavonkelbat Navro’zbekning tobutini do’stlari qo’ldan qo’ymay ko’tarib borishar ekan ko’zlaridan duv-duv yosh to’kilar edi… Bu holatlarni kuzatib turgan odamning, albatta, yuragi qayg’uga to’lib, ota-onaga, qarindosh-urug’ga sabr -bardosh tilashar edi. Botirlar shunday kuzatiladi. Ha, chindan ham Navro’zbek qisqa umri davomida yetarli do’st orttirib, ularning ishonchiga kirib bemahal ularni qayg’u daryosiga tashlab ketdi. Hali o’n gulidan biri ochilmagan, endi muhabbat, sevgi, sadoqatga moyil bo’layotgan yurak bir onda to’xtadi. Ota o’g’lining sihat topishi uchun barcha imkoniyatdan foydalandi. Olib bormagan joyi, ko’rsatmagan shifokori qolmadi. Ammo natija yo’q edi. Qayg’uga tushgan qarindosh-urug’lar hali bu ko’rguliklarning davomi borligini qaydan ham bilardilar. Negaki, Navro’zbekning bevaqt o’limidan aka-uka, opa-singillar, barcha qarindoshlar qayg’uli damlarda o’zlarni yo’qotib qo’ygan edilar. Ayniqsa, opasi Nasibaning ohu nolasiga chidab bo’lmas edi. U yaqindagina chaqaloqli bo’lgan, hali o’zini yig’ib olmasdan bu ko’rgulik uni dovdiratib qo’ygan edi. Navro’zbekning hali marakalari tugamasdan bir kecha Nasibaning chaqalog’i yig’layverdi. G’amboda bo’lgan Kamol bobo Navro’zbekning onasiga nimaga chaqaloq yig’layotganini va uni yupatishda qiziga yordam berishini aytdi. Zumrad momo qizi yotgan xonaga borib hayratdan dong qotdi. Qizi Nasiba nafas olmas, chaqaloq esa bezovtalanib o’lib bo’lgan ona ko’kragiga yopishar edi. Bu holat onani batamom ado qildi. U hushidan ketdi. Katta hovlini bir zumda qiy-chuvlar chulg’ab oldi. Qo’ni-qo’shnilar uyg’onib, nima voqea bo’lganini anglayolmay yugurib ularning uylariga kelar edilar. Dod dastingdan, falak. Barchaning ko’zida yosh, qalbida qayg’u. Odamlar bu ota-onani qanday yupatishni bilmay gangib qoldilar. Ertalab qishloq bo’ylab yana janoza xabari tarqaldi. Yana shu uyda. Uzoqdan bilmaganlar so’rardilar. Kim vafot etibdi? “Kamol Aminovning qizi Nasiba”. Yo piray, deya qariyalar yoqa ushlar, barcha hamqishloqlar tahlikada edi: “Nega bunday bo’ldi?” “Nega bu oila boshiga Alloh chuqur qayg’u tushirdi?” Ertalab tumonat odam yig’ildi. Ota-onaga aytadigan, yupatadigan so’z yo’q edi. Hammaning boshi egik. Nasibani qabristonga olib borayotgan paytda uning katta farzandi Mubin “onajon, endi biz qanday yashaymiz? Kim bizga qaraydi? Hamma aytganigizni qilardim-ku! Nahot, tashlab ketyapsiz?”, deb uvvos solib yig’laganida yig’lamagan odam qolmadi. Hayot o’zi murakkab. Hayot murakkabligini uning quvonchu tashvishini, hijronu alamini faqat insongina yenga olar ekan. Charaqlab turgan quyosh yuzini bir pasda bulut qopladi. Hali Nasibaning jasadini qabrga qo’ymasdan yog’a boshlagan mayin yomg’ir insonlarni chuqur o’yga toldirdi. Kimdir: “Qarang, osmon ham yig’layapti”, deb qo’ydi. Biroq bu taqdiri azal. Bu hayot. Bu ota-onaga Allohdan sabr toqat tiladim va ushbu she’rni Navro’zbekka bag’ishladim. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling