Diplomsiz ziyoli


Download 0.51 Mb.
bet45/52
Sana17.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1522625
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   52
Bog'liq
Эшонов Чоршанбе 1960

Rahmonov Bahrom
(1983-2007)
Bu dunyoda inson nomu nishonsiz o’tmasin ekan. Bahromning tasodifiy o’limi ota-ona qaddini dol etdi. Negaki, bu yigit mehribon, to’g’riso’z, mehnatkash, tengqurlari orasida aqlu zavkovatli, ota-ona hurmatini joyiga qo’yadigan, ularga quloq tutib, aytganlarini bajonudil bajaradigan farzand bo’lib voyaga yetgan edi.
Ota-ona o’g’illarini jon dilidan yaxshi ko’rib, Allohdan unga uzoq umr tilar edilar. Na chora, bu ajoyib farzandga ko’z tegdi, magar bir zumda bandalikni bajo keltirib, oila a’zolarini chuqur qayg’uga soldi. Uning ozulari ko’p edi. Chet ellarda ishlab, o’ziga mo’jazgina uy qurib, keyin uylanishni orzu qilgan edi. Afsuski, shunday umidli, entikish to’la kunlarning birida barcha ishning uddasidan chiqadigan Bahrom ayni navqiron yoshida vafot etdi. Ha, ajalga uddaburonlar ham chap berolmagan.
Keling, u haqida qisqacha gapirib bersam. Bahrom Darbanda tug’ildi. U 11 maktabda tehsil oldi. Butun umrini qishloq yoshlarini tarbiyalashga sarflagan otasi Olim aka bu fojiadan chuqur iztirobga tushdi. Bir muddat o’ziga kelolmadi. Onaxoni esa dard-alamdan hushini yo’qotib kasalmand bo’lib qoldi. Qarindosh -urug’lar, mahala-ko’y u kishiga tasalli berdi. Ularni bu holatdan olib chiqishga harakat qildi. Og’ir kunlarda suyaydigan el-yurt kerak ekan hammaga. Darbandiylar bu oilani qo’llab-quvvatladi.
Azizova Munojot
(1985-2020)
O’zining munosib jufti halolini topgan, ota-onasining aziz va shirin farzandi bo’lgan, o’qib, oila qurib, ishlab, xalqimizning dilidan joy olgan hamqishlog’imiz Denov tumanida tug’ilgan edi. U o’rta maktabni a’lo baholar bilan tugatib, Termiz bank kollejida o’qishga kirdi. O’qishni muvaffaqiyatli tamomlab, Termiz shahridagi milliy bankda ishlay boshladi. Beshafqat o’lim uni ayni navqironlik yoshida oramizdan olib ketdi.
Mehnatkash, bilimdon, o’z kasbining fidoyisiga aylangan Munojotdan bir o’g’il yodgor qoldi. Behruzni voyaga yetkazish turmush o’rtog’i Raximov Muzaffarning zimmasida qoldi.

SLAVYAN TILLARI MUTAXASSISI



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling