Diplomsiz ziyoli


Download 0.51 Mb.
bet42/52
Sana17.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1522625
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   52
Bog'liq
Эшонов Чоршанбе 1960

Xonimov Jahongir
(1983-2009)
Inson tug’iladi. Va albatta, bir kuni o’ladi. Biroq hayotda endi suvini o’zi olib ichadigan ota-ona ko’ziga farzand sifatida shirin ko’ringanida uning yaqinlari hali kamolini ko’rmasdan dunyodan o’tsa bu qayg’uli.
Bu hamqishlog’imiz ham Qumqo’rg’onda dunyoga keldi. U ayni navqiron yoshida beshafqat ajal uni oramizdan olib ketdi.


QOSIM BOBONING SUYAR QIZI
Qosimova Fariza
(1969-2021)
Insonning umri bir lahzalik. O’tadi-ketadi. Agar ortidan savobli ishlar qolgan bo’lsa, albatta, bir kuni uni xalqimiz esga oladi va duoyi xayr qiladi. Hamqishlog’imiz Fariza ham xushxulqi bilan hurmat-ehtiromga sazovor bo’lgan ayol edi. To’sonqulov Qosim boboning bu suyar qizi 1969 yilda Muzrabot tumanida tug’iladi. Maktabni tamomlab, hamqishlog’imiz Faxriddin Tog’aevga turmushga chiqib, Shohida Dilshoda, Fazliddin ismli farzandlarini dunyoga keltirdi.
Farzandlari ham o’ziga o’xshab o’qimishli halollikka, poklikkka intiladigan insonlar bo’lib voyaga yetishdi. Chunki Fariza oilaparvar, to’g’riso’zlikka, halollika-poklikka intilib yashaydigan oqila ayol edi.
Beshafqat o’lim uni 2021 yilda oramizdan olib ketdi. Qarindosh-urug’lar g’amga botdilar. Uni so’ngi manzilga kuzatayotganda farzandlarini izillab yig’lashiga so’qir ko’zlardan ham yosh oqdi.


MARDLIK MAKTABI
Ramazonov Baxtiyor
(1970-2021)
Darbandiy hamqishloqlarimiz azaldan barcha sohada fidoyilik ko’rsatib ishlab kelgan. Harbiy sohada ham sharaf bilan ishlagan, vatan himoyasiga kamarbasta bo’lgan hamqishloqlar ko’pchilikni tashkil etadi. Shulardan biri B.Ramazonov edi.
Baxtiyor Termiz shahrida tug’ildi. Onasi Ramazonova Anorxol, otasi Ramazonov To’qson uning yaxshi inson bo’lishi uchun qo’llaridan kelgan barcha ishni qildi. U o’rta maktabni tamomlagach, harbiy xizmatga chaqirildi. Harbiy xizmatni Rossiyaning Nijniy Novgorod shahrida o’tab, Termizga qaytdi. 1991-1993 yillarda qishloq xo’jaligida mehnat qildi.
1993-2007 yillarda O’zbekiston qurolli kuchlarida turli lavozimlarda ishlab nafaqaga chiqdi. U ayoli Normatova Sarvara bilan farzandlari Ixtiyor va Navro’zani kamolga yetkazdi. Hamqishlog’imizning fidoyiliklari kelajak avlod uchun mardlik maktabi bo’lib qolaveradi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling