Diplomsiz ziyoli
Download 0.51 Mb.
|
Эшонов Чоршанбе 1960
- Bu sahifa navigatsiya:
- OMADNI JILOVLAGAN YIGIT YOXUD G‘OLIBLIK RUHI Tag’oev Kamol (1982-2020)
- “YASHAYMAN”, DEGAN CHOG’ING…
HIDOYATNING YODGORI
Pardaqulov Hidoyat (1982-2010) Hech bir ota-ona farzand dog’ini ko’rmasin. Biroq Alloh tomonidan berilgan umr uniki. Boshqa birovning umri bilan yashab bo’lmaydi. Taqdiri azalning bergan quvonchi, rizqi, sog’ligi, shodligi uchun shukrona qilib yashaymiz. Hattoki bergan g’am-qayg’usiga ham shukrona qilib, uni yengish, chidash insonga xos odat. Ana shu qayg’uli kunlar Pardaqulovlar xonadonini ham chetlab o’tmadi. Hali uylanib ulgurmagan, endigina hayotning achiq-chuchugini totib ko’rayotgan hamqishlog’imiz falokat tufayli bir zumda bu dunyoni tark etdi. Onaizori va otasini uning dog’i qaritdi. U Muzrabotda tug’ilib, o’rta maktabni tamomlagach, barcha ishning uddasidan chiqadigan norg’ul yigit bo’lib voyaga yetdi. Rossiyada ishlab yurgan paytida fojiali halok bo’ldi. Xayriyat, rus qiziga uylanib, bittagina Temurbek degan o’g’loni undan nishon qoldi. Bu oilaning taskiniga aylangan bu o’g’il bobosiga qarindosh-urug’larga mehribon, sadoqatli bo’lib voyaga yetdi. OMADNI JILOVLAGAN YIGIT YOXUD G‘OLIBLIK RUHI Tag’oev Kamol (1982-2020) Hayotning bir qiziq tomonlari bor ekan. Tez orda ko’zga ko’rinib xalq og’ziga tushgandayoq ayrim yoshlarning bevaqt vafot etishi kishi ruhiyatiga ta’sir etadi. “Koshkiydi, bu odam tez mashhur bo’lmasayu olamdan o’tmasa”, deb afsuslanasiz. Kamol ham ismi-jismiga monand yigit bo’lib voyaga yetdi. Yaxshi niyatlar bilan Termiz avtoyo’l institutiga o’qishga kirib imtiyozli diplom bilan tamomladi. Hayot uni yaxshiliklar bilan siyladi. Qaerga borsa, unga ish topildi, odamlar bilan munosabati, muomalasi yuqori darajada bo’lganligi bois yoshligidan mansab pillapoyalaridan ko’tarildi. Uning omadni jalb etadigan qandaydir aurasi bor edi. Balki, bu g’oliblik ruhidir. Tumanda gaz idorasida mutaxassis, so’ngra tuman suv ta’minoti boshlig’i, keyinchalik Termiz shahrida Avtotransport bo’limi boshlig’i, departament bosh mutaxassisi nihoyat, Daryotransport bo’limi boshlig’i lavozimlarida ishladi. U qaerda ishlamasin, ishda o’zining ijobiy tomonlarini namoyon etishga ulgurdi. Shundanmi, u bilimdonligi, zukkoligi bilan tez orada turli sohalarda ishlashga, hurmat qozonishga ulgurdi. Boisi u moslashuvchan inson edi. U falokat tufayli hayotni tark etdi. Ammo shu qisqa umrida umr yo’ldoshi Xolniyozova Dilfuza bilan farzandlari: Saboxon va Elyorjonlarni barkamol qilib o’stirdi. “YASHAYMAN”, DEGAN CHOG’ING… Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling