Diplomsiz ziyoli
Download 0.51 Mb.
|
Эшонов Чоршанбе 1960
- Bu sahifa navigatsiya:
- HAMMA HAM NAZOKAT EMAS… Polvonova Nazokat (1974-1999)
Esonov Akbar
(1974-2000) Akbar 1974 yil 14 avgustda Termiz shahrida ziyoli oilada tug’ildi. U Termiz shahridagi H. Olimjon nomli o’rta maktabda tahsil oldi. Akbar 1996 yil Termiz davlat universitetinining o’zbek filologiyasini imtiyozli diplom bilan tugatdi. Ikki oy o’qituvchilik qilgandan keyin 1996 yilning 25 noyabrida ariza berib ixtiyoriy ravishda Farg’ona harbiy desant qo’shinlari qismida xizmat vazifasini bajarish uchun jo’nab ketadi. Jonajon shahriga qaytib kelgach, Termiz shahar ichki ishlar bo’limiga ishga joylashadi. U 2000 yil 25 sentyabrda Sariosiyo tumanida o’z burchini ado etayotgan paytda qahramonlarcha vafot etadi. Mardlar shunday o’ladi. Ular oddiy, nom-nishonsiz o’lmaydi. Balki, sharafli o’limni bu yo’lni tanlashgan paytdayoq tangri ularning peshanasiga bitar. Botirlar shunday ketadi. Uning vafoti ota-ona, qarindosh-urug’, yaqinlar va ustozlar qalbini larzaga soldi. Shoir, olim va tarjimon ustoz Jabbor Esonov nogahoniy fojiadan dovdirab qayg’uga tushdi. Safdoshlar, kasbdoshlar, yaqinlar kelib ota-ona ko’nglini ko’tarishga harakat qilardilar. Butun Termiz ahli bu oila boshiga tushgan fojiadan qayg’uga tushdi. Biroq ajal haq ekan. Chorasiz qolgan ota Akbarbek haqida bir turkum she’rlar ijod qildi. Bu bilan dil taskin toparmi-di? Albatta yo’q! G’am-alam va sog’inchlar bir necha yildan so’ng abgor bo’lgan ota-onani ham o’z domiga tortdi. Farzandlar, jamoatchilik oyoqqa tik turib butun umr xalqning xizmatida bo’lgan olim Jabbor Esonov ma’rakalarini bahamjihat o’tkazishdi. Akbarni rafiqasining ismi Shoira edi. Akbardan Shahnoza, Ahrorbek ismli farzandlar qoldi. MUSIBAT QO’ShIG’I HAMMA HAM NAZOKAT EMAS… Polvonova Nazokat (1974-1999) Nazokat Darbandning Birgabir guzarida 1974 yilda mulla va usta Shodimahmadboy xonadonida tug’ildi. Onasi Jumaeva Shirin ismli ayol edi. U oilaning 6 chi farzandi bo’ldi. Nazokat maktab tahsilidan so’ng To’raqulov Xolmatga turmushga chiqdi. Ammo undan zurriyot qolmadi. Balki, shu boisdan Nazokat haqidagi ma’lumotlarimiz kamdir. Agar undan farzandlar qolganida ulardan onalari haqida batafsil so’rab olarmidik?! Ehtimol… U bilan muloqotda bo’lganlar uning fazilatlarini sanaydilar. Biz esa barcha qizlar Nazokat singari sadoqatli, oqila bo’lishini, fe’l-atvori unga o’xshashini istaymiz. Ammo qismatini emas. Chunki hamma ham Nazokatdek sabrli bo’lolmaydi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling