Mavzu: Inson organizmiga tashqi muhit omilarining ta’sirlari. Reja


Download 20.91 Kb.
Sana28.02.2023
Hajmi20.91 Kb.
#1236264
Bog'liq
Biologik, ijtimoiy omillar


Mavzu:Inson organizmiga tashqi muhit omilarining ta’sirlari.

Reja:
1.Organizm va muhit.Biologik ijtimoiy omillarning salomatlik holatiga ta’siri.
2.Iqlimiy omillarning salomatlikka ta’siri.
3.Suvning inson hayotidagi o’rni va unig gigienik xossasi.
4.Havoning gigienik xarakteristikasi.
1.Organizm butun rivojlanish protsessida-urug’langan tuxum hujayradan to voyaga yetgunga qadar to’xtovsiz genotipning nazorati ostida va tashqi sharoit ta’sirida bo’ladi.Xo’sh,odam o’ziga nimani meros qilib oladi? Odam o’zining butun “biofondini” meros qilib oladi,ya’ni butun organizmini ko’z,sochini rangini,organlar shaklini ,nerv sistemasini,sezgi organlarni va boshqalarni meros qilib oladi,biroq,bola tug’ilganidan boshlab ijtimoiy muhit sharoitlarida o’sib,rivojlanib boradi.Hayot jarayonida bola organizmi tashqi muhitning beto’xtov almashininb turadigan juda ko’p omillari ta’siriga duch keladi,biotik va abiotik omillar kasallik paydo qilmaydi,chunki organizm asab va gumoral boshqarish vositasida tashqi muhitga doimo moslashib boradi,organizm bilan tashqi muhit o’rtasida doimiy muvozanat saqlanib,bu holat yashash va sog’liqning zarur sharti hisoblanadi.Biotik omillarga-tashqi muhitning o’zgaruvchan sharoitlari kiradi.Abiotik omillarga-psixologik sharoitlar va kasallik chaqiruvchi infeksiyalr kiradi.Tirik organizm ma’lum bir joyda yashar ekan,unga o’sha joyning sharoiti,harorati,namligi,havo bosimi,yorug’ligi,radiatsiyasi,havosi va boshqa omillar ta’sir qilib turadi;har bir organizm uzoq yillardan beri ma’lum bir joyda yashab kelganligi tufayli u o’sha joyga moslashadi.Mashhur fiziolog olim I.M.Sechenov bu borada shunday degan edi:”Biron tirik organizm tashqi muhitsiz yashay olmaydi”.
Tashqi muhit omillari organizmga sezgi organlari (teri,eshitish,ko’rish,hid bilish,ta’m bilish) orqali ta’sir etib,markaziy nerv sistemasida bu ta’sirlar analiz va sizntez qilinadi.Undan keyin ta’sir barcha to’qima va organlarga berilib,ulardagi fiziologik jarayonlar muayyan sharoitga moslashadi.
Qayta-qayta tekshirishlar natijasida,organizmdagi tiriklik jarayonlarining qanday borishi tashqi muhitning turli omillari qatoridan vaqr mintaqasining o’zgarishiga ham bog’liqligi aniqlanadi.
Tiriklik jarayonlarining vaqt mintaqasi o’zgarishiga bog’liqligi yer planetasining o’z o’qi atrofida va quyosh atrofida aylanishi oqibatida kechani kunduz bilan almashinuvi,yil fasllarining ketma-ket turishi ta’sirida kelib chiqadi.
Kechani kunduz bilan davriy almashinishi va fasllar o’zgarishi tirik mavjudotlar shu jumladan odamzod harakati aktivligining ,vegetativ funksiyalar,moddalar va energiya almashinuvi,ichki a’zolar ishi o’zgarishi kuzatiladi.Kecha –kunduz davomida fiziologik funksiyalar o’zgarishini birgina tana haroratining kecha-kunduz davomidagi ko’rsatkichlaridan bilish mumkin.Ko’p sonli tadqiqotchilar,fiziologik funksiyalarning kechasidagiga qaraganda kunduzi bir muncha shiddatli borishini aniqlashganlar.
Tunda organizmning energiya sarfi kamayadi ,badan harorati 0,5-1 s ga kamayadi.Keyingi yillarda olimlar ichki sekretsiya funksiyasi ham kechasi susayishini belgilaganlar.Demak organizmning hayot faoliyatidagi jarayonlar ma’lum ritm bilan davriy tebranishga ega.Bu ritmlar biologik ritmlar deb yuritiladi.Biologik ritmlar hayotiy jarayonlar ,ayrim holatlar yoki hodisalarni vaqt bo’yicha davriy takrorlanishidir.Biologik ritmlar yuzaga keltiradigan sababga ko’ra, ular ekzogen bioritmlar va endogen bioritmlarga ajratiladi.Ekzogen o’rab turgan omillar,masalan yorug’lik muhit haroratining o’zgarishi bilan yuzaga keladi.Endogen bioritmlar esa atrof muhit omillarining o’zgarishi bo’lmaganda ham saqlanib ,ular genetik omil bilanbog’liq bo’ladi.Egzogen bioritmlar tashqi muhitning optimal sharoitlarida o’tadi va keyin diapazon, bir soniyada ming martadan bir yilda bir martagacha tebranish imkoniyatiga ehadirlar.endogen bioritmlarga yurak urishi ,qon bosiminig o’zgarishi,aqliy aktivlik,uyqu qattiqligi endogen ritmlarning sodir bo’lishi to’la aniqlangan va ularni biologik soatlar deb atash qabul qilingan.Hozir tabiatdagi qator ajablanarli hodisalarni organizmning vaqtni sezish qobiliyati deb tushuntirish mumkin.Ular qanday biologik ko’rilma darajasida bo’lishlariga qarab,hujayra,hujayra organlariga bo’linadi.Bioritmlar bajaradigan vazifasiga qarab fiziologik ritmlari ayrim sistemalarni ish sikllari va ekologik bioritmlariga ajratiladi.
2.Yuksak darajada rivojlangan organizmga iqlimiy muhitning noqulay ta’siriga qarshi to’qima va organlarning fiziologik faoliyati doimiy bo’lishini ta’minlovchi moslanishda vujudga kelgan, bunday barqaror ko’rsatkichlarga:tana haroratining doimiyligi,qon va to’qima suyuqligining osmotik bosimi ,ular tarkibidagi kaliy,natriy,kalsiy,xlor ionlarining va qonda qand miqdorining doimiyligi kabilar kiradi. Albatta,organizm ichki muhitining doimiyligi nisbiydir.Tashqi muhitning noqulay ta’siri natijasida bu muhitning doimiyligi o’zgaradi.Lekin nerv-gumoral sistemaning boshqaruvchanlik vazifasi orqali bu doimiylik yana tiklanadi.Masalan,yoz oylarida havo harorati juda ko’tarilib ketsa (40 gradusdan yuqori),organizm tanani sovutish choralarini ko’radi.Buning uchun ko’p ter ajratish bilan birga tanadagi issiqlik energiyasi ham tashqariga chiqariladi.Organizmning hujayra va to’qimalarida moddalar almashinuvi sekinlashib energiya hosil bo’lishi kamayadi.Bu bilan organizm qizib ketishdan o’zini saqlaydi.Qish kunlarida esa bu jarayonning teskarisi bo’ladi.Terlash kamayib,to’qimalarda energiya ajratish ham susayadi,organizmda moddalar almashinuvi kuchayib ,energiya hosil bo’lishi ko’payadi.Bular natijasida issiq va sovuq sharoitida tana haroratining doimiyligi ta’minlanadi.Biroq tashqi muhitning salbiy omillari kasallik sababchisi ham bo’lishi mumkin.Muhitning kimyoviy omillariga havo,suv,tuproq,oziq-ovqat tarkibidagi kimyoviy moddalar kiradi.Bular odamning me’yordagi hayot faoliyati va sog’lig’i uchun zarurdir.Biroq ular kasallik sababchisi ham bo’lishi mumkin.Havo harorati,namligi, atmosfera bosimi,quyosh radiatsiyasi,shovqin,tebranish,elektromagnit,issiqlik,gravitatsion omillar,fizik omillar hisoblanadi.Biologik omillarga mikrob,viruslar,gijjalar,zamburug’larni kiritish mumkin.Ular nafas va ovqat hazm qilish yo’llari yoki teri orqali organizmga kirib yuqumli kasallik chaqiradi.Bola jamiyatda yashaganligi uchun unga ruhiy omillar o’qituvchilar,ota-onalar,o’rtoqlari bilan bo’lgan o’zaro munosabatlari natijasida ta’sir ko’rsatadi.Demak,biologik va ijtimoiy omillarning o’zaro ta’siri natijasida o’ziga xos shaxsiy xususiyatlarga ega bo’lgan organizm shakllanadi.Kecha-kunduz davomida 24 soatga yaqin takrorlanadigan biologik ritmlar deyiladi.Tsirkad ritmlar amaliy jihatdan hayotning hamma hodisalarini masalan,odamda hujayraning bo’linishi fermentlar aktivligi,gormonlar miqdori,MNS ning tonusi,uyqu va uyg’onish ,ish qobiliyatining o’zgarishi va hokazolarni o’z ichiga oladi.
O’zbekiston respublikasining ayrim shahar va viloyatlarida keyingi yillarda atrof muhitning haddan tashqari ifloslanishi jamoatchilikni bezovta qilmoqda.Sanoat korxonalari va avtotransport vositalaridan chiqqan zaharli moddalr aholi orasida allergiya,nafas olish ,oshqozon-ichak,yurak-qon tomir,nerv sistemasining har xil kasalliklari ko’payishiga sabab bo’lmoqda.Tabiatni asrab avaylash,uni muhofaza qilishga doir xulq atvorni shakllantirish uchun tushuntirish ishlari olib borilayapti.aholini bunday zaharli moddalar ta’siridan muhofaza qilish uchun korxonalarga tozalash uskunalari,avtomobillarga zaharli gazlarni zararsizlantiruvchi qurilmalar –katalizatorlar o’rnatilishi zarur.Shuningdek,shahar,qishloqlarni ko’kalamzorlashtirish,gigiyena qoidalariga rioya qilish ham bu borada asosiy tadbir.
3.Suv inson hayotida juda katta va xilma-xil rol o’ynaydi.U,avvalo,odam organizmini normal saqlashda juda katta ahamiyatga ega,qisqasini aytganda odamda uning vazniga nisbatan 63 % suv.Suvning katta qismi organizm hujayralari orasida ,qolgan qismi esa ,to’qimalar orasidagi suyuqliklarda qonda,limfalarda, ovqat hazm shirasida va har xil bezlar sekratsiyasida joylashgan.Odam organizmida suv hamma fizik,ximik protsesslarda ishtirok etadi,shuning bilan bir qatorda ovqatning qonga so’rilishi ,assimilyatsiya va dissimilyatsiya protsesslari uchun ,erigan va yarim erigan xolda oxirgi mahsulotni chiqarish va issiqlik almashinuvi uchun zarur bo’ladi.
Odamda teri,o’pka buyrak orqali yo’qotilgan suvni to’ldirish va fiziologik funksiyalarning normal o’tishi uchun atrof muhit va xona temperaturasi normal bo’lganda yengil jismoniy ish qilinganda sutkasiga 3 litr suv yetarli bo’ladi,bularning yarmi ovqat moddalari bilan qabul qilinadi.Havo temperaturasi yuqori bo’lganda va og’ir jismoniy mehnat qilish natijasida suvga bo’lgan odam organizmining ehtiyoji 6-8 l ga yetadi.(bunda odamning terlashi ham hisobga olinadi).
Odamni suv bilan ta’min etmaslik va uni suvsiz qoldirish juda xavfli:organizmda suv va tuzlar muvozanati buziladi,qon quyuqlashadi,mahsulotning qayta almashinuvi to’xtaydi,energiya va modda almashinuviga salbiy ta’sir etadi.Odam suvsiz bir necha kun yashashi mumkin,ovqatsiz suv bo’lgan taqdirda bir oy atrofida yashashi mumkin.Odam organizmining 20 % suv yo’qotishi o’limga olib keladi.Suv odamning faqat fiziologik yashashida zarur bo’lib qolmasdan,turmush ehtiyojida,xo’jalikda va ishlab chiqarishda juda zarur.Odam organizmini jismoniy tarbiya bilan chiniqtirishda juda katta ahamiyatga ega :u odamni chiniqtirishda davo ,jismoniy tarbiyasida,shaxsiy gigienasida va sport mashg’ulotlarida va hokazo.Suvning katta qismi ovqat tayorlashga,ko’chalrga sepishga ,kir yuvishga va boshqalarga sarf bo’ladi,uning sarflanish darajasi umumiy sanitariya sharoitini xarakterlovchi birdan bir ko’rsatkich hisoblanadi.Odam organizmini suv bilan ta’minlash infeksion va boshqa kasalliklar tarqalishining oldini oladigan muhim faktordir.Suvning foydali tomoni bilan bir qatorda zararli tomoni ham bor.Daryo va ochiq suv havzalarining suvlari odam organizmiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin,chunki ularga zavod va fabrikalarning yaxshi tozalanmagan suvlari kelib qo’shiladi.Bunday iflos suvlardan ko’pincha organik va noorganik zaxarli birikmalarni uchratish mumkin,bular mazkur suvni ishlatganlarida xronik zaxarlanishlarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi.Ishlab chiqarishdan quyilayotgan suvlar baliqlarning va atrofdagi o’simliklarning nobud bo’lishiga sabab bo’lishi mumkin.Bunday suv xavzalarining ko’rinishi,xidi va tami ham odam uchun yoqimsizdir.Suvning bakteriologik ifloslanishiga xo’jaliklarda(xojatxona,oshxona,hammom va kir yuvadigan joylarda),shuningdek quduqlar kovlangan chuqurliklar va hokazolar noto’g’ri qurilganligi sababli iflos suv ulardan yer osti suvlariga qo’shilib ketadi.Tabiiy va ayniqsa suzish uchun mo’ljallangan sun’iy ochiq va yopiq basseynlar yetarli darajada tozalanmagan va zararsizlantirilmagan bo’lsa,yo’g’on ichak kasalliklarigina emas ,balki,ko’z,teri va boshqa kasalliklarning ham kelib chiqishiga sabab bo’ladi.Iste’mol qilinadigan qilinadigan suv quyidagi qabul qilingan gigiyena normalariga javob berishi kerak:
1) Suv aholining barcha ehtiyojlariga kerak bo’lgan miqdorda olib kelinishi kerak
2)suv tiniq,rangsiz,hidi va ta’mi o’zgarmagan ma’lum temperaturaga ega va bardam qiladigan bo’lishi kerak.
3)aniq va nisbatan doimiy kimyoviy tarkibga ega bo’lishi kerak,kishi sog’ligiga zarar keltiradigan,ortiqcha tuz bo’lmasligi,zaxarli va radioaktiv zarrachalardan xoli bo’lishi kerak.
4)tarkibida potogen bakteriyalar va gijja tuxumlari,g’umbaklar bo’lmasligi kerak.
4.Havo eng muhim faktor bo’lib usiz inson organizmi o’z hayotiy funksiyalarini nisbatan uzoq vaqt saqlab qololmaydi.Havo nafas olish uchun juda zarur va issiqlik almashinuvida qatnashadi.Shu bilan birga atmosferaning inson organizmiga salbiy ta’siri ham mavjud.Atmosferadagi elektrik kuchlar va har xil radiatsiyalar havo orqali inson organizmini zararlashi mumkin.Inson kerakli paytda tashqi muhitning organizmga zararli ta’sirini yo’qotuvchi yoki pasaytiruvchi maxsus sog’lomlashtirish choralarini qo’llash orqali har xil atmosfera sharoitlarida yashashga va ishlashga qodirdir.Bunga atmosfera sharoitlarining sanitariya holatini yaxshilash va organizmning zarali faktorlarga qarshiligini oshirish,masalan,salqinlashtirish bilan erishiladi.Qator holarda havoning o’zidan shifobaxsh ,chiniqtiruvchi faktor sifatida foydalaniladi.Havoning gigienik xarakteristikasi quyidagi ko’rsatkichlar yig’indisidan iborat.
A)havoning fizikaviy xossalari-temperaturasi,namligi,xarakati,atmosfera bosimi,quyosh radiatsiyasi,elektrik holati,ionlantiruvchi radiatsiya.
B)kimyoviy tarkibi –havoning doimiy tarkibi va yod gazlar;
C)mexanik aralashmalar-rang tutin,qurum aralashmasi;
D)mikroflora(mikroorganizmlar-bakterial ifloslanish borligi).
Bu faktorlarnin har biri o’ziga xos gigienik ahamiyatga ega ,lekin ularning organizmga ta’siri birgalikda ta’sir etish bilan ifodalanadi va tashqi muhitning konkret sharoitida ulardan faqat birontasining roli ustun bo’lishi to’g’risida gapirish mumkin.Ayniqsa 10-12 km balandlikkacha yoyilgan havo qatlami ahamiyatga ko’proq molikdir,bu qatlam troposfera deb ataladi.Undan baland 60-90 kmgacha stratasfera,800 kmgacha ionosfera,undan keyin ekzosfera joylashgan.
Download 20.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling